Mazkur о’quv uslubiy majmua O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy o`quv dasturi asosida tuzilgan


O‘rta Sibirning oqqayinli o‘rmonlari


Download 434.88 Kb.
bet53/70
Sana19.06.2023
Hajmi434.88 Kb.
#1620390
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   70
Bog'liq
мажмуа усимликлар географияси

O‘rta Sibirning oqqayinli o‘rmonlari
Tayga bilan cho‘l orasida Uraldan to Oltoygacha ensiz ko‘rinishli oqqayinli siyrak o‘rmonlar joylashgan. Uning eng yaxshi ifodalangani Irbit bilan Tyumen va Kolыvan orasida namoyon bo‘lgan. Bu joylarning iqlimi qishda sovuq bo‘lsa ham, kontinental deb hisoblash mumkin. Qisqa va iliq vegetatsiya davri xazonrezgili o‘rmonlarni rivojlanishiga imkon beradi. Yillik yog‘in o‘rtacha 400 mm, yanvarning o‘rtacha harorati -200S, iyulniki +200S ga yaqin.
Bu hududdagi o‘rmonlar ancha siyrak, istisnosiz ravishda oqqayindan iborat. Ulardan shoxlari egilgan oqqayin (Betula pendula), quruq, paxmoq oqqayin (B.pubescens) ancha nam joylarda tarqalgan. Oqqayin o‘sgan joylarda doimo terak (Populus tremula) ham o‘sadi. O‘rmonning chekkasida tol (Salix) turkumining turlari ham uchraydi.
O‘rta Sibirning oqqayinli o‘rmonlarini pastki qavatida Markaziy Evropada tarqalgan o‘simliklar uchraydi. Ular orasida andiz (Inula salicina), platantera (Platanthera bifolia), zo‘rcha (Silena nutans), kupena (Polygonatum officinale), dafna (Daphne mezereum), navruzgul (Primula elatior) ko‘p o‘sadi.
Sharqiy Osiyoning yozgi yashil o‘rmonlari
Sharqiy Osiyoning yozgiyashil o‘rmonlari ham insoniyat madaniyatining qadimgi markazlaridan Yaponiya va Xitoy xalqlarining ta’sirida Evropadagidan ham kuchliroq ta’sirga uchragan.
Manjuriya floristik viloyatining katta hududlarida hozir o‘rmonlar butunlay yo‘q qilib yuborilgan. Ularni o‘rnida hozir “Amur preriyasi” deb ataladigan katta maydonlar mavjud. Muqaddam kedr qarag‘ayidan iborat bo‘lgan o‘rmonlarni ayovsiz kesish natijasida qorabosh shmit (Carex schmiotii) va shu kabi o‘t o‘simliklardan iborat o‘tloqlar hosil bo‘lgan. SHunga qaramay Amur viloyati va Uzoq Sharq o‘lkasida katta maydonlarda xali insonning salbiy ta’siri bo‘lmagan o‘rmonlar saqlanib qolgan.
Rossiyaning Uzoq Sharqida, Koreya, Xitoyning shimoliyada va Yaponiyada Shimoliy Amerikaning o‘rmonlariga xos turlar ko‘p. Bu hududlarda aralash o‘rmonlar ko‘p bo‘lib, ularning tarkibini asosan nibarglilar tashkil qiladi. Bu o‘rmonlarda magnoliya (Magnolia) turkumlarining turlari ayniqsa M.stellata boshqalaridan ko‘p uchraydi. Bundan tashqari tut (Morus), aylant (Ailanthus altissima), tikandaraxt (Gleditschia), gamamelis (Hamamelis), siren (Syringa) hamda past bo‘yli bambuk ko‘p o‘sadi.
Markaziy Evropadagi kabi o‘rmonlarni hosil bo‘lishida eman, qayrag‘och, jo‘ka va grab ko‘p sondagi turlari bilan qatnashadi.
Sharqiy Osiyo o‘rmonlari uchun rutadoshlar oilasidan Amur barxati (Phellodendron amurense), ussuriya noki (Pyrus ussuriensis), lespedeza (Lespedeza), chubutnik (Phyladelphus), aktinidiya (Actinidia), limonnik (Schizandra) turkumlarining turlari, araliyadoshlardan akantopanaks (Acanthoponax sessilifolia), yovvoyi qalampir (Elentherococcus senticosus) xarakterli hisoblanadi. Yovvoyi qalampirni hozir jen-shen o‘rnida ko‘plab ekib o‘stiriladi.
Buta o‘simliklarning florasida Evropada ma’lum bo‘lgan uchqat (Lonicera), ramnus (Rhamnus), normushk (Euonymus), do‘lana (Crataegus) va yovvoyi mevalarning turlari tarqalgan. CHirmashib o‘sadigan poyasi yog‘ochlashib ketgan lomonos (Clematis) turlari, aktinidiya (Actinidia), selastris (Celastris), pierariya (Pyeraria) bilan bir qatorda yapon gigant chirmovig‘i (Cuscuta) kabilar bu o‘rmonlarni o‘tib bo‘lmaydigan xolga keltirgan. Qishning sovug‘i qattiq bo‘lganligidan bu o‘rmonlarda qishda yashilligini saqlaydigan o‘simliklar yo‘q.
O‘t o‘simliklar floristik jihatidan juda boy va yaxshi rivojlangan. Bu hududlarning shimoli va janubdagi iqlim farqlanganligidan o‘t o‘simliklarning turlarini tarkibida katta farqlar bor. Erta bahorda gullaydigan erantusdan (Eranthis stellaria) keyin pufanak (Anemone amurensis) va yozda gullaydigan bir qator o‘simliklar gullaydi.
O‘tloq boshoqdoshlarining orasida baland bo‘yli o‘simliklar ham bor. Gigant o‘t qoplamini bug‘doyiqamish (Calamagrostis langsdorffii). Yaponiyada tarqalgan eng baland miskantus (Miscanthus) va keng yaproqli arundinella (Arundinella anomala) tashkil qiladi. Turli o‘simliklardan iborat bag‘oyat chiroyli gullaydigan o‘tlar o‘tloqlarga go‘zallik bag‘ishlaydi. Bu davrda gemerokalis (Hemarocalis minor), trollis (Trollius ledebauris, T.macropetalis), lixnis (Lychnis filgens), sariq gullari bo‘lgan, qizilpoycha (Hypericum ascyron) va sapsargul (Iris kaempferi) juda chiroyli ko‘rinadi. Daur liliyasining bo‘yi bir yarim (Lilium danuricum) metrlarga boradi. Gullagan davrida b erlarda uchraydigan pedikularis (Pedicularis), filipendula (Filipendula), astra (Astra) turkumlarining turlari ayniqsa chiroyli bo‘ladi.

Download 434.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling