Maxsus ta’lim vazirligi geografiya o`qitish metodikasi
Muammoli masalalar va topshiriqlar
Download 301.59 Kb.
|
Nuriddinova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilimni tekshirish uchun savollar
- Geografiyani oqitish vositalari
Muammoli masalalar va topshiriqlar
1-2- sinf «Tabiiy fanlar» fani dasturiga kirgan geografiya tushunchalarining ro'yxatini tuzing. Matnda keltirilgan jadvallami aniq misollar bilan to‘ldiring. 1- va 2- sinf «Tabiiy fanlar» darsligidan geografiya tushunchalarini jadvalga yozib tahlil qiling. 3- va 4- sinf «Tabiatshunoslik» darsligidan geografiya tushunchalarini solishtirma jadvalga yozib tahlil qiling. «Jonajon o‘lka tabiati» tushunchasini shakllantirish sxemasini tasavvur orqali idrokdan tushunchaga qadar tuzing. 4- sinf «Tabiatshunoslik» darsligidan o'quvchilarning mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan savollar ro'yxatini tuzing. 3—4- sinf Tabiatshunoslik dasturlari va darsliklaridan biologik va geografik tushunchalarning jadvalini tuzing. Bilimni tekshirish uchun savollar Tasavvur nima? Tushuncha nima? Geografiya tushunchalarini qanday ta’riflaysiz? Umumiy oddiy tushunchalami shakllantirishda o'qituvchi nimaga ko'proq e’tibor qaratishi kerak? Yakka tushunchalar umumiy tushunchalardan qanday farqlanadi? Geografiya tushunchalari boshlang'ich sinflarda qanday shakllantiriladi? Tushunchalar hosil bo'lishi uchun qanday metodik sharoitlarni zarur deb hisoblaysiz? Geografiya tasavvurlari va tushunchalarini shakllantirishda tafakkur va nutqning о‘rni qanday? Taqqoslash nima? Taqqoslash uchun topshiriqlar tuzishda qanday talablarga rioya qilish kerak? Mavhumlashtirish va konkretlashtirish tushunchalarini shakllantirish qanday ahamiyatga ega? Geografiya tushunchalarini shakllantirishda umumlashtirishdan qanday foydalanish mumkin? O‘quvchilarda mantiqiy fikrni shakllantirishda o‘qituvchi qanday vazifalami bajarishi kerak? Tahlil nima? Sintez deganda nimani tushunasiz? Analiz va sintezning geografiya tushunchalarini shakllantirishdagi ahamiyatini qanday tushunasiz? Jadvallar va solishtirma jadvallar geografiya tushunchalarini rivojlantirishda qanday ahamiyatga ega? O‘quvchilarda mantiqiy tafakkumi rivojlantirish qanday ahamiyatga ega? Geografiyani o'qitish vositalari Ma’lumki, geografiya darslarini tashkil etilishi, avvalo. unda o'quv qurollari vositalaridan samarali foydalanishga bog'liq. Geografiyani o'qitish vositalariga quyidagilar kiradi: Geografiya darsliklari va ular bilan ishlash. Ko'rgazmali qurollar (tabiiy jismlar va suratlar). Plan, xarita, globuslar. Ekran vositalari. Modellar va modellashtirish bo'yicha mashg‘ulotlar. Sinf doskasi. Geografiya darsliklari va ular bilan ishlash. Darslik darsda o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash va kengaytirishni ta’minlovchi muhim vositadir. Geografiya darsliklari ham ta’lim beruvchilik, rivoj- lantiruvchilik hamda tarbiyalovchilik ahamiyatiga ega. Ulai O‘zbekiston tabiatining mavsumiy xususiyatlarini hisobga o‘lgar holda tuzilgan. Chunonchi, taqvim bo'yicha 1 sentabrdan кuz boshlanadi. Ammo O‘zbekistonda sentabrda kunlar hali yozdagidek issiq bo‘ladi. Shunga ko‘ra birinchi darslar yozgi kuzatishlarga yakun yasashga bag‘ishlanadi, buning uchun darsliklardan yozda tabiatda olib borilgan kuzatishlarni aks ettiruvchi mavzular qarab chiqiladi. Shu sababli geografiyani o'rganish yozgi kuzatishlarni kun yarmida quyosh balandligi, yoz oxirida kun va tunning uzunligi, kechqurunning iliqligi, tunning salqinligi mevalarning mo'lligi, ularning yetilish muddatlari, g‘o‘za chigitining unib chiqishi, gullashi, ko'saklashi; yozda hayvonlar hayoti; yoz davrida odamlaming mehnat faoliyati va hokazolarni sistemalashtirishdan boshlanadi. «Tabiiy fanlar» » (1-2- sinflar) va «Tabiatshunoslik» (3— 4- sinflar) darsliklari matnlarining mazmuni deyarli o‘lkashunoslik tamoyiliga xos tuzilgan. Bu atrof tabiatni, unda kuzatiladigan har xil obyekt va hodisalar hamda odamlar mehnat faoliyati o'rtasidagi o'zaro aloqalarni bir-biriga bogflagan holda o‘rganish imkonini beradi. Darslik bilan ishlashda quyidagi uslublardan foydalaniladi: matn bilan ishlash; savol va topshiriqlar bilan ishlash; darslikdagi rasmlar bilan ishlash. Yangi mavzuni tushuntirish va olingan bilimlarni mustahkam- lashda ish darslik matni bilan o'tkaziladi. U shu tarzda boradi, mavzu bo'yicha kirish suhbati, o‘quvchining mavzu matnini to‘liq yoki qismlari bo‘yicha o'qishi, o'qilgan mavzular mazmuni bo‘yicha suhbat, o'qituvchining tushuntirishi, yangi atama va nomlami (o'qituvchining doskaga, o‘quvchilaming daftarlariga) yozishlari. O‘qituvchi ishga rahbarlik qila turib, unga barcha o‘quvchilami jalb etadi, ularning javoblarini qiziqarli ma’lumotlar bilan to'ldiradi jadval, surat, diapozitiv, diafilmlar namoyish qiladi. Shu asosda o‘quvchilarda aniq tasavvurlar hosil qilinadi, bu sa’y-harakatlar tushunchani shakllantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Darslik ustida mustaqil ishlashni chuqurlashtirish uchun o‘qituvchining oldindan tayyorlagan topshiriqlari, masalan, ta’rif yoki tushunchalami topish savolga javob berish matnda bayon qilingan tabiat hodisalarini tushuntirish bo‘yicha ayrim matnlardan foydalanish o‘qitiladi. Alohida e’tibor lug‘at ishlariga qaratilishi zarur. Shu maqsadda tushunish qiyin bo‘lgan so'zlar doskaga yoziladi, orfogrammasi ta’kidlanadi, yoniga tushuntiruvchi so‘z qayd qilinadi. O‘quv materialini yodda saqlash uchun har bir darsda o‘quvchilaming geografiya lug'atini boyitish bo‘yicha ish olib borish ham maqsadga muvofiq. O‘quvchilami matnga e’tibor bilan munosabatda bo‘lishga o'rgatish uchun har bir darsda ulardan nimalar tushunarli emasligini so'rab borish kerak. Dastlabki darslarda o'qituvchining o‘zi o‘quvchilar uchun qiyin bo‘lgan so‘z yoki jumlalarni tanlaydi va ulaming ahamiyatini tushuntirishni taklif qiladi. Kelgusi darslarda bu so‘zlami vaqti-vaqti bilan takrorlash lozim. O‘quvchilar asta-sekin tushunarli bo‘lmagan so'zlaming ahamiyatini aniqlab, tushuna boshlaydilar. Darslildardagi har bir mavzuga o‘quv materiali bilan mustaqi ishlash ko'nikmalarini shakllantiruvchi, o‘quvchilarning fikrlasl faoliyatlarini rag‘batlantiruvchi va yo'naltiruvchi savollar hamd; topshiriqlar beriladi. Savol va topshiriqlar sabab-oqibatlariga ko‘n quyidagi guruhlarga bo'linadi: Bilimlami mustahkamlash uchun (O‘zbekistonda qanday g'alla o‘simliklari o'stiriladi? G'alla poyasi nima deb ataladi? G'allaninj mevasi nima? Tarvuz, oshqovoq, ya’ni poliz ekinlarining mevasi boshqa o'simliklar mevasidan qanday farqlanadi? Siz yashaydigar joyda qaysi qushlar zararkunanda hasharotlami qiradi? Yirtqich qushlar qanday foyda keltiradi? Mantiqiy tafakkurni rivojlantirish uchun nima sababdan o‘simliklar barglarini to‘kadi? Nima uchun barglarning rangi kuzda xira bo‘ladi? O‘simliklar nima uchun ko‘paytiriladi? Nima uchun qushlar issiq o'lkalarga uchib ketadilar? Nima uchun kuz oylarida kunlar asta-sekin soviy boshlaydi? Nima uchun ba’zi hayvonlar qishki uyquga ketadilar?). Kuzatish yarayonida olingan bilimlami qo‘llash uchun (G‘o‘za barglari g'alla o‘simliklari barglaridan qanday farqlanadi? G‘alla o'simliklari poyasi nima deb ataladi? G‘o‘za mevasi nima deb ataladi? Ko‘sak-mevalar qanday rangga ega? Ular nima bilan to‘lgan? Urug'lari nima bilan qoplangan? G‘o‘za chigitini tolalardar tozalang va oq qog‘oz orasiga olib ezing. Qog'ozda nima qoldi' Har xil boshoqli o‘simliklar mevalarini ko‘rib chiqing. Ularninj donlari bir-biridan nimasi bilan farqlanadi?. Geografiya tushunchalarining solishtirma xarakteristikas uchun (Plan xaritadan qanday farqlanadi? Qushlarning bahordag hayoti ulaming boshqa fasllardagi hayotidan qanday farqlanadi G‘alla o‘simliklarining mevalarini qarab chiqing. Ularninj o‘lchamini taqqoslang. Ular bir-biridan farqlanadimi?). Darslikdagi tasvirlarga katta didaktik o‘rin ajratiladi. Ular matnlar mazmuni bilan chambarchas bog‘liq va o'rganiladigan materialni bilib olish manbai bo‘lib xizmat qiladi, shunga ko‘ra bolalarni har bir rasmni diqqat bilan ko'rishga o'rgatish kerak. O‘quvchilar darslikdagi har bir rasmni tahlil qila olishlari lozim. Bu ish matn o‘rganish bilan bir vaqtda olib boriladi. Ba’zan matnni o‘rganishdan keyin, ayrim hollarda esa oldin o‘tkaziladi. Barcha tasvirlar darslik matniga muvofiq keladi, ularning mazmunini tushuntiradi, aniqlaydi va to‘ldiradi. Rasmlarga oid savol va topshiriqlar ham g‘oyatda muhimdir, chunki ular o‘quvchilarning bilish faoliyatlarini yo‘naltiradi va sinfda hamda uyda tasvirlar ustida mustaqil ishlashga yordam beradi. Download 301.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling