Maxsus ta’lim vazirligi geografiya o`qitish metodikasi
O‘quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash
Download 301.59 Kb.
|
Nuriddinova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muammoli masalalar va topshiriqlar
O‘quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash. Maktab o‘quvchilarga O‘zbekistondagi ishlab chiqarishning asosiy tarmoqlai to‘g‘risida tasavvur berishi, jamiyat hayotida ro‘y berayotgai jarayonlaming mohiyatini tushunib olishlariga yordam beruvch bilim asoslarini shakllantirishi, kasbga yo‘naltirishi, kelgusi amali faoliyatga tayyorlashda zarur bo'ladigan, amaliy o‘quv hama ko'nikmalarni singdirishi kerak. Geografiya darslarida shuningdek, tirik tabiat burchagi, maktab oldi maydoni va boshqalarda amaliy ishlar bajarish vaqtida kichik yoshdagi maktab O‘quvchilari oddiy mehnat asboblarini ishlata olish, kuzatish va tajribalar o'tkazish bo'yicha amaliy o'quv hamda ko‘nikmalarg ega bo'ladilar.
O‘quvchilar maktab oldi maydonchasida qishloq xo'jaligi ishlarini bajarib, dala va fermalarda kattalarga yordam berib, ta’lim tarbiya maqsadida unumli mehnatga baholi qudrat kirishadilar. Ularda asta-sekin olingan bilimlarni amalda qo'llash, tabiat hodisalarini tushunish, qishloq xo‘jaligida har xil amaliy ishlarr bajarish uquvlari rivojlanadi. «Yashil nazoratchilar» qishloq xo‘jalig zararkunandalarining paydo bo'lishini kuzatish bo‘yicha amali faoliyat yuritib, olgan bilimlarini to‘ldiradi va kengaytiradi O‘quvchilarni tabiatga yanada yaqinlashtirib, unga nisbatan ongli munosabatni tarbiyalaydi. Amaliy faoliyat o‘quvchilarda mehnatga muhabbatni, ongli intizomni, maqsadga erishishda astoydillikni, jamoada ishlash uqmi va boshqa foydali sifatlarni tarbiyalaydi. Shunday qilib, umumiy ta’lim maktablari boshlang'ich sinflarining geografiya darslarida ham o'quvchilarga har tomonlama tarbiya berish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Bunday tarbiyadan maqsad yosh avlodda ilmiy dunyoqarashini estetik didni shakllantirish, ularni vatanparvarlik va baynalmilalchilik ruhida tarbiyalash, tabiiy boyliklarni asrab-avaylashgt mehnatga o'rgatishdan iborat. Muammoli masalalar va topshiriqlar Geografiya fanini o‘qitish dasturiga kiritilgan o‘zgarishlarr tahlil qiling. 2- sinf darsliklarini tahlil qiling, o‘quvchilarda vatanparvarlik hamda baynalmilalchilik tuyg‘ularini tarbiyalaydigan mavzularning nomlarini yozib chiqing. 3-4- sinf darsliklarini tahlil qiling va o'quvchilarning moddiy dunyoqarashini tarbiyalaydigan maqolalarning nomlarini yozib chiqing. Geografiya xonasi va tirik tabiat burchagini rasmiylashtirish (bezatish) ning estetik tarbiyada tutgan o'rnini izohlang. Download 301.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling