Maxsus ta’lim vazirligi geografiya o`qitish metodikasi
Bilimlarni tekshirish uchun savollar
Download 301.59 Kb.
|
Nuriddinova
Bilimlarni tekshirish uchun savollar
Ta’lim-tarbiya jarayoni deb nimani tushunasiz? O‘qitish metodlari nima? Qaysi muhim belgilarga qarab metodlar guruhlashtiriladi? Metodik uslub metoddan nimasi bilan farq qiladi? Geografiyani o'qitish metodlari qanday quruhlarga boTinadi? Geografiyani o'qitishning og'zaki metodlari haqida nima deya olasiz? Hikoya deganda nimani tushunasiz? Hikoyaning qanday xillarini bilasiz? Tushuntirish va muhokama qilishning bir-biriga qanday bog‘liqlik tomonlari bor? Hikoyaning barcha xillari va ko‘rinishlarida qanday didaktik talablardan foydalanish mumkin? 117 Hikoya qilish jarayonida o‘zlashtirishning faollashishiga yordam beruvchi qanday didaktik uslublardan foydalaniladi? Suhbat nima? Geografiyani o'qitishda suhbat metodining ahamiyati nimadan iborat? Suhbatning qanday xillari bor? Takrorlovchi suhbatning ahamiyatini qanday tushunasiz? Bayon qiluvchi suhbatni qanday tushunasiz? Yakunlovchi suhbatning ahamiyati nimada? Tasviriy ko'rgazmali qurollami ko'rsatish asosida qanday suhbat o'tkazish mumkin? O‘qilgan darslik mavzusi asosidagi suhbatni qanday o'tkazish mumkin? Geografiyani o'qitishning ko‘rgazmali uslubi. Kuzatish uslubi, uning turlari Ko'rgazmali metodlarni umumpedagogik tamoyil, ko'rgazmalilik bilan adashtirmaslik kerak. Bu tushunchalar har xil bo'lib, bir-biriga sira o'xshamaydi. Ko'rgazmali vositalar deyarli hamma geografiya darslarida qo'llaniladi. Ko'rgazmalilik o‘quv- chilarning nutqi va tafakkuridagi nuqsonlarni tuzatish (korrek- siyalash)da katta ahamiyatga ega. To‘g‘ri qo'yilgan savol, keyinroq esa tizimlangan savollar majmuasi namoyish qilinayotgan obyekt va tajribalarga e’tiborni jalb qiladi. Bu savollar o'quvchilarni maqsadga yo'naltirgan holda, izchillik bilan kuzatish, taqqoslash, xulosa chiqarish va umumlashtirishga da’vat qiladi. Geografiya darslarida qo'llaniladigan ko'rgazma natural (tirik tabiiy obyektlar va tasviriy jadvallar, sistemalar, mulyajlar, kino, diafilm, diapozitiv) bo'lishi mumkin. Ko'rgazmalilikning tasviriy vositalari, jadval va rasmlar o'quvchilarga o'rganilayotgan obyektlaming tuzilishi, shakli, rangi, ularning tabiiy o‘rab olgan muhiti, hayot tarzi kabilar to‘g‘risida tasawurlar beradi. Boshlang'ich sinflarda jismlar, narsalar, hodisalarga oid tasav- vurlarni vujudga keltirish uchun natural va tasviriy ko‘rgazmalikdan keng foydalanilsa, yuqori sinflarda tasviriy va simvolik (timsol) ko'rgazmalardan foydalaniladi, chunki bola rivoj- lanishining dastlabki bosqichlarida mavhum materialni faqat aniq ko'rsatmali material orqali o'zlashtirishga qobiliyatli bo'ladi. O‘quv kino va diafilmlami ko'rsatish ham ta’limning ko'rgazmalilik usuliga kiradi. Bolalar filmni ko'rish orqali filmda ko‘tarilgan savollarga javob topislilari lozim. Sayohat ham ko'rgazmali usullarni tashkil qiladi. Sayohat o‘qituvchi tomonidan puxta o'ylanib, yaxshi tayyorlansa va uyushtirilsa samarali natija beradi. Sayohatdan olingan taassurotlami kuzatish natijalarini umumlashtirish juda muhim. Download 301.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling