Maxsus ta’lim vazirligi geografiya o`qitish metodikasi
Download 301.59 Kb.
|
Nuriddinova
D) psixologik talablar. Geografiya darsining reja va konspektini tuza turib, o'qituvchi har bir o'quvchining psixologik xususiyatlarini, ya’ni:
tafakkur tipini (ijodiymi yoki yo'qmi); xotira turini (ixtiyoriy yoki beixtiyoriy); tanib olish, eslash, yod olish, fikrlami tiklash uquvini; diqqatning mavjudligini (o'rganilayotgan narsaga fikrlarini jamlash qobiliyatini), xayolini (ijodiy qobiliyatini), irodasini (o‘z oldiga uzoq va yaqin maqsadlar qo‘ya olishi va ularga erisha bilishini), hissiy faolligini hisobga olishi kerak. Shu bilan bir qatorda o'qituvchining psixologik holati darhol o'quvchilarga ta’sir ko'rsatishini ham hisobga olish kerak. Bunday psixologik holat ekskursiyalar, kuzatishlar, amaliy ishlar, o'qituvchining hayajonli hikoyalari vaqtida vujudga keladi. Shunga ko'ra o'quvchilar shaxsiga ta’sir ko‘rsatish, ulami bajargan ishlarida idrokiy xursandchilik va qanoatlanish beruvchi o‘quv faoliyatiga jalb qilish darsda o'qituvchi faoliyatining zarur tomonidir. O'qituvchining kayfiyati, uning saranjomli, e’tiborli bo'lishi yoki aksincha serzarda,parishonxotir bo'lishi bolalarga ta’sir etadi. Shunga ko‘ra pedagogik odobga rioya qilish darsning pedagogi muvaffaqiyatini ta’minlovchi muhim talablardan biridir. E) gigiyenik talablar. Sinfda tegishli harorat tartibiga, yoritis me’yoriga va boshqa gigiyenik talablarga rioya qilish bolala salomatligining garovidir. Shuning uchun ham o‘qituvchi ularg rioya qilinishini kuzatib borishi, bolalarning jismoniy va aqli jihatdan charchashining oldini olish uchun o'quv ishidagi bi xillikdan, bayonni bir ohangda bo‘lishidan ehtiyot bo'lish nazariy materialni har xil sezgi a’zolarini ishga jalb etish imkonir beruvchi amaliy topshiriqlar bilan almashtirib borishi kerak. Fikrlash faoliyatining kuchlanishini talab qiluvchi topshiriqla ko‘rgazmali qurol, tarqatma materiallami ishlatish, darslik bo‘yich murakkab bo‘lmagan topshiriq va mashqlami bajarish bila almashinishi kerak. Shuningdek, amaliy topshiriqlarni bajarishd shaxsiy gigiyena masalalariga alohida e’tibor berish zarur. Download 301.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling