Mazkur о’quv uslubiy majmua O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy o`quv dasturi asosida tuzilgan


Download 434.88 Kb.
bet49/70
Sana19.06.2023
Hajmi434.88 Kb.
#1620390
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   70
Bog'liq
мажмуа усимликлар географияси

Eman-oqqayinli o‘rmonlar. G‘arbiy Evropaning unumsiz, qumli va toshli tuproqlarida eman-oqqayinli o‘rmonlar o‘sadi. Ular Markaziy Evropadagi muzlik ta’sirida bo‘lgan hududlarda tarqalgan.
Bu o‘rmonlarning yuqorigi qavati Quercus robusvaQ.petraea, oqqayin (Betula pendula), tog‘terak (Populus tremula) o‘simliklaridan iborat. Butali qavat itjumrut (Frangula alnus), maymunjonning (Rubus) ko‘plab turlari, g‘arbda ileks (Ilex aquifolium) va uchqatdan (Lonicera periclymenum) iborat. Tuproq usti qavatda avvalo kalluna (Calluna vulgaris), genista (Genista) va sarotamna (Sarothamnus) turkumlarining turlari o‘sadi.
Issiqsevar emanli aralash o‘rmonlar. Markaziy Evropada issiqsevar emanli aralash o‘rmonlar alohida-alohida xolida yozi issiq bo‘ladigan Reyn daryosining yuqori va o‘rta oqimida Mozleda, Nekar va Dunayda, Tyuringida, Saksoniyada, Bogem tog‘larida, Moraviyada, Oder va Visla daryolarining quyi qismida tarqalgan.
Bu o‘rmonlarda ancha shoxlangan emanlar, yovvoyi nok (Pyrus communis), grab oddiy (Carpinus betulus), qayrag‘och (Ulmus campestris), kornus (Cornus sanguinea), olxo‘ri (Prunis spinosa) va zirk (Berberis vulgaris) keng tarqalgan.
Pastki o‘t o‘simliklar qavatida poliganat (Polyganatum officinale), braxipodiy (Brachypodium pinnatum), astragal (Astragalus glycyphyllos) va burchoq (Lathyrus niger) o‘sadi.
O‘rtayer dengiz oldi o‘rmonlari asosan bu hududning janubi va janubi-g‘arbida tarqalgan. Ularning tarkibida janubiy Evropa turlari eman (Quertus pubescens), zarang (Acer monspessulanum), kalina (Viburnum lantana), irga (Amelancher rotundifolia), ligistura (Ligustrum vulgare), chetan (Sorbus torminalis)ko‘p uchraydi.
O‘t o‘simliklar o‘sadigan pastki qavat juda chiroyli gullaydigan litosperm (Litospermum purpureo-coeruleum), melitis (Melittis melissophyllum) va qishda ham yashil turadigan gellibora (Helliborus foetidus) o‘simliklar asosiylarini tashkil qiladi.
Emanli kontinental aralash o‘rmonlar Markaziy Evropada alohida maydonlar xolida uchrab, g‘arbga borgan sari ulardagi qayd etilgan o‘simliklarning turlari ko‘payib boradi. Bu o‘rmonlarni tashkil qilgan daraxt turlarining soni bir muncha kam. Eman va qarag‘ayli joylarda gilos (Cerasus fruticosa), normushk (Euonymus verrocosa), va spireya (Spiraea media) hamda Markaziy Evropada gullamaydigan zarang (Acer tataricum) va irg‘ay (Cotoneaster melanocarpa) tarqalgan. O‘tlar o‘sadigan joyda pufanak (Anemone sylvestris), eshakgul (Potentella alba) va pulmonariya (Pulmonaria angustifolia) xarakterli hisoblanadi.

Download 434.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling