Mazkur о’quv uslubiy majmua O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy o`quv dasturi asosida tuzilgan


Download 434.88 Kb.
bet45/70
Sana19.06.2023
Hajmi434.88 Kb.
#1620390
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   70
Bog'liq
мажмуа усимликлар географияси

Tarqalishi va iqlimi. Yozgiyashil bargli o‘rmonlar materiklarning ichki qismida yo‘q, bu dengiz iqlimi bilan bog‘liq. Bunday o‘rmonlar Shimoliy Amerikaning sharqida, Sharqiy Osiyoning mo‘tadil iqlimli hududlarida hamda Evropani boreal mintaqasiga tutash joylarda tarqalgan. Shimoliy Amerika va Sharqiy Osiyoda bunday o‘rmonlar shimoldan janubga tomon 2500 kmgacha cho‘zilgan. Dengizlardan uzoqlashishi va yog‘adigan yog‘in miqdorini kamayishi bilan bargli o‘rmonlar o‘tlar bilan qoplangan hududlarga almashadi.
Evropadagi bargli o‘rmonlar Atlantika okeanining qirg‘oqlaridagi Piriney yarimorolidan to Skandinaviyaning janubiy hududlariga shimoliy kenglikning 580 gacha boradi. Bu xolatni mutaxassislar Golfstromning iliq oqimi bilan bog‘laydilar. Iqlimning kontinentalligi ortib borishi bilan bargli o‘rmonlar sharqda torayib Dnepr daryosigacha kirib boradi, undan nariga ingichkalashib Ural tog‘laridan ham o‘tadi. Shimolda boreal ninabargli o‘rmonlarga tutashadi.
Janubda yozgiyashil bargli o‘rmonlar O‘rtayer dengizining qattiqbargli o‘rmonlari bilan ajralgan. Janubi-sharqda kontinental cho‘llar bilan chegaralanadi.
Yozgiyashil bargli o‘rmonlarda yog‘ingarchilik yil bo‘yi sodir bo‘ladi. Xazonrezgilik ro‘y berishi uchun etarli darajada yog‘ingarchilik bo‘ladigan 4-6 oy davom etadigan vegetatsiya davri hamda 3-4 oyli sovuq qish zarur. Yildan yilga to‘xtovsiz takrorlanaveradigan qishki sovuqlar o‘simliklarning o‘sishini vaqtincha to‘xtatadi, bu xolat ularda xazonrezgilik bilan ro‘y beradi.
Yog‘ochli bargli o‘simliklarning vegetatsiya davri uchun 120 kundan kam bo‘lmagan vaqt zarur. Yozgi yashil bargli o‘rmonlar tarqalgan mintaqalarda iqlimiy sharoitlar bir xil emas. Evropaning okeanga yaqin hududlarida yoz uzoq va salqin, qishi yumshoq. Bu yerdagi o‘rmonlarda tinim davri ro‘y bermaydi. Markaziy Evropaning ko‘p hududlarida yer ustidagi o‘t o‘simliklar yashil xolda bo‘ladi. Okeandan uzoqlashishi bilan iqlim subokeanga aylanadi. O‘simliklarning qoplami uni xarakterida mahalliy sharoitning xususiyatlari masalan, yonbag‘irlikni xolati, qiyaligi, balandlik mintaqasi bilan birga qishni qahraton va yozni qurg‘oqchiligi ahamiyat kasb etadi.
Yozgiyashil bargli o‘rmonlarning tuproqlari mineral moddalar va chirindiga boyligidan ularning mahsuldorligi ham yuqori. Shu xolat qadimdan o‘rmonlarni ildizi bilan chiqarib yuborib qishloq xo‘jalik ekinlarini ekishga sabab bo‘lgan. Shu boisdan g‘arbiy Evropaning podzol tuproqlarini katta maydonlari yalangliklarga aylangan.

Download 434.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling