Maxsus ta’lim vazirligi geografiya o`qitish metodikasi


Geografiya ta’limida turli uslublardan foydalanish


Download 301.59 Kb.
bet47/81
Sana23.12.2022
Hajmi301.59 Kb.
#1044196
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   81
Bog'liq
Nuriddinova

Geografiya ta’limida turli uslublardan foydalanish,
muammoli ta’lim va otquv jarayonida undan foydalanishni amalga oshirish
ma’ruzadan qo`shish kerak zamonaviy metodlarni

  1. bob

Boshlang‘ich sinflarda geografiya fanini
o‘rganishning shakllari
Geografiyani o'qitishning shakllari.

Dars geografiyadan olib boriladigan o'quv tarbiya
ishining asosiy shakli ekanligi

Maktabda o‘quvchilarga ta’lim va tarbiya berish o‘quv ishlarining muayyan shakllarida amalga oshiriladi.
O‘qitishning shakli tarbiyaviy ta’lim jarayonida o'qituvchi tomonidan foydalaniladigan o‘quvchilaming o‘quv, idrok qilish faoliyatini o‘tkazish (sinfda, tabiatda va shu kabilarda) sharoitlariga muvofiq holda tashkil qilinishidir.
Maktablarda o'rganiladigan barcha predmetlar uchun o‘quv ishlarining asosiy shakli darsdir. Darslarda davlat dasturi va ma’lum darajada darslikda belgilangan o‘quv materiali o‘qitiladi. Darslarga qatnashish o‘quvchilarga majburiydir.
Dars deganda ma’lum fanlardan, ma’lum hajmdagi bilimlaming ma’lum yoshdagi o‘quvchilar guruhiga, maxsus tayyorgarligi bo‘lgan mutaxassis tomonidan berilishi tushuniladi. Darsning samaradorligini oshirish, beriladigan bilimlar saviyasini ko‘tarish, nazariy bilimlami hayot bilan bog‘lab olib borish, yangi pedagogik texnologiyani qo‘llab dars o‘tish o'quvchilaming geografiyadan olgan bilimlarini e’tirof etish o‘quvchilarda geografiyadan bilimlami o‘zlashtirishga yanada qiziqish uyg'otadi, ular bilimini mustahkamlashga yordam beradi.
Darsda butun ta’lim-tarbiya tizimi: O‘qitishning metodlari, uslublar va vositalar kompleksi amalga oshadi.
Geografiya darslarida o‘quvchilar dasturga muvofiq, o'qituvchi rahbarligida nazariy bilimlar, amaliy o‘quv va ko'nikmalar oladilar. O‘qituvchi materialni o‘quvchilarga tushunarli bayon qiho, xilma-xil o‘quv, koTgazmali qurollardan foydalanib, zarur tushuntirishlar beradi, o'quvchilarga darslik bilan mustaqil ishlash, o‘z bilimlaridan amalda foydalanish O‘quvlarini singdiradi.
Darslarning maqsadi va mazmuni har xil, ammo ularning barchasida umumiy maqsad o'quvchilarning kompleks tarbiyasi va ularga tushunarli bo‘lgan bilimlami bayon qilish, birlashtirish yotadi. O'qituvchi o'quvchilar ishini shunday tashkil qilish kerakki, ular shu darsda o'rganiladiganlami ilgari o'tilganlar bilai bog'lanishini tushunsinlar, materialni puxta, tushunib o‘zlash tirsinlar.
Dars o'tishda o'qituvchi o'quvchilaming faol ishlashlari uchui sharoit yaratishga, ularda qiziqish uyg‘otishga intilishi kerak. Bi faqat darsga tayyorlanishda qiziqarli, mamlakatimiz hayoti bilai bog'liq, o'quvchilarga yaqin bo'lgan materialdan foydalanilgand; bo'lishi mumkin.
Darsga tayyorlana turib, faqat yangi mavzu mazmuninigim emas, balki o'quvchilaming yoshi, rivojlanishi va tayyorgarligini ilgari o'rganilganlarni o'zlashtirish darajasi, olingan bilimlarnini puxtaligi ham hisobga olinishi lozim.
Darsda har xil metodlaming qo'llanilishi yangi mavzuni to‘li< va ravshan yoritishga imkon beradi, o‘quvchilarni kamro< charchatadi, faolligini oshiradi.
Dars ta’lim jarayonida o‘quvchilar jism va voqealar bilai tanishibgina qolmasdan, balki ular haqida fikrlaydilar. Bu esa o‘: navbatida, o'quvchilarda tabiatning rivojlanish qonuniyatlai haqidagi bilimlarni shakllanishiga olib keladi.
Darsning tarbiyaviy mazmun kasb etishi, berilayotgan materia mazmuni bilangina chegaralanib qolmasdan, balki o‘qu materiallarini egallash usullari bilan xarakterlanadi.
Geografiya o`qitish metodikasida o‘quv ishlarining ko‘] xildagi shakllari qaror topgan. O‘simlik, hayvon va odam hayot hamda tabiat taraqqiyotining qonuniyatlari o'rganiladigan maktal kursining mazmuni maktabda shu fanni o'qitish tizimining o‘zigi xosligini belgilaydi.
Geografiya o‘qitishning asosiy shakli — darslaiga qo'shimchi holda maktab amaliyotida o'qituvchining o'quvchilar bilan olil boriladigan o‘quv ishlarining boshqa shakllari tarixan vujudgi kelgan.
Metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilgan o'qitish jarayonida shi o'qitishning barcha shakllari asosiy shakl — dars bilan o‘zar< bog‘liqdir. Ular tabiat haqidagi tushunchalami, dunyoqarashni tafakkurni, amaliy ko'nikmalarni rivojlantiradi.
Geografiya darslarida o‘qituvchi barcha o'qitish metodlarini og'zaki, ko‘rgazmali va amaliy metodlami qo'llaydi. U o‘simlik vi hayvonlarni namoyish etadi. Amaliy ishlami bajarish yo‘li bilai o‘quvchilarni ayrim organizmlaming tashqi va ichki tuzilishi bilai tanishtiradi.
Ammo darslarda uzoq kuzatishni talab qiluvchi o‘simlik yoki hayvonning rivojlanish jarayoni, har xil organizmlarning tabiiy sharoitlarda birgalikda yashashlarini ko‘rsatib bo'lmaydi. Shuning uchun ham geografiya o'qitish metodikasida darslami toidiruvchi maxsus shakllar qo'llaniladi. Ekskursiyalar tabiatdagi tabiiy guruhlashda, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida yoki muzeylarda, o‘simlik va hayvonlar bilan tanishtiradi. O‘rga- nilayotgan materiallar, tushunchalar yig'indisiga kiradi yoki ilgari qaror topgan tushunchalami mustahkamlaydi, aniqlaydi, chuqurlashtiradi, umumlashtiradi.
Ekskursiyalar darslar bilan chambarchas bog‘lanadi, ekskur- siyada ko'rilgan obyektlar kurs davomida ko‘p marta esga olinadi, to'plangan narsalar esa namoyish qilinadi. Yakunlovchi ekskursiyalarda o‘quvchilar ilgari olgan bilimlarini qo‘llab, topshiriqlar bo'yicha mustaqil kuzatishlar o'tkazadilar va material yig'adilar.
Darslaming uy vazifalari xususan experimental xarakterdagi topshiriqlar bilan bog'liqligi aniq va ravshandir. O‘quvchilar uyda uncha murakkab bo‘lmagan tajribalar, kuzatishlar o‘tkazadilar. (Masalan, uyda daftarlariga sinfda ajratilgan gul qismlarini yoki hasharot bo‘laklarini yelimlaydilar, jadval to'ldiradilar, rasmini chizadilar).
Darsdan tashqari ishlar uy ishlariga qaraganda murakkabroqdir. Ularni amalga oshirish uchun tegishli o'simliklar, maxsus asboblar va boshqa jihozlar talab qilinadi. Darsdan tashqari ish- larga: tirik tabiat burchagidagi, o‘quv tajriba maydonchalaridagi va tabiatda bajariladigan ishlarga oid topshiriqlar kiradi.
Geografiya xonalarida va tirik tabiat burchagida o‘tka- ziladigan ishlar uchun o‘quvchilarga topshiriqlar darslarda kursning barcha mavzulari uchun o'quv yili davomida berib boriladi. Geografiya fanining o‘qitilishida o'quvchilar bilan olib borila- digan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning majburiy bo'lmagan turli shakllari: individual, sinfdan tashqari, ijtimoiy foydali ishlar, yosh tabiatshunoslar to'garagining ishi, ommaviy kechalar va boshqa tadbirlar keng qo'llaniladi. Sinfdan tashqari ish o'quv materiali asosida va unga bog'liq holda uyushtiriladi. Biroq uning mazmuni darsni takrorlamaydi. Dastur doirasi bilan cheklan- maydi, ammo uni to'ldiradi va tabiat to‘g‘risidagi fanning kerakli tomonlarini ochib beradi.
Darsning psixologik tugallanganligi dars davomida o‘quv- chilarning egallagan bilimlaridan, ko'nikmalaridan bilinadi. Bi darsning uslubiy tugallanishiga qo‘yilgan didaktik masalani mu- vaffaqiyat bilan yechishga imkon beradi va darsning mazmun maqsadiga mos kelganligini ko'rsatadi.
Tashkiliy aniqlikning zarurligi materialni bo‘laklarga bo‘lish o‘qitish usullarini tanlash va darsning turli elementlarining o'zarc munosabatlari bilan belgilanadi.
Didaktik maqsad darsdagi asosiy ish turini aniqlaydi (yang materialni o‘zlashtirish, uni qaytarishdan iborat). Didaktil maqsadga qarab darsga vaqt ajratiladi. O'qitish uslublari va darsning to‘liq tuzilishi belgilanadi.
Maqsad va mazmuni jihatidan har xil bo‘lgan darslar turlichu sxemada tuzilishi mumkin. Odatda dars quyidagicha sxemadt tuziladi:

  1. Tashkiliy qism (salomlashish, yo‘qlami belgilash, ishgj tayyorlanish).

  2. Uy vazifasining bajarilishini tekshirish (o‘quv qurollari \i tajribalardan foydalanib, o'quvchilarga ma’lum bo‘lganlarn so‘rash).

  3. Yangi materialni o‘rganish: yangi mavzu bo'yicha kirisl suhbati; amaliy ish; o‘qituvchining hikoyasi yoki o‘quvchilargi ma’lum bo‘lgan faktlarga tayanuvchi yoki yangi narsalarni qarat chiqish bilan, darsda o‘rganilishi kutilgan hodisalar bilan bog‘- liq bo‘lgan suhbat, narsa va hodisalarni o‘rganish asosidt xulosalar chiqarish; dars davomida daftarlarga yozish va chizish darsda olingan bilimlarni mustahkamlash bo'yicha darslik bilar ishlash; o‘qitishning texnika vositalaridan foydalanish.

  4. Darsda o‘rganilgan materialni tekshirish va mustahkamlash (Bunda yangi material bilan ilgari o‘tilganlar o'rtasida bog'lanisl o‘matiladi, yangi mavzuni tushunib olish uchun zarur bo'lgar bilimlar aniqlanadi).

  5. Qiziqarli materiallar (maqol, matal, topishmoq, tabia to‘g‘risidagi asarlardan olingan parchalar)dan foydalanish.

  6. Uyga vazifa berish.

Geografiya darslariga qo‘yiladigan umumiy talablai quyidagi vazifalardan kelib chiqadi:

  1. O‘quvchilami tabiatdagi mavsumiy o‘zgarishlar, vatanimi; tabiatining xilma-xilligi, yeming shakli va relyefi, odam oiganizm

va uning salomatligini muhofaza qilish to'g'risidagi bilimlar bilan qurollantirish;

  1. Botanika, geografiya, yuqori sinflarda Odam anatomiyasi bo‘yicha o‘quv materialini o‘zlashtirib olishga tayyorlashga yordam beruvchi puxta o‘quv va ko‘nikmalarni shakllantirish;

  2. O‘qitishning tarbiyaviy samaradorligini oshirish;

  3. Rivojlanishning har tomonlama garmonik bo‘lishiga erishish;

  4. Geografiya xarakteridagi kitob va jumallardan bilim olish uquvlarini hosil qilish;

  5. Geografiyani o‘rganishga qiziqishni shakllantirish;

  6. Mehnatsevarlikni, maktabda va o‘quv-tajriba maydonchasida mehnat qilish xohishini tarbiyalash.

Talablarning bu guruhlarini shartli ravishda quyidagi:

  1. ta’lim-tarbiyaviy;

  2. didaktik;

  1. psixologik;

  2. gigiyenik

talablarga birlashtirish mumkin. Ularning har biri ustida to'xtalib o'tamiz.

Download 301.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling