Maxsus ta’lim vazirligi geografiya o`qitish metodikasi


Download 301.59 Kb.
bet36/81
Sana23.12.2022
Hajmi301.59 Kb.
#1044196
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   81
Bog'liq
Nuriddinova

Та ’lim-tarbiya jarayoni o‘qituvchining o‘rgatuvchilik faoliyati bilan o‘quvchilarning o‘qish faoliyatining uyg'unlashishidir.
O‘qitish metodi deganda o‘qituvchi va o'quvchilaming o'zaro bog'langan faoliyati tushuniladi, bu jarayonda o'quvchilar tomonidan bilim, uquv va ko‘nikmalar o'zlashtiriladi, ulaming idrok qilish qobiliyatlari rivojlanadi, dunyoqarashi shakllanadi.
O‘qitish metodlari to‘g‘risidagi masala — geografiyani O‘qitish metodikasidagi eng muhim masalalardan biridir: u geografiya tasavvurlari hamda tushunchalarini to‘g‘ri shakllantirish, sifatli ta’lim va tarbiya natijalariga erishish uchun qanday o‘qitish kerak degan savolga javob berishga imkon beradi.
Geografiya o`qitish metodlari uchta asosiy guruhga bo'linadi:
Og‘zaki metodlar — o‘qituvchining materialni og‘zaki bayon qilishi, suhbat, kitob bilan ishlash;
Ko'rgazmali metodlar — namoyish qilish — (ko'rsatish), mustaqil kuzatishlar, ekskursiyalar;
Amaliy metodlar — og‘zaki va yozma mashqlar, grafik (chizma) va laboratoriya ishlari.
O‘qitish metodlarini metodik uslublar bilan adashtirmaslik kerak. Metodik uslub faqat metodning unsurlaridan biri, uning tarkibiy qismidir (ko'rgazmali qurollarni, kinofilmlardan fragmentlami, diafilm, diapozitivlarni ko'rsatish, doskadagi sxe- malardan, rasmlardan foydalanish, tajribalarni namoyish qilish, geografiya maydonchasi, maktaboldi maydonidagi amaliy ishlar vaqtida u yoki bu boshqa faoliyatni ko'rsatish va hokazolar).
Metod va metodik uslublar o'zaro chambarchas bog'Iiqdir. Ulaming didaktik birligi shundan iboratki, ular bir-biriga o'tishi mumkin. Masalan, o'quvchilar bajaradigan tajribalar O‘qitish metodi hisoblanadi, tajribani o'qituvchi tomonidan hikoya vaqtida namoyish qilinishi metodik uslubdir. Hikoya davomida o'qituvchi tomonidan diafilm namoyish qilinishi metodik uslub hisoblanib, o‘quv filmlarini ko'rish o‘qitish metodi ham bo'lishi mumkin Metod va uslublardan kompleks holda foydalaniladi, ular bir birlarini to'ldiradi, o‘rganilayotgan tabiat jismlari va hodisalarin bolalar tomonidan qabul qilib olinishini yaxshilashga, tabiat shunoslik kursida tushunchalami to‘g‘ri shakllanishiga xizmat qiladi
Har bir metod turi kichik uslublardan iborat.
Hikoya. O‘quvchilarga bilim berishning yetakchi metod o‘qituvchining jonli so‘zi — hikoyasidir. U o‘qish kitoblarini o‘qish obyekt, jism va hodisalarni namoyish qilish, o'qitishning texnik; vositalaridan foydalanish, o‘quvchilar oldiga savollar qo‘yish badiiy adabiyot o‘qish va boshqalar bilan uyg‘unlashadi. Hikoya o‘qituvchi shaxsiga bog‘liq, shuning uchun u juda katta imkoniyatlarga ega.
O‘qituvchi hikoyasi tasviriy, hissiy va izchil bayondir. Hikoyadi izchillikka qat’iy rioya qilgan holda o'qituvchi har xil usul v; mantiqiy ishlashning uslublari (tahlil, taqqoslash, umumlash tirish)ni qo'llaydi, O‘quvchilarga to‘g‘ri tuzilgan bayonning namu nasini beradi.
Geografiya darslarida tabiatdagi biror hodisa yoki voqea eng katta kashfiyotlar tarixiy, olimlarning (biografiyasi) hayo faoliyati kishilaming o‘simlik va hayvonot dunyosini o‘zlashtirisl hamda qayta tiklash bilan bog‘liq bo‘lgan ijodiy faoliyati to‘g‘risidz gap borganda qo‘llaniladi. Qator hollarda o‘qituvchining darsdag hikoyasi o‘zining sujet yo‘nalishi va obrazliligi bilan murakkal bo‘lmagan ilmiy asarlarga yaqinlashib ketadi.
O‘qituvchi materialni aytib berish yo‘li bilan o'quvchilar ongidz yorqin manzara qoldirish, ezgu tuyg‘ularni uyg'otish, murakkal fikmi to‘la mantiqiy rivojlantirish uchun ular oldiga savolla qo'yadi.
Hikoya sujetli, illustratsiyali, informatsion kabi xillarga ega Yangi material bayoniga o‘quvchilarning tirik tabiat burchagi maktab yer maydoni, ekskursiya yoki yozda, tabiat qo'ynid; o'qituvchining topshirig‘i bilan olib borgan kuzatish va tajribalar to‘g‘risidagi hikoyani kiritish g'oyat qimmatlidir. O‘quvchila O‘qigan kitoblaridagi qahramonlarni hikoya qilib beradilar Masalan: tabiat haqida «Qushlar bizning do‘stimiz» mavzusidz va hokazo.
O‘qitish amaliyotida hikoyaning aytib berish, ta’riflash, xa- rakterlash, tushuntirish, muhokama qilish kabi xillari qo'llaniladi.
no

Download 301.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling