Mazkur muammoli vaziyatni qonun hujjatlariga asoslangan holda tahlil qiling. Javob


Asoslarni ketma-ketlik bo’yicha o’rganib chiqamiz


Download 48.98 Kb.
bet17/22
Sana24.03.2023
Hajmi48.98 Kb.
#1290681
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
2 5224645166589022944

Asoslarni ketma-ketlik bo’yicha o’rganib chiqamiz:
Ravshanovning arizasi ma’muriy organ tomonidan ro’yxatga olinmaganlik faktiga to’xtalsak, ma’muriy tartib-taomillar to’g’risidagi qonunning 43-moddasiga ko’ra: “Ma’muriy organga kelib tushgan ariza o‘sha kunning o‘zida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. Ma’muriy organ arizachiga ariza ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjat (belgi) berishi, ariza elektron shaklda berilgan taqdirda esa, ariza ro‘yxatdan o‘tkazilganligini ma’muriy organning rasmiy veb-saytidagi elektron xabar bilan, tegishli yozuvga havola bilan yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa usul bilan tasdiqlashi shart. Ma’muriy organda arizani ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi”. Ya’ni Ravshanovning arizasi ro’yxatga olinishi Qonunning qat’iy talabi hisoblanadi.
Davlat ekologik ekspertizasi talabini ko’rib chiqamiz. Ekologik ekspertiza to’g’risidagi qonunning 13-moddasiga muvofiq: “Davlat ekologik ekspertizasi obyektlari davlat eskpertizasidan o’tkazilishi majburiydir”. Ushbu obyektlar ushbu qonunning 11-moddasida batafsil keltirilgan, biz uchun kerakli qismi bo’lgani esa, barcha turdagi qurilishlar uchun yer uchastkalarini ajratish materiallaridir. Ya’ni kazusga ko’ra hokimlik tomonidan ajratilgan yer davlat ekologik ekspertizasidan o’tkazilishi shart.
Xuddi shu yerda shahar bosh rejasidagi “qizil chiziq” nimani anglatishini bilib olamiz. O’zbekiston Respublikasi shaharsozlik kodeksi 3-moddasiga ko’ra: “qizil chiziqlar — shaharsozlik hujjatlarida belgilanadigan, mavzelarning, kichik dahalarning va rejalashtirish tuzilmasi boshqa elementlarining hududlarini aholi punktlarining ko‘chalaridan, tor ko‘chalaridan va maydonlaridan ajratib turuvchi chegaralar”.
Demak yuqoridagilardan xulosa qilishimiz mumkinki, ma’muriy tartib-taomillar to’g’risidagi Qonunning 59-moddasiga ko’ra: “Ma’muriy hujjat qonunchilikka muvofiq emas deb topilgan taqdirda, u ma’muriy organ tomonidan bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi kerak”. Demak, shahar hokimligi prokuraturaning protestiga ko’ra, va qonunchilikka nomuvofiq bo’lgani uchun, 833-sonli qarorini o’zgartirishi yoki bekor qilishi kerak. Bu yerda yana bir jihatga e’tiborimizni qaratishimiz kerakki, ushbu qonunning 59-moddasi 5-qismiga ko’ra: “Manfaatdor shaxsga ma’muriy hujjatning qonuniy kuchiga ishonish sababli kelib chiqqan yoki muqarrar bo‘lgan mulkiy zararning o‘rni qoplanadi”.
Xulosa qilsak, ushbu ma’muriy hujjat qonunchilikka nomuvofiq hisoblangani uchun shahar hokimligi tomonidan bekor qilinishi yoki o’zgartirilishi kerak, bunda manfaatdor shaxs Ravshanovga ma’muriy hujjatning kuchiga ishonish oqibatida kelib chiqqan yoxud muqarrar mulkiy zarar o’rni qoplab berilishi lozim.

11-kazus
2019 yil 20 mart kuni Kattaqo'rg'on tuman hokimi tomonidan tadbirkor Q.Toshpo'latovaga buzilgan dorixona o'rniga «Kattaming» mahallasi hududidan 150,0 kv.myetr yer tanlash va ajratish haqida №1296-Q-sonli qarori chiqarilgan. Ammo tanlanayotgan yer bo'yicha hokimlik va tadbirkor kyelishuvga erishilmagan. Tuman hokimi qarori asosida «Kattaming» mahallasi hududidan tadbirkorga yer tanlandi. Ammo keyinchalik bu yer maydoni boshqa maqsadlar uchun ajratilgani ma'lum bo'ldi. Shundan kyeyin tadbirkorning o'zi istiqomat qiladigan «Mo'minxo'ja» mahallasidan yer ajratishga qaror qilindi. Bu yerdagi «Mahalla markazi»da qator binolar joylashgan: to'yxona, tibbiyot muassasasi, mahalla guzari va hokazo. Shu binolar qatoridan yer ajratilgan, ammo tadbirkor bunga e'tiroz bildirgan. Ma'lum bo'lishicha, tadbirkor uchun noqulay bo'lgan hududlardan yer ajratilgan. Yer ko'cha tomondan oldiga boshqa binolar tushgan. Bu yerdan tadbirkor dorixona qurganda ham binolar ortidan ko'zga tashlanmaydi. Tadbirkor aynan shuning uchun e'tiroz bildirmoqda va boshqa hududdan yer ajratilishini so'ramoqda.

Download 48.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling