Mazkur о’quv uslubiy majmua O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy o`quv dasturi asosida tuzilgan


Download 434.88 Kb.
bet47/70
Sana19.06.2023
Hajmi434.88 Kb.
#1620390
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   70
Bog'liq
мажмуа усимликлар географияси

Turkumdagi soni

Markaziy Evropadagi soni

Tarqalishi

Buk

Qoraqayin (Fagus)

10

1

Sharqiy Osiyo, Old Osiyo, Shimoliy Amerika.

Dub

Eman (Quericus)

300 dan ko‘p

4

1. Xazonrezlilari: Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo, Shimoliy Amerikaning Atlantik okean qirg‘oqlari.
2. Doimoyashil turlari: 1 dagi kabi, undan tashqari: O‘rtaer dengiz viloyati va Kaliforniya. Eman areali janubda Indoneziya va Ekvadorgacha boradi.

Grab

Grab (Carpinus)

26

1

1. Iliq viloyatlar va mo‘‘tadil iqlimli Sharqiy Osiyo.
2. Shimoliy Amerikaning Atlantik okeani qirg‘oqlari. Meksika.

12 Lipa

Jo‘ka (Tilia)

18

2

1. Sharqiy Osiyoning tropikdan tashqari viloyatlari.
2. Shimoliy Amerikaning janubiy va Atlantik okean qirg‘oqlaridan Meksikagacha.
3. Evropaning janubi-sharqidan Old Osiyogacha.

Klen

Zarang (Acer)

200 dan ko‘p

4

1. Sharqiy Osiyoning tropikdan tashqari viloyatlari. G‘arbiy Xitoy.
2. Shimoliy Amerikaning Tinch va Atlantika okeani qirg‘oqlari. Yevropada 11 tur, Amerikada 16 tur, SHarqiy Osiyoda 16 tur tarqalgan.

Olxa

Qandag‘och (Alnus)

30 ga yaqin

3

1. Shimoliy Amerikaning Atlantika okeani qirg‘oqlari va Markaziy qismida 16 turi tarqalgan.
2. Sharqiy Osiyoda 16 turi tarqalgan.

Bereza

Oqqayin (Betala)

33

4

Sharqiy osiyo, Shimoliy Amerika, Sibirning shimolidagi mo‘‘tadil va salqin iqlimli hududlari.

Terak (Populus)

160 ga yaqin

3

Atlantika va Tinch okeanining shimoliy mo‘tadil iqlimli ayniqsa Sharqiy Osiyo, O‘rtayer dengiz va SHimoliy Amerika.

Qayrag‘och (Ulmus)

16

3

1. Shimoliy Amerikani 1. Atlantik okean qirg‘oqlari.
2. Sharqiy va Markaziy Osiyo.

Pixta

Oqqarag‘ay (Abies)

50 ga yaqin

1

Sharqiy osiyo (16 tur), Atlantik va Tinch okeanlarning Shimoliy Amerika qirg‘oqlari (12 tur), Janubiy Yevropa va Shimoliy Afrika (10 tur).

Tiss

Zarnab (Taxus)

8

1

1. Sharqiy Osiyodan Yunnan bo‘ylab to Gimalaygacha (3 tur).
2. Shimoliy Amerikani Atlantika va Tinch okeani qirg‘oqlari bo‘ylab to Meksikagacha (4 tur).

Qoraqayin dengiz iqlimli mintaqalarga xos bo‘lsa ham, G‘arbiy Evropaning qirg‘oq bo‘yi hududlarida u yo‘q. Bu joylarda qoraqayinli aralash o‘rmonlar ko‘p. Ularning tarkibiga jumladan, padub (Ilex aquifolium), xellebori (Helleboris) va xedera (Hedera helix) ayniqsa ko‘p uchraydi. Bunday o‘rmonlarni tashkil qilgan turlarning tarkibi sharqiy emanli o‘rmonlarning tarkibidan farq qilib, bu o‘rmonlarda doimoyashil o‘simliklar yo‘q.


G‘arbiy va sharqiy o‘rmonlardagi kabi evropaning shimoliy va janubiy o‘rmonlarining tarkibida ham farqlar bor. Janubdagi o‘rmonlarning turlar tarkibi ko‘p emas.
Alp tog‘larining janubiy tomonlari Italiyaning shimoliy qismidagi aralash o‘rmonlar turlarga boy. Bu joyda olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra, Markaziy Evropada allaqachonlar yo‘qolib ketgan ko‘plab daraxt va butalar o‘sadi. Bu hududda avvalo issiq va namsevar o‘simliklar ko‘p. Ulardan ostriya (Ostrya carpinifolia), qatrong‘i (Celtis australus), eman (Quericus), turlari, shumoq (Fraxinus ornus), kashtan (Castanea sativa), skumpiya (Cotinus coggygria) keng tarqalgan. Bolqonda chinor (Platan orientalis) va sohta kashtan (Aesculus hippocastanum) ham uchraydi.
Markaziy Evropa florasining tarkibida bir zamonlar magnoliyalar, rododendron, fikuslar va boshqalar bo‘lgan. Ularning qoldiqlari hozir Ispaniyada Adriatika dengizining qirg‘oq bo‘yida, Gretsiyaning shimolida, asosan Kavkaz tog‘larining g‘arbi va janubrog‘i-Kolxidada uchraydi.

Download 434.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling