Mazkur о’quv uslubiy majmua O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy o`quv dasturi asosida tuzilgan


O‘rta yer dengizi viloyati o‘simliklari


Download 434.88 Kb.
bet38/70
Sana19.06.2023
Hajmi434.88 Kb.
#1620390
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   70
Bog'liq
мажмуа усимликлар географияси

O‘rta yer dengizi viloyati o‘simliklari
O‘rtaer dengiz florasi 10 000 turdan ortiq turlardan iborat. Bu Markaziy Evropa florasidan deyarli besh barobar ko‘p degani va u iqlim, joy relfi va tarixi bilan bog‘liq. Bu Evropaning arktik uchlamchi florasiga xos. Seratoniya (Ceratonia siliqua), tok (Vitis vinifera), oleandr (Nerium oleandr), mirt (Myrtus communis), chinor (Platan orientalis), moydaraxt (Olea europaea), iudino daraxt (Cercis siliquastrum), pista (Pistacia lentiscus) va o‘ziga xos ajdar daraxt (Dracena draco) Kanar orollarida tarqalgan. Uchlamchi davrning reliktlari o‘t o‘simliklarning orasida ham bor. Ularga boshqalari bilan birga paparotniklarga qarindosh qadimgi o‘simlikPsilotum nudum Ispaniyaning janubida, Ramonda vaHaberlea turkumlarining turlari Bolqonda va Ispaniyada saqlanib qolgan. Tropiklarga xos gesneriyadoshlar oilasidan kam uchraydigan o‘simlik-tekinxo‘r Cynomorium coccineumham bor.
O‘rtaer dengiz florasida endemlar ham juda ko‘p -38%ni tashkil qiladi. Bunchalik ko‘p bo‘lishi geologiya jihatidan rivojlanishi bilan bog‘liq. Orollar va yarim orollarda shakllangan turlar qarindoshlaridan ming yillar davomida ajralib o‘sgan. Krit orolida endemlar 131 tur, Kiprda -69, Bolqonda -300dan ortiq. Gretsiyadagi Olipmni o‘zida 16 tur endem o‘simlik o‘sadi. O‘rtaer dengiz viloyati o‘simliklar qoplamida murakkabguldoshlarning 3000 dan ortiq turlari, dukkakdoshlarning 2000 ga yaqin, butguldoshlarning 1400 ga yaqin turlari yuzaga kelgan. Boshoqdoshlar, chinniguldoshlar va labguldoshlarning har birini 1000 dan ortiq turlari bor.
O
Ўрта ер денгизи атрофининг дарахтлари
‘rta
yer dengizining xarakterli o‘simliklari bo‘lib, ekib o‘stiriladiganlarni hisobga olmaganda ular unchalik ko‘p emas. Eng muhimlari bo‘lib zaytun (Olea europea), savr (Cupressis sempervirens), piniya (Pinus pinea), lavr (Laurus nobilis), doimoyashil dublar (Quericusturkumining turlari), anjir (Ficus carica), maymunjondaraxt (Arbutus), daraxtsimon erika (Erica arborea) hisoblanadi. Bularning qatoriga madaniylashtirilgan sitruslar-limon, apelsin, mandarinlar juda katta maydonlarda o‘stirilib mahalliy sharoitning ko‘rkini tashkil qiladi.
Bu hududda moydaraxt birinchi o‘rinda ahamiyat tutadigan o‘simlik. Ko‘rinishi xilma-xil sharoitlarga chidamligi hayratomuz. Moydaraxt ekib parvarishlab o‘striladiganlar orasida eng ko‘p umr ko‘radigan umrboqiylardan biri. Masalan, Ierusalim yaqinida o‘sadigani adabiyot ma’lumotlariga ko‘ra 2000 yildan beri hayot ekan.
Boshqa daraxtlar orasida landshaftni belgilashda ahamiyatli Bolqonda keng tarqalganlaridan grek pixtasi (Abies cephalonica), Qur’oni karimda e’tirof etilgan Falastinlik anjir (Ficus sycomorus) archaning turlaridan ladan olinadigan (Juniperus thurifera) keng tarqalgan. Hamma joyda pista (Pistacia lentiscus), oleandr (Nerium oleandr), ninabarglilar, ulardan qoraqarag‘ay (Pinus nigra), ulardanPinus lencodermusva P.peucefaqat Bolqonda uchraydi xolos.
O‘rtayer dengiz viloyat o‘simliklari orasida tosh dub (Quericusilex) turi asosiysini tashkil qiladigan bo‘yi 12 metrgacha etadigan o‘rmonlar; ikkinchisi doimoyashil dub (uni po‘kak dub ham deyiladi-Quericus suber) va bir qator endem turlar, daryolarning vodiylarida sharq chinori (Platan orientalis), avraam daraxti (Vitex agnus-castus), yulg‘un (Tamarixturlari); alepp qarag‘ayli (Pinus halepeensis) o‘rmonlar; piniyali (Pinus pinea) o‘rmonlar katta maydonlarni egallaydi
Fransiya mamlakatining hududida past bo‘yli siyrak tarqalgan butazorlar keng tarqalgan ularni gariga deb atashadi. Floraga boy gariga barq urib o‘smagan butalarga boy, ular orasida qattiqbargli boshoqlilar (Ampilodesmos manritkaltaband (Brachypodium ramosum), ko‘plab terofitlar masalan, zubturum (Plantado psyllium), ko‘plab ladannik va orxideyalar keng tarqalgan. Bu floraning tarkibida xidli labguldoshlar lavanda (Lanvandula stoechas) va rozmarin (Rosmarinus officinalus) yovvoyi lola (Tulipa sylvestris), nargis (Narcissus poeticus), gulsapsar (Irischamaeiris), kalendula (Calendula) va sedana (Nigella) turkumlarining turlari ham ko‘p tarqalgan.Q

ishi yomg‘irli o‘tadigan Kaliforniyada ham qattiq bargli o‘simliklar jamosi shakllangan. Ular okean qirg‘og‘idagi maydonlarni egallagan. Shimolda qattiqbargli dub daraxtli o‘rmonlar janubda chapral deb nomlanadigan butazorlar jamoasi tarqalgan.


Kaliforniya florasi mutaxassislarning fikrlariga ko‘ra muzlik davridan beri katta o‘zgarigshlarga uchramaganligi tufayli u turlarga boy. Maymunjondaraxt (Arbutus) va dub (Quericus) turkumlarining turlari bu hududda ko‘p tarqalgan. Daraxtlar ayniqsa qarag‘ay va archalar qumli va tog‘ qoyalari atroflarida ko‘p uchraydi. Ninasimon bargli sklerofill-chamiz (Adenostoma fasciculatum) ra’nodoshlar oilasidan xarakterli o‘simlik hisoblanadi.
Kaliforniyaning dub daraxtli o‘rmonlari O‘rtayer dengizdagidan turlarga ancha boy. Bu yerda doimoyashil to‘qqiz dub turlaridan tashqari yana bu o‘simlikning to‘rt xazonrezgilari tarqalgan. Kaliforniya kashtani (Aesculus californica), leshina (Caryhis), sersis (Cercis) va klen (masalan, Acer macrophyllum) ham ko‘p uchraydi.

Download 434.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling