Maxsus ta’lim vazirligi geografiya o`qitish metodikasi


Muammoli masalalar va topshiriqlar


Download 301.59 Kb.
bet42/81
Sana23.12.2022
Hajmi301.59 Kb.
#1044196
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   81
Bog'liq
Nuriddinova

Muammoli masalalar va topshiriqlar

  1. Tabiiy jismlar bilan ishlash metodikasining xususiyatlarini yoritib

beruvchi aniq misollarni tahlil qiling. '

  1. «Jonajon o‘lka» va «Tog‘dagi bog‘lan> nomli suratlar bo'yicha suhbat uchun savollar tuzib, suratlar bilan ishlash metodikasining xususiyatlarini tahlil qiling.

  2. 1- sinf «Atrofimizdagi olam» darsligini tahlil qilib, suratlaming darslik materiallari bilan mosligini aniqlang.

  3. 4- sinf «Geografiya» darsligidan «Tabiiy xarita» mavzusi bo‘yicha reja-konspekt tuzib, uning metodik xususiyatlarini tahlil qiling.

  4. Boshlang‘ich sinf geografiya darslarida ko‘rilishi mumkin boigan kinofilmlar haqida ma’lumot tayyorlang.

  5. 1-4- sinflar uchun «Atrofimizdagi olam» va «Geografiya» bo'yicha dasturga kirgan kuzatish ishlari ro'yxatini tuzing.

  6. Geografiya darslarida qo'llaniladigan «Kundalik kuzatish daftari» njng tutgan o'mini asoslab bering.

  7. 3- sinf «Geografiya» darsligidan tabiatdagi kuzatishlaming biri asosida suhbat tuzing.

  8. «Kundalik kuzatish daftari»da tabiat va mehnat kalendarini to'ldirishda predmetlararo bog'lanish xususiyatlarini yoritib bering.

  9. Ko'rgazmali qurollaming biror turidan foydalanish metodikasini aks ettirgan dars fragmentini ta’riflab bering.

Bilimni tekshirish uchun savollar

  1. Ko'rgazmali uslubning mohiyati nimada?

  2. Geografiya darslarida qoilaniladigan natural ko'rgazmali vositalarga nimalar kiradi?

129

  1. Ko'rgazmalilikni tasviriy vositalari haqida nimalami bilasiz?

  2. Sayohat ham ko'rgazmali usullarga kiradimi?

  3. Geografiyani o'qitishda tabiiy jismlaming ahamiyati haqid nima deya olasiz?

  4. Tabiiy jismlar bilan ishlash metodikasining xususiyatlari nimada

  5. Devoriy suratlar bilan ishlash metodikasining xususiyatlari-chi:

  6. Takrorlash suratlar bilan ishlashda qanday ahamiyatga ega?

  7. Bolalaming planni tushunish va undan foydalanishni o‘iganishlai uchun qanday vazifalar bajariladi?

  8. Geografiyani o'qitishda globusning ahamiyati qanday?

  9. Plan, xarita va globus bilan ishlash metodikasi nimalardan iborat

  10. Ekran vositalariga nimalar kiradi?

  11. Ekran vositalari bilan ishlash metodikasi qanday xususiyatlarg ega?

  12. Geografiya darslarida kinofilmlardan foydalanishning qanda ahamiyati bor?

  13. Kuzatish tabiatni o'rganishning ko'rgazmali metodi ekanin qanday tushunasiz?

  14. Kuzatish turlari haqida nimalar deya olasiz?

  15. Qisqa muddatli kuzatishlarga qanday misollar keltira olasiz?

  16. Uzoq muddatli kuzatishlarga-chi?

  17. Fenologiya nima?

  18. Geografiya fanida fenologik kuzatuvlar qanday ahamiyatga ega

22. Fenologik kuzatishlami aks ettiruvchi qanday mavzulami bilasiz
Tajriba — geografiyani oigitishning yetakchi uslubi sifatida, amaliy uslublar, ularning turlari
Tajribalar atrof tabiatni bilishning samarali metodi hisob lanadi, chunki ularda bolalami qiziqtiradigan elementlar mavjud Bolalarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, kuzatuvchanlik mantiqiy Fikr yuritish va nutqni tarbiyalashda tajribalar katt; ahamiyatga ega. Bolalar kishilarning tabiatni o'zgartirishlarid; tajribalar chinakam vosita bo'lishini ko'rishlari kerak. Tajribalam o'quvchilar asosan mustaqil holda o'tkazadilar. Asboblar v; moddalar bilan juda ehtiyot bo'lib ishlash talab etiladigan tajri- balami o'qituvchining o'zi o'tkazadi.
Tajriba o'tkazishdan oldin o'quvchilar undan ko'zlangar maqsadni yaxshi tushunib olishlari, tegishli anjomlar (moddalar asboblar va boshqalar) bilan tanishib chiqishlari kerak. Tajriban o‘tkazish, uning borishi va natijalarini «Kundalik kuzatish daftari»ga yoki tutilgan daftarlarga yozib borish uchun bolalar bilan birgalikda batafsil ishlab chiqilgan reja bo‘Iishi zarur. Tajribalar natijalari ham daftarlarda yoritiladi va xulosalar chiqariladi.
Sinfda, maktab o‘quv-tajriba maydonchasida va joylarda olib boriladigan amaliy ishlardan maqsad bilimlarni o£zlashtirib olishdangina emas, balki ma’lum malaka va ko'nikmalami egallab olishda ham o‘quvchilarga yordam berishdan iborat. Bunday ishlar sirasiga, masalan, tabiat ustidan kuzatuv olib borish; kuzatuv natijalarini yozib borish va ishlab chiqish malakasini egallashga, gerbariy, kolleksiyalar, ko'rgazmali qo'llanmalar tayyorlashga, o'lchov ishlarini bajarishga (havoning harorati, gnomon soyasining uzunligi va boshqalarni o'lchashga) qara- tilgan ishlar; tuproqning xossalarini, foydali qazilmalarni, odamning tanasi, shaxsiy hamda jamoat gigiyenasi qoidalarini o‘rganishga bog'liq bo‘lgan amaliy ishlar kiradi.
O‘quvchilaming har bir amaliy ishi oldindan yaxshilab tayyor- langan, to'g'ri tashkil etilgan, aniq rejalashtirilgan, topshiriqlar mazmuni puxta tuzilgan bo'lsagina ular samarali natija berishi mumkin.
Tajriba geografiyani o£qitishning yetakchi uslubi ekanligi bois hamda ba’zi turdagi amaliy ishlarni tayyorlash, tashkil etish, ulaming o£zlariga xos xususiyatlari va ahamiyati bilan tanishamiz.
Tajriba geografiyani о ‘qitishning amaliy metodidir. Tajriba o‘qitish metodi bo£lib, uning yordamida o£rganilayotgan hodisa qonuniyatini aniqlashga yordam beruvchi sharoitlar yaratiladi. Tajribalar o£tkazishda o'quvchilarda boshqa metodlar bilan egallash mumkin bo£lmagan geografiya tasavvurlari shakllanadi.
Tajribalar atrof olamni bilib olishning qiziqarli va samarali metodidir. Ular ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, kuzatuvchanlik, mantiqiy tafakkur va nutqni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. U dunyoning moddiyligini, uni idrok qilib olish mumkinligini tasdiqlovchi har xil jismlaming xossalarini bilib olishning chinakam ilmiy metodidir.
Tajribalar mavhum tushunchalarni aniq tushunchalarga aylantirishda bolalarga yaqindan yordam beradi. Masalan, ular faqat tajriba jarayonidagina termometming simob ustuni haroratning o‘zgarishiga qarab ko‘tarilishi va pasayishiga ishonch hosil qiladilai Faqat tajribagina suvning bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishini ko‘rsatadi.
Oddiy tajribalar o‘quvchilar tomonidan uy sharoitlarida o‘quv-tajriba maydonida yoki tirik tabiat burchagida mustaqi bajariladi. Murakkabroq tajribalarni o'qituvchi darsda namoyisl qiladi. Shuni esda tutish kerakki, mazmuni jihatidan eng oddi; tajriba faqat bilim berishi bilangina emas, balki kuzatisl jarayonini fahmlashga, uning natijalarini ta’riflashga yordan berishi bilan ham qimmatlidir.
Faraz qilaylik, o‘quvchilar darsda Quyoshning Yer yuzasigi nisbatan holatiga qarab kuzda ob-havoning sovib borishi to‘g‘risidi bilim olishlari kerak. Bu hodisani tushuntirish uchun o‘qituvch tajriba o‘tkazadi. U yonib turgan shamga ingichka qog‘o: tasmachasini tutadi. Bitta tasmachani shamning tepasida ikkinchisini shamdan sal uzoqroqda ushlab turadi. O‘quvchila qog‘oz tasmachalaming qaysinisi oldinroq yonganligini aytishlar va nima uchunligini tushuntirishlari lozim. O‘quvchilar bu tajribi orqali yozda va kuzda Quyosh nurlarining Yer yuzasini qanda] isitishini bilib oladilar.
Tajribaning borishini kuzatib, o‘quvchilar kuzda Quyosh Ye ustida kun sayin tobora pasayishi to‘g‘risida xulosa chiqaradilar. Uninj qiya tushayotgan nurlari Yer yuzasidan uzoqlashib o‘tadi va havon isitmaydi. Shutting uchun ham kuzda sovuq tusha boshlaydi.
Materialni mustahkamlash uchun o‘qituvchi namoyish qilgai va o‘quvchilaming o‘zlari o‘tkazgan tajribalaming rasmini chizisl yoki ulami ta’riflab yozish, ba’zi hollarda uni ham, buni han bajarish kerak. Asbob va moddalar bilan ishlashda ehtiyotlikni talal qiluvchi tajribalarni o‘qituvchining o‘zi o‘tkazadi. Har qays tajribani boshlashdan oldin o‘quvchilarga uning maqsadini, tajribi o‘tkazishda nima uchun xuddi shu asbob va moddalar olinganligin yaxshilab tushuntirish, tajribaning o'tkazilishini hikoya qilib berisl rejasini yozish kerak.

Download 301.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling