Maxsus ta’lim vazirligi geografiya o`qitish metodikasi


Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni


Download 301.59 Kb.
bet55/81
Sana23.12.2022
Hajmi301.59 Kb.
#1044196
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   81
Bog'liq
Nuriddinova

Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni. Geografiya bo‘yicl sinfdan tashqari ishlarga tabiatni o'rganish va muhofaza qilisl o‘simliklami o‘stirish, hayvonlami parvarish qilish bilan bog‘li bo‘lgan xilma-xil mashg‘ulotlar kiradi. Bu mashg‘ulotlar darslan takrorlamasligi va faqat darslarda olingan bilimlarga asoslanishi kerai Bolalar e’tiborini tabiat, shuningdek, maktab jonli burchagi \ o‘quv-tajriba maydonidagi kuzatishlarga qaratmoq; ko‘cha \ maktabni ko‘kalamzorlashtirish, qushlami muhofaza qilish va qishlc xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurash bo‘yicha ijtimoiy-foyda mehnatni tashkil qilmoq lozim. Tabiatdagi amaliy ishlar kuzatishl; va tegishli kitoblami o‘qish bilan birga olib borihshi kerak.
Sinfdan tashqari ishning jadal borishi uchun uni tashkil etis shakllarini puxta o‘ylab chiqish zarur. Sinfdan tashqari ishlan uch guruhga bo'lish mumkin: '

  1. guruhga ko‘plab o'quvchilami qamrab oluvchi ommavi ishlar, tadbirlar; 2- guruhga cheklangan o‘quvchilar doirasida oli boriladigan to'garak ishlari; 3- guruhga tabiatni o'rganishga qiziqqa ayrim o'quvchilar bilan olib boriladigan ishlar kiradi.

Ommaviy mashg‘ulotlar kinofilmlarni namoyish qilishn tabiatga ekskursiya va yurislar o'tkazishni, ertaliklar, o'quvchih ishlarining ko‘rgazmasini tashkil qilishni, shuningdek, ommavi tadbirlar (hosil kuni, bog‘ haftaligi, daraxtlar o'tqazish haftalig qushlar kuni va boshqalar)ni o‘tkazishni nazarda tutadi.
Guruh mashg'ulotlariga yosh geograflar, yosh tabiatshunosk kabi klub ishlari kiradi.
Individual mashg'ulotlar devoriy gazetalar, albomlar chiq£ rishni; jonli tabiat burchagi va maktaboldi o‘quv-tajrib maydonidagi, tabiatdagi ishlarni; darsdan tashqari o‘qish va axborot burchagi uchun geografiya mazmunidagi materiallar tanlashni, bolalar ilmiy-ommabop kitoblariga taqriz yozishni o‘z ichiga oladi.
Individual ishlar. Tabiatni bilishga moyillik yoki hech bo'lmaganda qiziqishga ega bo‘lgan o'quvchilar bilan geografiya bo'yicha individual ishlar olib boriladi. Bolalarda tabiatga qiziqish vujudga kelishida o'qituvchining shaxsi, uning tabiatga muhabbati va munosabati, o'quvchilami ergashtira va qiziqtira olish uquvi katta rol o‘ynaydi. Uning 1- sinfda kuzatishlarni qanday tashkil qilishiga, bu ishning zarurligi va muhimligini qanchalik asoslashiga, geografiyani o'qitishni qanday yo‘lga qo'yishiga o'quv- chilaming bilim sifatigina emas, balki darsdan tashqari vaqtlarda geografiya ishlari bilan ishlashga istaklari ham bog'liqdir.
Individual topshiriqlami bajarish tadqiqiy ish ko'nikmalarini shakllantiradi, bolalaming bo‘sh vaqtlarini foydali va qiziqarli ishlar bilan to‘ldiradi. Individual topshiriqlarning mazmuni o'quvchilaming qiziqishlari bilan belgilanadi. O'quvchini nimaiki qiziqtirmasin — xona o'simliklarini parvarish qilishmi, hayvon va o'simliklar tasvirlangan marka yoki otkritkalarni to‘plashmi, gerbariy tuzishmi, tabiatda tajribalar va kuzatishlar o'tkazishmi — u o'qituvchi tomonidan ma’qullanishi va quwatlanishi lozim. Individual topshiriqlar o'quvchilaming qiziqishlariga qarab tanlanadi, ammo topshiriqlarning mazmuni ulaming bajarilishini tashkil qilishi va metodikasi o'qituvchi tomonidan sinchiklab o'ylangan bo'lishi kerak (o'rganish obyekti, kuzatish yoki ish joyi belgilanadi, reja tuziladi). Ishning oxiriga yetkazilishi va unga qiziqishni yo'qotmasligi uchun individual topshiriqlar bajarilishida o'qituvchi o'quvchilarga muntazam yordam ko'rsatib borishi zarur.
Gerbariy yoki kolleksiyalar tuzish kabi shunday topshiriq- laming bajarilishi faqat o'qituvchi o'quvchilami oldindan o'simlik, hasharot va boshqa tabiat obyektlarini yig'ish, o'simliklarni kuzatish, to'plangan materiallami montaj qilish va shu kabilaming qoidalariga o'rgatgandagina muvaffaqiyatli bo'ladi. Shu maqsadda tabiatga o'quv ekskursiyasi va mehnat ta’limi darslaridan foydalaniladi. Tabiiy material to'plash qoidalari haqida hikoya qila borib, o'quvchilarga tabiatni muhofaza qilish zarurligini eslatish kerak.
Individual topshiriqlarning bajarilishini tekshirib borish kerak, ish oxirida uning natijalari bilan o'quvchilami tanishtirish zarur.
Individual ishlaming amaliy ahamiyati faqat o‘quvchilar uni amalgi oshirish zarurligini tushunganlaridagina ta’minlanadi. Shunga ko‘ri bajarilgan ish to‘g‘risida vaqt-vaqti bilan (geografiya da rs land: yoki sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda) hisobot tinglab borisl foydalidir. Bunda har bir individual ishning natijalari barch; o'quvchilaming boyligi bo‘lib qoladi. Bunday hisobotlar sinfdai tashqari ishlarga qiziqishni rag‘batlantiradi, o'qituvchining tabiatgi oid bilimini to'ldiradi va kengaytiradi, ulami sinfdan tashqar ishlaming barcha shakllarida faol qatnashishlariga olib keladi.

Download 301.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling