Maxsus ta’lim vazirligi geografiya o`qitish metodikasi
Download 301.59 Kb.
|
Nuriddinova
Proyeksion apparatlar. Proyeksion apparatlarga shishadagi diapozitivlarni namoyish qiladigan proyeksion chiroq, tiniq diapozitivlami namoyish qiladigan alloskop va filmoskoplar kiradi. Sanoatimizda maktab proyeksion apparatlar maxsus qo'llanma bilan birga tayyorlangan. Darsda diapozitivlami namoyish qilishdan oldin o'qituvchi qo‘llanma mazmuni bilan tanishgan va mavjud apparatlar bilan ishlash uslublarini amaliy ravishda egallagan bo'lishi kerak.
Geografiya dasrlarida kodoskop, ketma-ketlik usulida bajarilgan, tiniq pardada chizilgan maxsus transporantlar, shuningdek, yasama qurollar (rangli sxemalar), rasmlar, kesmalar, yon ko‘rinishlar va boshqa o‘quv qurollari qo'llaniladi. Transporant shu bilan qulayki, u har xil jarayonlar (masalan, ko‘lni o‘t bosishi, manbalar, ya’ni buloqlar hosil bo'lishi, tabiatda suvni doira bo'ylab aylanishi va boshqalar)ni dinamika (harakat)da ko'rsatish imkonini beradi. Kodoskop bevosita apparat stolchasida odatdagi flomaster, sharikli ruchka yoki qalam bilan tiniq pardada chizilgan har qanday rasm, sxema yon ko‘rinishni ekranda ko'rsatishga imkon beradi. Ekran vositalari (diafilmlar, diapozitivlar, slaydlar) mustaqil rolni bajarishi mumkin. Ekran vositalari devoriy suratlar kabi zaruriyatga qarab namoyish qilinadi. Bir darsning o‘zida 5—6 kadrdan foydalanish tavsiya qilinadi. Ayrim hollarda 1O gacha kadrdan maqsadga yo‘nalgan holda foydalansa bo‘ladi. Ulai hujjatli, ko'rinishli yoki multiplikatsiyalashgan bo‘lishi mumkin. Ekran vositalarining kadrlarini e’tibor bilan ko‘rish lozim, lekin uzoq vaqt emas, chunki bunda plyonka va oyna qizib ketadi, oqibatda shakli o‘zgarishi yoki yorilib ketishi mumkin. Bundan tashqari, yorug‘lik suratni kuchli ta’sirlovchi sifatida ko‘zni char- chatadi, shuning uchun ham tezda o'quvchilarning me’dasiga tegadi. Murakkab kadrlardan foydalanishning eng ko‘p vaqti 2 minut. Agar darsning maqsadi o‘tilganlarni takrorlash bo'lsa, unda yorug'lik suratlari (kadrlar)ning soni 2O—25 tagacha ko'paytirilishi mumkin. Ko'rsatilgan suratlami o'quvchilaming o'zlari tushuntirishlari kerak. Faqat o'quvchi ko'rganlarini noto‘g‘ri tushuntirayotganda, mavzudan chetlaganda, muhimlarini ko'rmagandagina o‘qituv- chining aralashuviga yo‘l qo‘yiladi. Download 301.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling