Maxsus ta’lim vazirligi geografiya o`qitish metodikasi


Jonli tabiat burchagi uchun xona


Download 301.59 Kb.
bet31/81
Sana23.12.2022
Hajmi301.59 Kb.
#1044196
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   81
Bog'liq
Nuriddinova

Jonli tabiat burchagi uchun xona. Jonli tabiat burchagi uchun xona ajratilgani ma’qul. Bunga imkoniyat bo'lmaganda burchak o‘simlik va hayvonlari geografiya xonasi yoki sinfga joylashtiriladi. Jonli tabiat burchagi uchun xona yorug‘ bo'lishi kerak, deraza ro’parasiga qo'yilgan har xil tagliklar ham suv hayvonlari hamda suv o'simliklari bo'lgan akvariumlarni qo‘yish uchun qulay bo'lishi lozim.
Agar jonli burchak alohida xonada bo‘lsa, unda qushlami ham saqlash mumkin. Barcha qush qafaslariga tozalash oson bo‘lishi uchun harakatlanadigan taglik va oziq uchun harakatlanadigan yashik o‘matiladi. Maktab tabiat burchagida jo‘r, sa’va, to‘ti, chittak kabi qushlami saqlash ma’qul. Qafaslar devor yoki derazalarga ilib qo'yiladi, ulami shamol o‘tib turadigan joyga qo‘ymaslik kerak, bunday joy qushlar uchun halokatlidir. Terrariumlar xona o'rtasiga yoki devor bo'ylab qo'yilgan, stolchalarga o'rnatiladi. Sut
emizuvchilarning (olmaxon, dengiz cho'chqasi) katakchalai xonaning qorong'iroq qismida polga qo'yiladi. Agar tabiatshunosli xonasi katta bo'lmasa, o'simlik va hayvonlarning bir qismi sinflargj joylashtiriladi, kerak bo‘lganda ulardan foydalaniladi.
Jonli tabiat burchagini jihozlash. Burchakda hayvonlar uchui ajratilgan joy ulaming tabiatdagi hayot sharoitlariga mos bo‘lish kerak. Akvariumni zoodo‘kondan olgan ma’qul. Ammo akvariun sifatida xohlagan shisha idishdan foydalanish mumkin, lekin shun hisobga olish kerakki, baliqlar asosan to'rtburchak idishda yaxsh ko‘rinadi. Akvariumdagi baliqlar soni uning katta-kichikligig; (o‘lchamiga) va undagi o'simliklarning soniga muvofiq bo‘lish kerak, bunda yutiladigan va chiqariladigan kislorodning balans ta’minlansin.
Akvarium baliqlari doimiy parvarishga muhtoj. Ularga oziqn zoodo'kondan sotib olish mumkin. Baliqlar shartli refleks hosi qilishlari uchun ulami muayyan vaqtda oziqlantirish kerak. Bolala suv haroratini termometr bilan o‘lchab tekshirib boradilar.
Sudralib yuruvchilar, suvda va quruqlikda yashovchilar uchui xilma-xil ko‘rinish va o'lchamdagi terrariumlar quriladi. Odatdag terrarium metalldan yoki yog'ochdan tayyorlangan yashik bo‘lib yon va tepa devorlari shisha va to‘rdan iborat. Shisha devor terrariumdi yashovchilarni kuzatish, yon devor hamda tepasining to‘rdai bo‘lishi toza havo bilan ta’minlash imkoniyatini beradi Terrariumning metall tagligiga tuproq sepiladi, unga o'simlikla o‘tqaziladi va suvli idish joylashtiriladi. Terrariumga undi yashovchilaming yashirinishlari uchun toshlar qo'yiladi. Suvga v; quruqlikka ehtiyojmand suv baqalari va tritonlar uchun akva terrarium, ya’ni quruqlik oroli bo'lgan akvarium quriladi, un akvarium tagiga tuproq solingan va suv sathidan bir oz ko'tarilit turadigan shisha bonka qo'yib tayyorlash qiyin emas.

Download 301.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling