Mazkur о’quv uslubiy majmua O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy o`quv dasturi asosida tuzilgan


Download 434.88 Kb.
bet32/70
Sana19.06.2023
Hajmi434.88 Kb.
#1620390
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   70
Bog'liq
мажмуа усимликлар географияси

Sharqiy Yevropa cho‘llari
Sharqiy Evropada shimoldan janubga yo‘nalgan sari o‘simlik mintaqalari mumtoz tarzda almashinuvi ro‘y beradi. Kiev-Samara-Qozon-Ufa liniyasi bo‘ylab aralash o‘rmonlar mintaqasi joylashadi. Janubdan bu liniya Kishinev-Xarkov-Saratov-Quybishev-Orenburg liniyasiga o‘rmoncho‘l mintaqa yondoshadi. Uni Qoradengizning shimoliy qirg‘oqlarigacha boradigan haqiqiy cho‘l almashtiradi. Va nihoyat janubi-sharqda Volgograd atrofidan Kaspiy dengizigacha sahrolashgan cho‘llar joylashadi.
O‘rmoncho‘l mintaqada gidrolitik jihatidan qulay joylarda ochiq maydonlarda yakka, tabiiy sharoitlarda egilgan tanali daraxtlar o‘sadi. Bu mintaqada eman (Quericus robus) asosiysi bo‘lib, qayrog‘och (Ulmus ruberosa), jo‘ka (Tilia cordata), mum (Fraxinus excelsior), zarang (Acer platanoides, A.tatarica), tog‘terak (Populus tremula), chetan (Sorbus aucuparia), olma (Malus silvestris) ham ko‘p o‘sadi.
B

utalardan korulus (Corylus avellana), normushk (Euonymus verricosa) va olicha (Prunus spinosa) keng tarqalgan. Butalardan pastki, erusti qavatida merkuria (Mercurialis perennis), galium (Galium odoratum), pulmonaria (Pulmonaria obscura), orobus (Orobus vernus), asarium (Asarum europaeum), gunafsha (Viola mirabilis), galebdoron (Galeobdoron luteum), betaga (Festuca gigantea) va boshqalar o‘sadi.


Bu o‘simliklar chirindi qatlami qalin qoratuproqlarda tarqalgan. Bir necha qo‘riqxonalar tashkil etilgan joylarda ular yaxshi o‘smoqda. Boshqa joylar haydalib ekin maydonlariga aylantirilgan. YUqorida qayd etilgan o‘simliklarni yo‘l bo‘ylarida, haydalmay qolgan joylarda ko‘rish mumkin.
Haqiqiy kovulli cho‘l oddiy va janubiy qoratuproqlarda mavujd. CHirindiga boy qatlamni yupqalashuvi bilan unda o‘sayotgan o‘simliklarning turlari, qoplami ham kamayadi. Sharqiy Evropa cho‘llari Ukrainaning janubidagi cho‘lda Askaniya-Nova qo‘riqxonasi Dnepr daryosining quyi oqimidagi Kaxovsk suv ombori yaqinida joylashgan. Bu cho‘l o‘simliklarining qoplamini rus olimi akademik L. S. Berg tavsifi bo‘yicha keltiramiz.
“Mart oyining o‘rtalariga kelib Askaniya-Novada hayot jonlana boshlaydi. Cho‘lning chimli tuproqlarida bahorning birinchi elchisi katta oq gulli droba (Draba verna)paydo bo‘ladi. U bilan bir vaqtda piyozlardan ikkitasi sariq gulli gagea (Gagea pusilla va G. bulbifera)ko‘rinadi. Bu bahorgi efemer o‘simliklar chim oraliqlaridan ko‘zga tashlanadi. Aprelning o‘rtalariga kelib qo‘rg‘irbosh (Poa bulbosa var.vivipara)ko‘kara boshlaydi. Bu o‘simlik chorva mollari ko‘p boqilib toptalgan joylarda ommaviy tarzda o‘sadi. Bu davrda Carex stenophylla ham gulga kiradi. 20 aprelga kelib qizil lolalar Tulipa Schrenkiiko‘payadi. Ba’zan uning guli sariq, qisman-pushti sariq gulli lola (Tulipa bibersteinia)uchraydi. Ayrim hududda bu lola lolazorlarni hosil qiladi. Cho‘l bahorda iris (Iris pulima)ning turli rangdagi gullari bilan bezanadi. Ulardan keyin cho‘l valerianasi (Valeriana tuberosa), ayiqtovon (Ranunculus oxyspermus), qirmizigulli giatsint (Bellevalia sarmatica) va boshqalar gulga kiradi. Cho‘lning boshoqdoshlari keyinroq mayda gullaydi. Ulardan keyin kelariya (Koelaria gracilis), kumerka (Agropyron cristatum) gullab, boshoq tortishga kirishadi. Bu davrga kelib cho‘l yashnaydi. Hududi beadad kovullarning “pat”laridan tashkil topgan bu qo‘riq xuddi juda katta suv kengliklariday shamolda mavjlanadi. Iyun oyining o‘rtalariga kelib kovullarning uzun sochsimon o‘simtalari to‘kila boshlaydi. CHo‘l asta sarg‘ish tusga kiraboradi. Yozning o‘rtalarida tuproqda namlik bo‘lsa stipa (Stipa capillata)mavjlanadi. Iyulning oxiriga kelib cho‘l gullayotgan stipa bilan qoplanadi. Bu kovul odatda katta odamning tizzasigachalikda undan balandroq bo‘lib uning supurgisimon qismlari tik xolga kelganda odam bo‘yi (170-180 sm) balandligacha boradi. Kuzga kelib uni poyasi sarg‘ayadi, urug‘li novdalari to‘kiladi, bir qismi spiral xolda o‘raladi. Kuzda cho‘l yuzasi stipa tik yo‘nalgan poyasidan iborat qismli bo‘lib qoladi. Uning poyalarini orasida qor bir muncha tekis yuzani hosil qiladi”.

Download 434.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling