Mazkur о’quv uslubiy majmua O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy o`quv dasturi asosida tuzilgan


A Кап вилояти ва Австралия қаттиқ баргли дарахтлари vstraliya viloyat


Download 434.88 Kb.
bet40/70
Sana19.06.2023
Hajmi434.88 Kb.
#1620390
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   70
Bog'liq
мажмуа усимликлар географияси

A

Кап вилояти ва Австралия қаттиқ баргли дарахтлари
vstraliya viloyat
qattiq bargli o‘simliklari
Qishi yomg‘irli o‘tadigan hududlar Avstraliyada ham bor, u Adeloidadan janubi-g‘arbiy va janubida. Bu hudud juda qadimda ajralganligidan o‘ziga xos flora shakllangan. Uni Kap viloyati florasi bilan restionlar va proteylar orqali yaqinligi ham bor. Bu hududning hamma joylarida daraxtlar avvalo evkalipt (Eucalypts) turkumining turlari keng tarqalgan. Proteylar esa butalardan iborat qavatni tashkil qiladi. Liliyadoshlardan Xanthorrhoeaturkumining o‘simliklari, ochiqurug‘li o‘simliklardan Macrozamia va arqonsimon to‘qilganday ko‘rinishli o‘tsimon daraxtlarda kauzarinlar (Causarinia) keng tarqalgan.
Tuproqlari Kap viloyatidagi kabi nordon, iqlimi o‘xshash. Bu hudud sarhadi bo‘ylab qattiqbargli o‘simliklarning materikni ichki qismidan aniq farqlash qiyin zero, hamma joyda evkaliptlarning turlari keng tarqalgan.
Avstraliyaning qattiqbargli o‘simliklari tarqalgan viloyatning iqlimi O‘rtaer dengiz iqlimiga to‘la mos keladi. Bu hududlar “yarra” o‘rmonlari bilan egallangan, unda bo‘yi 20 metrdan oshmaydigan evkalipt (Eucalyptus marginata) asosini tashkil etgan. Namli janubiy hududlarda aksincha “Karrao‘rmonlari” ning asosiysini bo‘yi 85 metrlargacha etadigan turli bargli evkalipt (Eucalyptus diversicola) tashkil etadi. ancha qurg‘oq “Vanduo‘rmonlari” tarkibida ikki ilmoqli evkalipt (E. redunca) bo‘lib, materikning ichki qismidagi sklerofill jamoalarga tutashadi. Bu o‘rmonlar hozir ayrim joylardagina “qo‘l tegmaganday” saqlanib qolgan xolos.
Bu hududda juda katta maydonlar tashlandiq xolda bo‘lib ular proteydoshlar oilasiga mansub bo‘yi 1 metrdan oshmaydigan o‘simliklar bilan qoplangan, hasharotxo‘r o‘simliklar ham keng tarqalgan.


6-Mazu:Mo`tadil iliq hududlarning namli,lavrli o`rmonlari.
Reja
1.Kanar orollarining lavrli o`rmonlari.
2.Sharqiy Osiyoning lavrli o`rmonlari
3.Shimoliy Amerikaning lavrli o`rmonlari.
4.Kaliforniyaning mamaont daraxtli o`rmonlari.
5.Avstraliya Tasmaniya va Yangi Zellandiyaning namli o`rmonlari.
Qit’alarning sharqiy tomoni tumanli, yozi quruq, yog‘ingarchiligi kam bo‘lib qattiqbargli o‘simliklar jamoasiga namli turli o‘rmonlar tutashadi. Bu hududlarda tropik namli (yomg‘irli) va yozgiyashil bargli o‘rmonlarning oralig‘idagi xolat-o‘rinni egallaydigan o‘rmonlar joylashgan.
Ularning floristik tarkibi juda boy va asosan doimoyashil o‘simliklardan iborat. Bu daraxt va butalarning barglari tropik yomg‘irli o‘rmonlardagidan ancha mayda va ko‘pincha tig‘iz, terisimon bo‘lib lavr yaprog‘ini eslatib unga o‘xshab
kengyaproqli ninabarglilardan araukariyadoshlar (Araucariaceae)va podokarpadoshlar (Podocarpaceae), shimoliy yarimsharda esa taksodiyadoshlar (Taxodiaceae) tarqalgan. Bu yerda l
Нам ўрмонлар ўсимликлари
ianalar va efipitlar, bananlar yo‘q.

Namli va lavrli o‘rmonlarning hammasi sistematikasidan o‘zaro alohidalashgan uchlamchi davrda yoki undan ham ilgari shakllangan qadimgi turlardan iborat. Bunday o‘rmonlar turli floristik olamlarda uchraydi ularning shakllanishi ham turlicha tarzda ro‘y bergan. Ilgarilari lavrli o‘rmonlar bo‘lgan hududlar hozir allaqachonlardan beri yo‘q qilinib madaniy xolga keltirilgan. Osiyoda bunday hududlarda hozir choy (Theasinensis)keng tarqalgan.
Mo‘tadil iliq hududlarning namli va lavrli o‘rmonlari materiklarning yomg‘irga boy sharqiy hududlari hisoblanadi. Shunday tipdagi o‘rmonlar Florida, Avstraliya, Tasmaniya va Yangi Zellandiyada, avvalo Sharqiy Osiyoda bor.
Bunday o‘rmonlarni mavjud bo‘lishi uchun yil davomida havoning namligi yuqori bo‘lishi xatto u suv bug‘lari bilan to‘yingan bo‘lishi lozim. Bundan tashqari qish ham muzlamalarsiz bo‘lishi kerak. Xuddi shu talablarga Qoradengizning sharqiy qirg‘og‘i, janubiy Amerikaning tog‘li okean qirg‘og‘i, Tasmaniya va Yangi Zellandiya javob beradi. Bu hududlarda yog‘ingarchilik ko‘p xollarda qishda ro‘y berib uning miqdori yiliga 2500 mm ga boradi. YOzning ikki oyida yomg‘irlar yog‘maydi.
Materiklarning sharqiy qirg‘og‘i passat va mussonlar ta’siridaligidan bu erlarda yilning iliq davrlarida yog‘in ko‘p yog‘adi. Bunday iqlim Sharqiy Osiyoning katta hududlari (Xitoy, Yaponiya) uchun xos.

Download 434.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling