Mazkur о’quv uslubiy majmua O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy o`quv dasturi asosida tuzilgan


Download 434.88 Kb.
bet34/70
Sana19.06.2023
Hajmi434.88 Kb.
#1620390
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   70
Bog'liq
мажмуа усимликлар географияси

Shimoliy Amerika preriyalari
Shimoliy Amerika preriy nomi bilan mashhur cho‘l viloyatlarida harorat shimoldan janubga tomon pasayib boradi, yog‘ingarchilik miqdori sharqdan g‘arbga qarab kamayadi. Mana shu omillar bilan preriylarning ko‘p tiplarini mavjudligi belgilanadi.
Shimoliy Amerikaning preriylarida kech gullaydigan tropik va subtropik boshoqdoshlar masalan, chair (Andropogon) va tariq (Panicum) turkumlarining turlari o‘sadi.
Preriyalarning o‘simliklar qoplamida qalin chim hosil qiladigan boshoqdoshlar ustunlik qiladi; sharqda yomg‘ir ko‘p yog‘adigan joyda ular baland bo‘yli, g‘arbda esa pakanaligicha qoladi.
O‘simliklari baland bo‘yli preriylarda, ularni haqiqiy preriya deyishib yiliga o‘rtacha 600-1000 mm yog‘in yog‘adi. Bu preriyalarda tuproq barcha chuqurligi bo‘yicha to erosti suvlarigacha namlikka ega. Bunday sharoitda boshoqdoshlarga mansub o‘simliklarning tuproqlari juda unumdor bo‘lganligidan ular allaqachonlaridan beri haydab ishlov beriladi.
Baland bo‘yli o‘simlikli preriyalar tuprog‘ining namlanganligi va joyning relfiga ko‘ra uch tipga bo‘linadi. Yassitog‘li preriylarda chayir (Andropogon scoparius) barglari 30-40 sm uzunlikka, to‘pgulining bo‘yi 50-100 sm ga etadi.U boshqa boshoqdoshlar: Stipa spartea, Sporobolus heterolepis, Bontelona curtipendula, Agropyron smithiivaKoeleria cristatabilan birga o‘sadi.
P
Марказий Осиёнинг ўтлоқ, шағалли чўллар ўсимликлари
asttekislikli preriyalar suv bilan yana yaxshi ta’minlanganligi tufayli boshoqdoshlarning bo‘yi yana ham baland. CHayir (
Agropyron gerardi) barglarini uzunligi 0,5 dan 1 metrlargacha uzunlikda, to‘pgulining balandligi 1,5-2 m gacha ko‘tariladi. Bu tipdagi preriyda Sorghostrum nutans, Panicum virgatumvaElymus Canadensisham o‘sadi. Sernam quyiliklarda barglari yana ham uzun 2 metrlarga, to‘pgulining balandligi 3 metrga etadigan boshoqdoshlar bor: ular qatorida sho‘rxok tuproqlarni xushlaydigan Spartina pectinatamansub.
Bu mintaqaning iqlimi arid. Bizon o‘t (Buchladactyloides) deb ataladigan egilib o‘sadigan past bo‘yli boshoqdosh va Bontelona gracilis o‘simliklar qoplamini tashkil etishda asosiysini tashkil qiladi. Bu preriyaning o‘simlik turlarini xilma-xilligi unchalik ko‘p emas. Chorva mollarini ko‘p boqilishi natijasida bu joylarda opunsiya (kaktus) ko‘p tarqalgan va o‘tloqni ahamiyati pasaygan.

Download 434.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling