Maxsus ta’lim vazirligi geografiya o`qitish metodikasi
Ko‘rgazmali qurollar va geografiya darslarida ulardan foydalanish
Download 301.59 Kb.
|
Nuriddinova
Ko‘rgazmali qurollar va geografiya darslarida ulardan foydalanish. lnson tabiat jismlari va hodisalari olamida yashaydi, ular bilan har kuni munosabatda bo'ladi. Atrof olamda o’zini to‘g‘ri tushuna bilish uchun odamlar ayrim jism yoki hodisa (daraxt, tosh, hayvon va hokazolar)ni ham, bir-biriga bog‘liq bo‘lgan jism yoki hodisalar kompleksi (ko‘cha, park, xiyobon, surat va hokazolar)ni ham qabul qila olishlari kerak.
Qabul qilish — odam tomonidan atrof olam jismlari va hodisalarini sezgi a’zolariga bevosita ta’sir qilishi natijasida his etishidir. Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarining qabul qilishini ri- vojlantirish ustida doimo ish olib borish kerak, toki u maqsadga yo‘nalgan va tashkil qilingan kuzatish jarayoniga aylansin. Sezgini qabul qilishning rivojlangan bo'lishida geografiya darslarida geografiya tasawurlari va tushunchalarini to‘g‘ri shakllantirish maqsadida qo£llaniladigan ko‘rgazmali qurollarga katta o'rin ajratiladi. Geografiya bo‘yicha o‘quv qurollari g’oyat xilma-xildir. Ulardan bir xillari (tabiiy jismlar va ularning ko‘rgazmali tasvirlari) darslarda o‘rganish obyekti hisoblanadi, boshqalari xizmat ko‘rsatuvchi vazifasini bajaradi — ularni o'quvchilar o’rganmaydilar. Darslarda o'rganish obyektlari hisoblangan qurollarni ikki guruhga: tabiiy jismlar va o’qitish uchun maxsus tayyorlangan jism va hodisalarning tasvirlariga ajratish mumkin. Tabiiy jismlarga tog’jinslari, metallar, tuproq namunalari, o‘simliklar, hayvonlar kiradi. Ko’rgazmali qurollar sathli (suratlar, diafilmlar, diapozitivlar) va hajmli (modellar, maketlar, mulyajlarjga bo’linadi. Unisi ham, bunisi ham harakatsiz va harakatchan bo‘lishi mumkin. Geografiya o`qitish uchun, ayniqsa, tabiiy jismlar kerak, chunki ular o‘quvchilarda tabiat jismlarini bevosita qabul qilish asosida tasavvur va tushunchalar hosil qilishga imkon beradi (har bir o‘quvchi tabiiy material bilan mustaqil ishlay olishi uchun uni yetarli miqdorda — o‘quvchilar soniga qarab to’plashi kerak). Geografiya o`qitish da o‘qituvchi o'quvchilarga ular hal: ko'rmagan ko‘pgina obyekt va hodisalar to‘g‘risida ma’lumotlai beradi. Biroq eng jozibali va qiziqarli hikoya ham tabiiy materia bilan ko‘rsatilmasa, yetarli, to‘liq va yorqin tasawur bera olmaydi Suratlarni diqqat bilan qarab chiqish esa tabiiy holdagi jism bilar tanishishdagiga yaqin keladigan taassurotlami hosil qilishi mumkin Geografiya darslarida ko'pincha devoriy suratlardar foydalanilib, ular bo‘yicha umumiy sinf ishi olib boriladi. Yirik suratlar bo‘lmasa, kichikroq suratlardan foydalanish mumkin. ulami har bir o'quvchiga ko‘rsatish kerak. Ammo o‘qituvchi qaysi turdagi surat bilan ishlamasin, uning maqsadi — suratning geografiya mazmunini ochib berish, bolalarda geografiya bilimlarining manbai sifatida undan foydalana olish uquvini hosil qilishdir. Shuningdek, geografiya darslarida plan, xarita bilan ishlash alohida o‘rin tutadi. Bolalarni ushbu o‘qitish vositalari bilar tanishtirish 2- sinfdan boshlanadi. Geografiya o`qitish da globus ham muhim ahamiyatga ega. Agar plan yer yuzasining katta bo‘lmagan qismini yirik masshtabli tasvirlashdan xaritadagi mayda masshtabli tasvirlashga o'tishga imkon bergan bo‘lsa, globus Yeming eng to‘g‘ri shakli va yuzasining tasvirini beradi. Shuningdek, ekran vositalaridar samarali foydalanish geografiyani o'qitishda katta rol o‘ynaydi Ekran vositalariga diafilm, diapozitiv va kinofilmlar kirad; (geografiya dasturlarida ulaming ro'yxati bor). Download 301.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling