Mazkur muammoli vaziyatni qonun hujjatlariga asoslangan holda tahlil qiling. Javob


Мазкур муаммоли вазиятни қонун ҳужжатларига асосланган ҳолда таҳлил қилинг


Download 48.98 Kb.
bet9/22
Sana24.03.2023
Hajmi48.98 Kb.
#1290681
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
2 5224645166589022944

Мазкур муаммоли вазиятни қонун ҳужжатларига асосланган ҳолда таҳлил қилинг.


Kazusga javob

  1. Ushbu vaziyatda tuman hokimining yer ajratib berish haqidagi qarori qonuniymi

  2. Fuqaro alimov tuman hokimi ustidan viloyat hokimiga murojaat qilishi huquqiymi

Mazkur vaziyat boyicha tuman hokimining yer ajratish tartibini ko’rib chiqamiz. O’zbekiston respublikasi yer kodeksi 6-moddasi 4-qismiga ko’ra tumanlar davlat hokimiyati organlarining yer ajratish tartibi quyidagicha keltirilgan
1. fuqarolarga, yuridik shaxslarga egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga yer berish, shuningdek tubdan yaxshilash ishlari amalga oshirilgan sug‘oriladigan yerlar, pichanzorlar va yaylovlardan, tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlardan tashqari yerlarni, o‘rmon o‘simliklari bilan qoplangan yerlardan tashqari o‘rmon fondi yerlarini, sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlar uchun mo‘ljallangan yerlarni, suv fondi yerlarini olib qo‘yish — har bir yer egasiga va yerdan foydalanuvchiga o‘n gektargacha o‘lchamda; bundan korinib turibiki mazkur vaziyatda tuman hokimining fuqaro Alimovga yer ajratib berishi qonuniy hisoblangan. lekin ushbu vaziyatni hozirgi kundagi qonunchilik normalari bilan ko’rib chiqganda quyidagi asoslarni keltirib o’tishimiz lozim O’zb Res prezidentining 6243 farmoni bo’yicha 2021 – yil 1 avgustidan mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer ajratish vakolatlari qisqartirildi. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer uchastkalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri ajratish, foydalanishga berish, kelgusida ajratish uchun zaxiralash, biriktirish, obodonlashtirish uchun berish yoki yerlarni boshqacha yo‘l bilan tasarruf qilish bo’yicha vakolatlari bekor qilindi . 1 – holat bo’yicha osha paytdagi amalda bo’lgan qonun bo’yicha tuman hokimining 2016- yildagi 440-sonli qarori huquqiydir .
Ushbu vaziyatning navbatdagi qarori bo’yicha fuqaro alimovning harakati qonuniymi degan savoliga javob topamiz . bu vaziyatda ma’muriy tartib tamoillar tog’risidagi qonunga murojaat qilamiz . 2020 – yildagi tuman hokimi chiqargan qaror ma’muriy tartib tamoillar tog’risidagi qonunga to’g’ri kelmasligini ko’rishimiz mumkin . bunga misol sifatida ushbu qonuning 2-moddasi 2-qismida Maxsus ma’muriy tartib-taomillarni belgilovchi qonunchilik jismoniy va yuridik shaxslarning holatini yomonlashtirmasligi kerak. Shuningdek qonuning 7- moddasida Ma’muriy ish yuritish jarayonida jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan ta’sir choralari ma’muriy organ tomonidan ko‘zlangan qonuniy maqsadga erishish uchun mos va yetarli bo‘lishi hamda manfaatdor shaxslarga imkon qadar qiyinchilik tug‘dirmasligi kerak deyilgan. bundan korinib turibdiki ushbu holatda tuman hokimining fuqaro guliev foydasiga qaror chiqarishi noqonuniy hisoblanadi. ushbu qaror tufayli fuqaro Alimov haq huquqlariga putur yetgan. endigi masala shundan iboratki fuqaro Alimov tuman hokimi ustidan yuqori turivchi organga murojaat qilish huquqiga egami. Mamuriy tartib tamoillar tog’risidagi qonuning 20 -moddasida Ma’muriy organlar ma’muriy ish yuritishni qonunchilikda o‘z vakolatiga kiritilgan masalalar yuzasidan amalga oshiradi. Ma’muriy ishlarning taalluqliligi to‘g‘risidagi nizolar ma’muriy organlar uchun yuqori turuvchi hisoblangan organ yoki maxsus vakolatli organ tomonidan hal etiladi. Ushbu vaziyatda fuqaro tuman hokimi ustidan shikoyat qilib viloyat hokimiga murojat qilishi qonuniydir. Lekin tuman hokimidan yuqori turuvchi shaxs shahar hokimidir. Shuning uchun Alimov Toshkent shahar hokimiga murojaat qilishi kerak. Ushbu vaziyatda shuni qo’shimcha qilib o’tish joizki fuqarolar mamuriy organ ustidan shikoyat qilishda osha mamuriy organdan yuqori turuvchi organga murojaat qilishga shuningdek mamuriy sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Xulosa sifatida shuni aytib o’tish lozimki Fuqaro Alimovga tuman hokimi qarori asosida ajratilgan yer o’sha vaqtdagi qonun normasiga ko’ra qonuniy hisoblangan, lekin 2020 – yilda tuman hokimining fuqaro guliev foydasiga chiqargan qarori notog’ri. Fuqaro viloyat hokimiga emas, shahar hokimiga murojaat qilishi kerak edi.



Download 48.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling