Amaliy ishlar o'quvchilarni ular faoliyati jarayonida har xi mehnat operatsiyalariga o'rgatish metodidir.
Amaliy metodlar o'qituvchi tomonidan tashkil etiladigan v; yo'naltiriladigan, o'quvchilar fikrini rivojlantirishga mo'ljallangai so‘z, ko'rgazmalilik va amaliy ishning o‘zaro murakkab bog‘lanishd< bo'lishini ko'rsatadi.
Amaliy uslublarning turlariga tabiat obyektlarini tanib olish v; aniqlash bo'yicha ishlar, hodisalami kuzatish va qayd qilish, tajrib< o‘tkazish (tajriba vositasida masalalami hal qilish) kiradi.
«Atroflmizdagi olam» fani boshlang'ich sinflaming o‘quv rejasig; kiritilgan 1-2- sinflarda o'qitiladigan o‘quv fani bo‘lib, un o'rganishga haftasiga 1 soat ajratiladi.
«Atroflmizdagi olam» va «Geografiya» fanlarining o‘quv mash' g‘ulotlari — dars, tajribalar, sayohatlar, amaliyotlar, dalada o‘tka- ziladigan amaliyotlar, kuzatishlar, eksperimentlar va hokazolar.
Bilimlarni og‘zaki tekshirish — u har bir darsda butun sinfdai frontal (umumiy) so‘rash yoki ayrim o‘quvchilardan indiviuda so‘rash ko‘rinishida o‘tkaziladi.
Bilimlarni yozma tekshirish — tekshirishning bu turi savollargj yozma javob berish yoki yozma topshiriq bajarish tarzida o‘tkaziladi
Birinchi sinfda shakllantirilishi kerak bo‘lgan asosiy tushunchalai
— «tabiat», «jonli va jonsiz tabiat», «erta gullaydigan o‘simliklar» «darrandalar», «qushlar», «baliqlar», «hashoratlar» tushunchalaridir
226
Dars — dars deganda ma’lum fanlami, ma’lum hajmdagi bilimlami ma’lum yoshdagi o'quvchilarguruhiga, maxsus tayyorgarligi bo'lgan mutaxassis tomonidan berilishi tushuniladi.
Darsning tuzilish qismlari — tashkiliy qism, uy vazifasini tekshirish, yangi materialni bayon qilish, o‘quvchilaming mustaqil ishlashlari, yangi bilimlarni mustahkamlash, dars materialini umumlashtirish, uyga vazifa berish, baholarni sharhlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |