Maxsus ta’lim vazirligi geografiya o`qitish metodikasi


Muammoli masalalar va topshiriqlar


Download 301.59 Kb.
bet58/81
Sana23.12.2022
Hajmi301.59 Kb.
#1044196
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   81
Bog'liq
Nuriddinova

Muammoli masalalar va topshiriqlar

  1. Dars va sinfdan tashqari ishlarning o'zaro aloqasini yoritib bering.

  2. 1-4- sinflarlarda «Atrofimizdagi olam» va «Geografiya» fanlaridan sinfdan tashqari tadbirlarning mavzu rejasini tuzing.

  3. Sinfdan tashqari ishlarning tarbiyaviy, ekologik va tabiat muhofazasiga yo'naltirilganligini asoslab bering.

  4. Tanlangan («Bog‘ haftaligi», «Qushlar kuni», «Gullar bayrami») mavzu bo'yicha:

  1. ma’ruza;

  2. ko'rgazmali qurollar;

  1. qo'shiqlar;

  2. musiqali chiqishlami o‘z ichiga olgan ertaliklar rejasini tuzing.

  1. Boshlang'ich sinflarda geografiya fani bo'yicha sinfdan tashqari o'qishlar uchun adabiyotlar ro'yxatini tuzing.

  2. Sinfdan tashqari ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o'tkazish metodikasiga oid quyidagi:

1) Mustaqillik kuni;
181

  1. «Assalom, Navro'z»;

  2. «Sayyoramizni asraylik»;

  3. «Tabiat va inson» kabi mavzularga reja va tadbirlar ishlab chiqini

  1. Bolalarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish uchun o‘lk materiallaridan foydalanib, 2 tadan rebus va krossvord tuzing.

  2. Tabiiy materiallarga oid masallar, topishmoqlar ro‘yxatini tuzing

Bilimni tekshirish uchun savollar

  1. Sinfdan tashqari ishlar deganda nimani tushunasiz?

  2. Sinfdan tashqari ishlaming ahamiyati nimada?

  3. Sinfdan tashqari ishlarning asosiy mazmunini qanday tushunasiz

  4. Sinfdan tashqari ishlaming qaysi turlarini bilasiz?

  5. Individual, guruh va ommaviy mashg'ulotlaming xususiyatlai nimada?

  6. Individual topshiriqlar qanday ahamiyatga ega?

  7. Individual topshiriqlami bajarishda o'qituvchining vazifasi nimalardai iborat?

  8. Guruh mashg'ulotlarining ahamiyati qanday?

  9. Sinfdan tashqari ishlarda to'garaklar qanday ahamiyatga ega?

  10. «Hamma narsani bilishni istayman» to'garagining rejasi qanda; tuziladi?

  11. Geografiya bo'yicha sinfdan tashqari ishlarda klub ishinin; ahamiyati nimada?

  12. Klub mashg'ulotlari qanday o'tkaziladi?

  13. Ommaviy ishlar va ulaming ahamiyati haqida nima deya olasiz?

  14. Geografiya bo'yicha o'tkaziladigan ommaviy ishlar turlarig; nimalar kiradi?

  15. Geografiya bo‘yicha sinfdan tashqari adabiyot o'qishninj ahamiyati nimada?

  16. Sinfdan tashqari adabiyot o'qishda qaysi uslublardan foydalaniladi'

  17. Geografiya bo‘yicha sinfdan tashqari ishlar olib borishda vaqtl matbuotning o‘mi qanday?

  18. Geografiya fanidan sinfdan tashqari ishlarni bajarishd; o‘quvchilar qanday rag'batlantiriladi?

  19. Sinfdan tashqari ishlarni bajarishda o'qituvchining asosiy vazifalar nimalardan iborat?

  1. §. Bilimlarni takrorlash, o^qiivchilarning bilim, uquv va ko'nikmalarini tekshirish, uning turlari

O‘qituvchining o'qitish jarayonini nazorat qilib borishi, o‘quv- chilar bilimini tekshirishi va baholashi o'qitish jarayonininj
182
majburiy elementidir. Tekshirish bilimlarni mustahkamlash va aniqlashtirishga xizmat qiladi. Bilimlarni takrorlash yangilarini o‘rganish uchun tayanchdir.
Geografiya darslarida o‘tilgan materialni takrorlash va umumlashtirish yangi mavzuni o'rganish jarayonida va uni o'rganishdan keyin, shuningdek, har bir chorak hamda yil oxirida o'tkaziladi.
Takrorlashning turli uslublari mavjud. Hammadan awal bu: 1) ko'rilgan diafilmlar yoki kinofilmlar, suratlar, kontur kartalar bo'yicha suhbat vaqtida, o‘quvchilar tomonidan tajribalar o‘tka- zilganida; 2) masalalar yechish va mashqlar bajarilayotganida; 3) qiziqarli savollarga javob berilayotganida bilimlarni umumiy yoki individual tekshirishdir.
Takrorlash turlaridan biri o‘quvchilar bilimini og‘zaki hisobga olishdir, u har bir darsda butun sinfdan umumiy so'rash yoki ayrim o'quvchilardan individual so‘rash ko'rinishida o‘tkaziladi.
Umumiy so'rashning qimmati shundaki, bunda javob berishga ko‘proq o‘quvchilarni jalb qilish va sinf e’tiborini ushlab turish imkoniyati bo‘ladi. Biroq ayrim savollarga olingan javoblar har bir o'quvchi bilimlarining chuqurligini aniqlashga imkon ber- maydi va ularga o‘z fikrlarini ravon hikoya tarzida bayon qilish ko'nikmalarini rivojlantirishga xalaqit beradi. Shuning uchun ham individual so'rash, ya’ni ayrim o'quvchining ravon hikoyasi so‘rashning asosiy turi hisoblanadi.
So‘rash jarayonida o'qituvchi o'quvchilaming bilimlari naqadar aniqligi va fahmlab olinganligini, ulaming o‘rganilayotgan jonsiz tabiat obyektlari, o'simlik va hayvonlar to‘g‘risidagi tasawur va tushunchalari qanchalik to‘g‘ri ekanligini aniqlash kerak bo‘ladi. Shunga ko‘ra materialni faqat og'zaki bayon qilinishi bilan qanoatlanib qolmaslik kerak. Ocquvchilar javoblarida kuzatish natijalaridan foydalansinlar, o‘z hikoyalarini o'qituvchi materialni tushuntirishda foydalangan jadval, model va boshqa o‘quv qurollarini koTsatish bilan birga olib borsinlar.
Alohida o‘quvchidan so‘rash butun sinf bilimlarini mustah- kamlashga yordam berishi munosabati bilan sinf e’tiborini har bir javobga qaratilishiga erishish kerak. Sinf e’tiborini faollashtirish uchun savolni barcha o'quvchilarga berish, keyin esa tayinli o'quvchini javobga chiqarish lozim. Bu o‘quvchilar diqqatlarini to‘plashga va materialni xotirada tiklashga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, javob beruvchi o'quvchi yo‘l qo'ygan xato va noaniqlikni

Download 301.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling