Maxsus ta’lim vazirligi geografiya o`qitish metodikasi


Ekskursiyalarda amaliy ishlar


Download 301.59 Kb.
bet45/81
Sana23.12.2022
Hajmi301.59 Kb.
#1044196
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   81
Bog'liq
Nuriddinova

Ekskursiyalarda amaliy ishlar. Ekskursiyalar o'tkazishda o'qituvchining topshirig'iga muvofiq mustaqil ish bajarilishi (barglar yig'ish, qurigan shoxlami qirqish, rasmlar chizish, o'lchashlar o'tkazish, foydali qazilmalar kolleksiyasini yasash va hokazolar) ga katta e’tibor beriladi. Ish bajarish oldidan o‘quvchilar o‘qituvchidan topshiriqlar oladilar, u o‘quvchilami ish uslubi (masalan, qanday barglarni yig‘ish, shoxlarni qanday kesish, o'simliklami qanday kovlab olish) bilan tanishtiradi. Ekskursiyalarda maktaboldi maydonidagi ishlardagidek o'qituvchi xilma-xil metodik uslublardan foydalanib, bolalarga yordam ko'rsatadi.
Quyi sinflarda ko'rgazmali qurollar tayyorlash bo'yicha amaliy ishlar olib boriladi. Ular uchun kerak bo‘ladigan narsalami tabiat qo‘ynida o‘tkaziladigan ekskursiyalarda ham, maktaboldi maydonidagi ishlarda ham yig‘ish mumkin. Geografiya bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda, mehnat darslarida kichik yoshdagi maktab o‘quvchilari ushbu ko‘rgazmali qurollarni: tuproqlar, foydali qazilmalar va hasharotlar kolleksiyalarini; hasharotlardan karam kapalagi, tut ipak qurti rivojlanishini aks ettiruvchi stendni; gerbariylar (barglaming har xil shakllari, ularning ranglarini o‘zgarishi, o‘lkaning har xil manzarali daraxt va butalari, o‘t o'simliklaming shoxlari, o‘simliklaming urug'dan izchil rivojlanish bosqichlari)ni tayyorlashlari mumkin. O‘quvchilar tayyorlagan ko‘rgazmali qurollar bilan geografiya xonasini jihozlash, ulardan darslarda tegishli mavzularni o'rganishda foydalanish mumkin.
Shunday qilib, darsning maqsadi va mazmuniga qarab o‘qituvchi o'qitishning xilma-xil metodlari hamda uslublarini qo'llaydi. O‘qituvchi qanaqa metod va uslublar tanlamasin, ulardan kompleks, bir-birini to‘ldirgan holda foydalanishi bu asosiy maqsad — o‘rganilayotgan tabiat jismlari va hodisalari ning bolalar tomonidan qabul qilib olinishini yaxshilashga hamd geografiya fanining tushunchalarini to‘g‘ri shakllanishig; xizmat qilishi kerak.
Eksperimentlar ko'pincha fiziologik jarayonlami o'rganishda o'tkaziladi. Eksperimentlar uzoq va qisqa muddatli bo'ladi Geografiya hamda botanika darslarida o'tkaziladigan qisq; muddatli eksperiment yoki tajribaga urug‘ning tarkibi, tuproq ning fizik xossalari, bargda kraxmal hosil bo'lishi va shungi o'xshashlami o'rganishga umum ma’lum ishlar misol bo‘la oladi Urug'larni unib chiqish sharoitlari, barg orqali suvni bug'lan tirish kabi ancha sodda tajribalami o‘quvchilar uyda bajaradilar
Odatda, eksperimental ishlami o'quvchilar darsdan tashqar mashg'ulot (indiviudal va guruh) sifatida maktabning tirik tabia burchagi yoki o‘quv tajriba maydonida bajaradilar.
Amaliy ishlar kuzatuv va tajribalami to‘ldiradi, tabii; materialni o'rganishda bolalami birlashib ijodiy ravishda ishlashgi o‘rgatadi.
Amaliy ishlar dars jarayonida, ekskursiyalarda olingai bilimlarni har tomonlama mustahkamlashga imkon beradi Bundan tashqari, amaliy ishlar bolalarda mehnat malakalar va ko'nikmalari hosil bo‘lishiga, mustaqil ishlashga yordan beradi.

Download 301.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling