Mazkur muammoli vaziyatni qonun hujjatlariga asoslangan holda tahlil qiling. Javob


O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi


Download 48.98 Kb.
bet20/22
Sana24.03.2023
Hajmi48.98 Kb.
#1290681
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
2 5224645166589022944

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qarori;

  • Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” gi nizom.

    Birinchi navbatda, fuqarolar hamda ma`lum soha mutaxassislarini majburiy tibiiy ko`rikdan o`tkazish masalasiga to`xtalsak. O`zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog`lig`ini saqlash to`g`risida” gi qonunning 13-moddasiga muvofiq: O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari sog‘liqni saqlash borasida daxlsiz huquqqa egadirlar. Davlat yoshi, jinsi, irqi, millati, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar fuqarolarning sog‘lig‘i saqlanishini ta’minlaydi. Demak, fuqarolarni tibbiy ko`rikdan majburiy ravishda o`tkazish qonunga xilof hisoblanadi. Ammo, shuni ta`kidlash joizki, ayrim soha vakillari uchun tegishli muddatlarda tibbiy ko`rikdan o`tish majburiy hisoblanadi. Ushbu Qonunning 17-moddasida fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash, yuqumli va kasb kasalliklarining oldini olish maqsadida ro‘yxatini O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tasdiqlaydigan ishlab chiqarishlar hamda ayrim kasblarning xodimlari ishga kirish vaqtida dastlabki majburiy tibbiy ko‘rikdan hamda keyinchalik vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari belgilab o`tilgan. Xususan, “Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” gi nizomda maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari tibbiy ko`rikdan majburiy ravishda o`tish muddatlari belgilangan. Demak, ma`lum soha xodimlarini majburiy tibbiy ko`rikdan o`tkazish qonuniy hisoblanadi.
    Ikkinchi muammoli vaziyatda Asaka tuman davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi Asaka tuman adliya boʻlimi tomonidan kiritilgan taqdimnomaga Mehnat kodeksining 214-moddasiga asoslanib, xodimlarni dastlabki va vaqti-vaqti bilan tibbiy koʻrikdan oʻtib turishini tashkillashtirish ish beruvchi zimmasiga yuklatilgani, lekin bugungi kunga qadar yuqoridagi tashkiliy ishlar va tibbiy koʻrikdan oʻtish xarajatlarini qoplash ishlari maktabgacha ta’lim boʻlimi yoki tashkilotlar tomonidan tashkillashtirilmagani hamda toʻlovlar qoplanmagani sababli, xodimlarning shaxsiy mablagʻi hisobida amalga oshirilayotganini ma’lum qilgan. Asaka tuman tibbiyot birlashmasi esa, tuman koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasida tashkil etilgan xoʻjalik hisobidagi tibbiy koʻrik komissiyasi tomonidan dekteriv kontigentlarni dastlabki va davriy tibbiy koʻriklardan oʻtkazilishi belgilangan tartibda shartnoma asosida pullik amalga oshirilishini bildirgan. Shu asnoda ular 33-maktabgacha ta’lim muassasasida faoliyat yuritadigan D. Jumaboyeva, S. Holiqova, M. Turgʻunova, D. Umarova, M. Oxunjonova, Sh. Komilova va M. Qurbonqulovani bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni rad etgan. Fikrimizcha, ushbu holatda vaziyatda Asaka tuman davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi tomonidan Mehnat kodeksining 214-moddasi noto`g`ri qo`llanilmoqda. Chunki, Mehnat kodeksining 214- moddasi 6-qismida, tibbiy ko‘riklardan o‘tilishi munosabati bilan xodimlar chiqimdor bo‘lmasligini belgilab o`tilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qarorining 50-bandida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining shtatdagi xodimlari sog‘liqni saqlash muassasalarida belgilangan tartibda bepul tibbiy tekshiruvdan o‘tishi belgilangan. Bundan, kelib chiqadiki 33-maktabgacha ta’lim muassasasida faoliyat yuritadigan D. Jumaboyeva, S. Holiqova, M. Turgʻunova, D. Umarova, M. Oxunjonova, Sh. Komilova va M. Qurbonqulovalar tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan tegishli tarzda bepul tibbiy ko`rikdan o`tkazilishlari shart.
    Xulosa qilib aytganda, Asaka tuman tibbiyot birlashmasi va tuman davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi ish beruvchi bilan kelishgan holda 33-maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarini bepul tibbiy ko`rikdan o`tkazilishlari shart. Zero, bu ularning qonun bilan belgilangan imtiyozli huquqidir.



    Download 48.98 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling