Maxsus ta’lim vazirligi geografiya o`qitish metodikasi


O‘simlik va hayvonlar namunalarini yig‘ish, kuzatishlar tasbki qilish


Download 301.59 Kb.
bet32/81
Sana23.12.2022
Hajmi301.59 Kb.
#1044196
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   81
Bog'liq
Nuriddinova

O‘simlik va hayvonlar namunalarini yig‘ish, kuzatishlar tasbki qilish. Jonli tabiat burchagining aholisi (ya’ni o'simlik va hay- vonlari) uning asosini tashkil qiladi, unga qarab jihozlar tanlanadi O‘simlik va hayvonlar to'plami geografiya dasturiga ko‘ra o'lkashunoslik xususiyatlari hisobga olinib belgilanadi. Barcha хош o‘simliklari ularning nomlari, qachon va qayerdan olinganlig to‘g‘risida ma’lumotlar yozilgan yorliqlarga ega bo‘lishlari zarur.
Awalo, o‘simliklarning shundaylarini tanlash kerakki, bunda jumladan, quruq iqlimga (kaktus, aloe), nam iqlimga (asparagus
tradeskansiya) moslashgan o‘simlikIarni, tropik o'simliklarni (be- goniya), mo‘tadil iqlim o‘smliklarini (navro'zgul), yorug‘likni sevuvchi (xina) va soyaga chidamli (plushch, aspidistra) o'sim- liklarni namoyish qilish mumkin bo‘lsin.
Keyin shunday o‘simliklar tanlanadiki, ular bilan, masalan, yorongul, fuksiya, begoniya, kaktus, tradeskansiya, elodeya, binafsha kabilarning har xil turlari yordamida turlicha tajribalar o'tkaziladi. Tradeskansiyada qalamchalar bilan ko‘paytirishni namoyish qilish maqsadga muvofiq. Begoniya, fuksiya, yoron- guldan ham foydalanish mumkin. Barglardan ko‘paytirishni uzumbarg binafshasi va boshqa shu turdagi o‘simliklarda ko'rsatish mumkin.
Jonli tabiat burchagida tajribalar o‘tkazishda har xil madaniy o‘simliklaming urug‘laridan: loviyaning quruq, ivitilgan urug'idan (1- sinf), rediska, qizil lavlagi, sabzi urug'laridan (2- sinf), pomidor urug‘i va paxta chigitidan (3- sinf) keng foydalaniladi. Tajribalar geografiya va qishloq xo‘jaligi mehnati dasturiga muvofiq o'tkaziladi.
Jonli tabiat burchagida hayvonlarning har xil turlari bo'lishi lozim. Barcha akvariumlarda chig‘anoqli molluskalar bo‘lishi kerak, chunki ular akvarium devorlarini suv o'tlaridan toza- laydi, atmosfera havosidan nafas olganliklari sababli akva- riumdagi boshqa hayvonlar uchun zarur bo‘lgan suvdagi havoni yutmaydi. Baliqlardan yashash sharoitlariga uncha talabchan bo'lmaganlari, masalan, guppi, qilich baliq, tilla baliq, to‘rsimon dumli baliq, teleskop, kometa kabilarni saqlagan yaxshi. Aylanchiq baliq, suv qandalasi kabi suv havzalari vakillarini alohida shisha bonkalarda saqlash kerak, chunki ularni baliqlar yeb qo'yadilar. Shuningdek, yirtqich hisoblangan gambuziyani ham alohida saqlagan ma’qul.
Geografiya o`qitish jarayonida akvarium katta rol o'ynaydi, o'quvchilar suv hayvonlarining harakatlanishini, qanday ov qilishlarini kuzatadilar, ularning tana qismlarini ko‘radilar. Baliqlami harakatda ko‘rib, bolalar ularning harakat a’zolariga e’tibor beradilar, baliqlar hayotida rang qanday rol o‘ynashligini aniqlaydilar. Gambuziya va tangabaliqlaming ko‘payishini kuzatishga alohida e’tibor beriladi. Kuzatish kundaliklarida tangabaliq lichinkalari va gambuziya chavoqlarining paydo bo‘lishi hamda rivojlanish muddatlari yozib boriladi. Akvariumda hayvonlardan
tashqari o‘simliklar (shoxbarg, urut, vodokars, vallesneriya, elodeya, ryaska) ham saqlanadi, ular bilan o‘quvchilar dastumi o‘tish davomida tanishib boradilar.
Dasturga muvofiq kichik yoshdagi maktab o'quvchilari baqa va qurbaqaning rivojlanishi (itbaliq, dumli baqacha va yetuk baqaning vujudga kelishi)ni ham kuzatadilar. Jonli tabiat burchagida bolalar ularni solishtirishlari, tana qismlarini ko'rib chiqishlari, ularning tuxumlari bir-biridan qanday farq qilishini, tuxumdan itbaliq rivojlanishini kuzatishlari mumkin. O‘quvchilar, shuningdek, kaltakesak va toshbaqalarning xulq-atvori, harakatlanishi, tashqi xususiyatlarini ham kuzatishsa bo'ladi.
Geografiya o'qituvchisi o'quvchilaming jonli tabiat burchagidagi o‘simlik va hayvonlarni izchil ravishda parvarish qilib borishlariga, gullami muntazam sug'orishlari, barglami yuvishlari, hayvonlarni boqishlari hamda toza joyda saqlashlariga erishishi kerak. Buning uchun o‘quvchilaming navbatchiligi yo‘lga qo‘yiladi.
Jonli tabiat burchagidagi tajriba, kuzatish va amaliy ishlar o‘qituvchining diqqat markazida bo'lishi va u tomonidan nazo- rat qilib borilishi kerak. Barcha ishlar reja bo‘yicha tuzilishi zarur, reja tuzishda mavsumiylik tamoyiliga amal qilish lozim. Burchakdagi ishlar yillik, yarim yillik va choraklik reja asosida tuziladi. Reja tuzishda o‘quvchilarning qiziqishlari, ishni ud- dalay olishlari hisobga olinadi. Rejada maqsad va mavzuni belgilash, ishning mazmuni va shakllari ochib berilishi, amalga oshirish metodlari ko‘rsatilishi, O‘quvchilar egallashi mo‘l- jallangan amaliy ko‘nikmalar belgilangan bo'lishi kerak. Ayrim mavzularni ham rejalashtirish mumkin. (Jonli tabiat burcha­gidagi ishlar rejasining taxminiy shakliga qarang).
Ish rejasining bajarilishini maxsus jumalda qayd etib borish zarur. Umumiy daftar jumal sifatida xizmat qilishi mumkin, unda o‘qituvchi O‘quvchilar bajargan ishning hajmi va olgan natijalarini ko‘rsatadi. O‘quvchilaming «Kundalik kuzatish daftarlari» hisobga
olishning shaklidir, unda kuzatishlar qisqacha yozib boriladi, rasmlar chiziladi, quritilgan o‘simliklar yelimlanadi.

Download 301.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling