Mazkur о’quv uslubiy majmua O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy o`quv dasturi asosida tuzilgan


Kaliforniyaning mamont daraxtli o‘rmonlari


Download 434.88 Kb.
bet43/70
Sana19.06.2023
Hajmi434.88 Kb.
#1620390
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   70
Bog'liq
мажмуа усимликлар географияси

Kaliforniyaning mamont daraxtli o‘rmonlari
Balandligi 100 metrlargacha etadigan zich doimoyashil mamont daraxtlar yoki doimoyashil sekvoya (Sequoia septervirens) suvni yaxshi tutadigan Origonaning tuproqlarida to shimoliy-g‘arbiy Kaliforniyaning balandligi 700 metrlargacha bo‘lgan joylarida tarqalgan. Boshqa daraxtlar xususan Lythocarpus oidendron giganteum bu hududda katta ahamiyat kasb etadi. Butalardan faqat karnus (Carnus natela) va biroz ko‘proq korilus (Corylus cornuta) uchraydi. Doimoyashil mamont daraxt 30 yil ichida bo‘yi 24 metrlarga etadi. Eng kattasining yoshi 500, ayrimlarida xatto 1800 yillargacha ham boradi.
Kurrai zaminimizdagi eng ulug‘vor o‘rmonlardan biri gigant mamont daraxtlaridan tashkil topgan o‘rmonlar hisoblanadi. Bu o‘rmonlar asosan sekvoyadendrondan (Sequoia) iborat o‘rmonlar Kaliforniyaning Serra-Nevada tog‘ tizmasining janubi-g‘arbida joylashgan.
Mamont daraxtning ayrimlarini bo‘yi 85 metrlarga, tanasining asosini diametri 3 metrgacha etadi. Bu daraxtning uncha katta bo‘lmagan 32 areali ma’lum. Ularning maksimal yoshi 3000-5000 yil bo‘lishi kerak deb hisoblaniladi. Sequoiadendron giganteum o‘simligidan tashkil topgan o‘rmonlarni shartli ravishda namli o‘rmonlarga kiritish mumkin. Ularning hozirgi zamondagi areallari quruq va tog‘larning ninabargli o‘rmonlarini orasida turadi.
Janubiy Amerikaning namli o‘rmonlari
Namli o‘rmonlar Chilining katta maydonlarini egallaydi ular asosan mamlakatning janubiy tomonida tuman bilan namlanadigan okean qirg‘oq bo‘yi hududlarida tarqalgan. Janubda Valdiviya viloyatida (42-430 j.sh.kenglik) o‘rmonlar aniq ifodalangan subtropik xarakterga ega. Bu hududda tropik o‘simliklar bilan birga notofagus (Nothofagus) hamda Cunoniaceae tropik oilasidan Weinmannaturkumining o‘simliklari, yorug‘ ko‘p tushadigan maydonlarda bambuklar o‘sadi. Lianalardan poyasi bilakday va gullari oq Hortensia scandensko‘p ko‘zga tashlanadi. Bu erda epifit paparotniklar, orxideyalar va bromeliyalar ham o‘sadi.
Braziliya, Paragvay va Urug‘vayning tog‘li hududlarida soyabonsimon tanali Chili arakuariyasidan iborat landshaft ham diqqatga sazovor.

Download 434.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling