Mazkur о’quv uslubiy majmua O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy o`quv dasturi asosida tuzilgan


Download 434.88 Kb.
bet33/70
Sana19.06.2023
Hajmi434.88 Kb.
#1620390
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   70
Bog'liq
мажмуа усимликлар географияси

Markaziy Osiyo cho‘llari
Markaziy Osiyo cho‘llari katta xududlilardan hisoblanib Mo‘g‘ilistonning shimoli va markazini egallaydi.
Cho‘llarda yoz quruq va issiq, qish sovuq keladi. Bu xududlarda o‘simliklarning rivoji tuproqda namlik ko‘p bo‘ladigan bahorga to‘g‘ri keladi. Markaziy Osiyoda iqlimni keskin kontinentalligi tufayli o‘simliklardagi tinim davri ancha uzoq sentyabrdan to may oylarigacha davom etadi. Qishki qor qoplami deyarli bo‘lmaydi, yomg‘ir iyun oylaridagina yog‘adi. Shu boisdan bu hududda boshqa cho‘l mintaqasiga xos bo‘lgan bir yillik o‘tlar yo‘q hisobi. Yilning eng issiq davri yog‘ingarchilik bo‘ladigan davrga to‘g‘ri keladi, o‘simliklar yozda rivojlanadi.
Mo‘g‘ilistonning tog‘ o‘rmon cho‘lini shimoliy yonbag‘irliklarida uncha katta bo‘lmagan o‘rmonlar bo‘lib ularda Pinus sylvestris, Larix sibirica, Betula platyphylla, Papilus tremulao‘sadi. Butazorlarda Spiraea turkumining turlari ko‘p uchraydi. Qarag‘ayli o‘rmonlarga Rhododendron dahuricumchiroy bag‘ishlaydi. O‘t o‘simliklardan Pyrola incarnate o‘zining katta guli bilan e’tiborga loyiq. Ancha sernam oqqayinli o‘rmonlarda iyun oyining boshlarida tillarang gulli Trollius asiatica va oq gulli Anemone narcissiflorako‘p tarqalgan. Iyun oyining ohiriga kelib Paeonia anamaliaqizil katta gullarini namoysh qiladi.
Suv rejimi qulay bo‘lgan joylardda o‘simliklarning qoplami rangbarang. Dasiphora parviflora, Rosa acicularis, Cotoncasterbutalari xam uchraydi. Erta bahorda (may oyining o‘rtalari) o‘simliklar qoplamining rivojlanishini Pulsatilla flavescenssariq-yashil tusli shapoloqday gullari bilan boshlab beradi.Mayning ohiridan boshlab tog‘ yonbag‘irliklari Iris ruthonicaturining ko‘k gullari bilan bezanadi. Iyun oyining o‘rtalariga kelib baland bo‘yli Adenophora stenanthina, Delphinium cheilanthum, Geranium ruysehiana, Thalictrum minus, Polemonium coeruleum, Sanguisorba officinalis barq urib rivojlanadi.
Boshoqdoshlarning xissasi bu o‘simliklarning qoplamida 25 % dan oshadi. Bu cho‘llardagi maxsuldorlik 1 ga maydonda 1000-2500 kg, quruq massani tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkich boshoqli cho‘llardagidan (500-100 kg/ga) ko‘p. O‘tloqli cho‘llarda daraxtlar yo‘q.
Shag‘alli cho‘llardagi o‘simliklarning qoplami chiroyli emas. YOzning o‘rtalarida uning ko‘rinishini kulrang-oq gulli ildizmevali labguldoshlar oilasidan Phlomis ruberosa tashkil qiladi. Cho‘llarda Lilium tenuifolium ancha chiroyli gullaydi. O‘tloqli cho‘llar zaharli, achchiq, tikanli, bezlarga boy va tuklar bilan qoplangan o‘simliklar qo‘p tarqalganligi bilan xarakterli.
Chorva mollari kam toptagan joylargaStellaria chamaejasme (Thymelacaceae oilasidan) uchraydi. Chorva mollar ko‘p boqiladigan joylarda achchiq tamli Artemisia frigida, Leontopodium campestre, Oxytropis glandulosa, Gentiana decumbens, Delphinium grandiflorumdominantlik qiladi.
Markaziy Osiyoda istisnosiz kashtan rangli tuproqlarda boshoqli cho‘llar keng tarqalgan. Agar janubdagi ochiq rangli kashtan tuproqlardagi boshoqli cho‘llar o‘tlatib boqiladigan chorva mollari uchun qulay bo‘lgani xolda shimoldagi to‘q-kashtan tuproqli boshoqli cho‘llardan xaydab dexqonchilik qilish uchun qulay emas. O‘simliklarning bunday uyuushmalarida boshoqdoshlar ustunlik qilganidan ular kulrang-yashil tusga ega. Shunisi xarakterligi katta maydonlarda boshoqdoshlarning qaysi bir turi: Stipa krylovii, Koeleria gracieais, Agropyron pectinatum, Anemrolepidium pseudoagropyron, Pao botryoides yokiCarex duriuscula turlaridan bari o‘sadi.
Bu cho‘llarda qorning qalinligi katta emas yoki butunlay yo‘q; shu boisdan qattiq sovuqlar erta tashadi, o‘simliklar vegetatsiyasining oxirida xuddi “yangi muzlatilganday” bo‘lganidan qishda xam chorva mollarini boqish mumkin. May oyining o‘rtalariga borib ayrim o‘t o‘simliklar gullay boshlaydi. Ular orasida sapsar gulli Pulsatilla tuzaninovii, ko‘kgulli Iris tigrida, sariq gulli Potentella acaulis, sutsimon oq gulli Androsace incana, moviy gulliAmblynotus obotusboshqalaridan ko‘p uchraydi.
Yozning boshlarida cho‘l tillarang-sarg‘ish to‘pgulli Thermopsis lanceolateva yaltiroq katta gulli Cymbaria dahuricako‘p o‘sganidan cho‘l shunday rangga kiradi. Yozning o‘rtalarida cho‘lning tashqi ko‘rinishini sariq gulli Galium verum, ko‘k-Veronica incana, oq gulli chinni gul va edelveyslar belgilaydi. Kuzga yaqin Artemisia turkumining o‘simliklari cho‘lga kulrang-yashil rang beradi.
Markaziy Osiyoning tuprog‘i unumsiz o‘rmon cho‘llarini shag‘alli janubiy yonbag‘irliklarida o‘t o‘simliklar va chalabutalar o‘sadi. Boshoqdoshlar kam. Bu cho‘llar Markaziy Osiyoning shimoliy qismini go‘zal ko‘rinadigan o‘smliklar jamoasiga ega. Baxordan to yozning o‘rtasigacha u yoki bu tur o‘simliklar gullab rangbaranglikni hosil qiladi. Bunday almashinuvlar xatto xar xaftada xam amalga oshaveradi. Shunga qaramay shag‘alli cho‘llar o‘simliklarining maxsuldorligi kam: bir yilda 1 ga maydondagi o‘simliklarning quritilgani 100-700 kg atrofida bo‘ladi xolos.
Bahorda shag‘alli cho‘lning florasini tarkibi xilma-xil. Och-sariq gullovchi Oxytropis caespiyosaboshqalaridan soni jihatidan ko‘p uchraydi. Iyun oyining boshlarida Pedicularis rubensva P. flavao‘simliklarining qizil gullari ko‘zga tashlanadi. Iyun oxirlarida Rhaponticum iniflorum, Centaurea monanthoso‘simliklarining katta qizil savatday gullari ko‘payadi. Qoyalar Haplophyllum dahuricum o‘simligining sariq gullari bilan bezanadi. Kuzning oxirlarida shag‘alli cho‘l Filifolium sibiricum, Orostashys sinosao‘simliklarining sariq tikanli gullari bilan yashnaydi. Hammadan keyin Goniolimon speciosumsariq rangli gul hosil qiladi.

Download 434.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling