Mazkur o‘quv-uslubiy majmua orqali universitetni bitiruvchi talabalar bo‘lg‘usi mutaxassis-kadrlar kundalik ish yuritish jarayonida ko‘plab duch kelinadigan hujjatlar bilan ishlashni o‘rganadilar


Download 1.52 Mb.
bet11/90
Sana14.03.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1266423
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   90
Bog'liq
-Davlat tilida ish yuritish

Shavkat Mirziyoev.


REJA:
1.Munshaot tarixining davlatchilik tarixi bilan bog‘liqligi.
2.Turkiy davlatchilikning boshlang‘ich davrlarida ish yuritishning og‘zaki shakli
3.Yozuv va musulmon huquqining paydo bo‘lishi bilan ish yuritish hujjatlarining takomillashuvi.
4.Tarxon yorlig‘i, vaqfnoma, vasiqa singari hujjatlarning mazmuni.
5.Sobiq ittifoq davrida o‘zbek tili va ish yuritish hujjatlari.O‘zbekiston Respublikasidagi hozirgi ish yuritish tizimi ilk turkiy davlatchilikdagi munshaotning bevosita vorisi ekanligi.
6.O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishining ish yuritish tizimidagi ahamiyati.
7.Hujjat tilini o‘zbekchalashtirishga qaratilgan islohotlar.
8.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF- 5850 sonli farmoni mohiyati.


Tanyach so‘z va iboralar: adolatpesha qonunlar majmui, o‘rxun-enasoy, sug‘d, eski uyg‘ur, arab va boshqa yozuvlar, yozma manbalar, yorliq farmon, noma, bitimlar, arznoma, qarznoma, vasiqa, lisoniy qolip, patta, ish yuritishni o‘zbekchalashtirish, munshaot, davlat, -o‘zbek davlatchiligi, og‘zaki nutqiy me’yorlar, an’anaviyliq turkiy hoqonliklar hujjatlari. davlat tili, sovetlar imperiyasi, mustaqillik, davlat va jamiyat, Mustaqilligi deklaratsiyasi, xelsinki shartnomasi, konstitutsiya.

Hujjatlar kechagina paydo bo‘lgan narsa emas, kishilik jamiyati shakllanishi bilanoq bu jamiyat a’zolari o‘zaro munosabatlaridagi muayyan muhim holatlarni muntazam va qat’iy qayd etib borishga ehtiyoj sezganlar. Ana shu ehtiyojga javob sifatida, tabiiyki, ilk ibtidoiy hujjatlar yuzaga kelgan.


Bobilning miloddan avvalgi 1792-1750 yillardagi shohi Xammurapining adolatpesha qonunlar majmui, undan ham qadimroq shoh Ur-Nammu (miloddan avvalgi 2112-2094 yillar)ning qonunlari va boshqa manbaalarning mavjudligi hujjatlar deb ataladigan tartibot vositalarining nechog‘li olis va murakkab tarixga ega ekanligini ko‘rsatadi. Albatta, kishilik jamiyatining taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarning almashina borishi, aniqrog‘i, kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlarning takomillasha borishi barobarida hujjatlar ham takomil topib borgan. Bugungi kunda fanga tariximizning turli davrlarida o‘rxun-enasoy, sug‘d, eski uyg‘ur, arab va boshqa yozuvlarda bitilgan juda ko‘plab hujjatlar, umuman, yozma manbaalar ma’lum.
O‘zbek munshaoti tarixining shakllanish ildizlarini o‘zbek davlatchiligi tarixidan izlash lozim bo‘ladi.

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling