Mazkur о’quv uslubiy majmua O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy o`quv dasturi asosida tuzilgan


Download 434.88 Kb.
bet31/70
Sana19.06.2023
Hajmi434.88 Kb.
#1620390
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   70
Bog'liq
мажмуа усимликлар географияси

CHO‘L MINTAQASI
Mo‘tadil iqlimli mintaqada cho‘l katta maydonlarni tashkil qiladi. Shimoliy yarimsharning materiklarida uning ko‘p joylashgan joyi janubdan shimolga tomon 35 va 55° shimoliy kengliklarni egallaydi.
Cho‘llarning eng kattasi – yevrosibir cho‘l mintaqasi, u sharqiy yevropadan (Dunay irmoqlari) to sharqiy Osiyogacha (Amur viloyati) boradi.
Tuproq-iqlimiy xususiyatlarining turlichaligiga ko‘rayevrosibir mintaqani sharqiy yevropa, g‘arbiy sibir va markaziy Osiyo cho‘llariga bo‘linadi.
Markaziy Amerikaning o‘rta qismidagi cho‘l preriya deb ataladi.
Janubiy yarimsharda cho‘llar nisbatan kam. Bu xududda mo‘tadil iqlimli cho‘llar oz. Tabiiy o‘simlik qoplami g‘alladoshlardan iborat qoplam asosan Argentinada mavjud. Ularni Pampadeb ataydilar.
Iqlimi va tuproqlari. Qishi sovuq iqlimli cho‘llar arid mintaqasida joylashgan. Cho‘llarda sahro va chalasahrolardagi kabi bug‘lanishning miqdori yog‘indan ko‘p.
Cho‘llar uchun yozning issiq bo‘lishi, qishning sovuqligi xos. Qishgi va yozgi xaroratdagi farqlarning kattaligi cho‘l o‘simliklarining ekologiyasi uchun katta ta’sir ko‘rsatadi. O‘rtacha yillik yog‘in 300-450 mm. Cho‘l uchun qishdagi qorning qalinligi muxim bo‘lib, shimolda u 20-40 sm ga etib ayrim cho‘l mintaqalarida 80-140 kun mobaynida turadi. Baxorda erib o‘simliklarni rivoji uchun asosiy namlik manbai bo‘lib hisoblanadi. Qish qorsiz kelganda o‘simliklarning rivoji past bo‘ladi.
Cho‘llar odatda tekisliklardaligi tufayli bu xududlarda bo‘ronlar ko‘p bo‘ladi. Yozda u bir necha kunlar davom etadi. Uning issiq quruq xavosi tuproqdagi oxirgi namgacha olib ketadi.
Cho‘llardagi tuproq hosil qiluvchisi asosan soz tuproq. U faqat yupqa bo‘lmay ko‘p metrli qoplamli xam bo‘ladi.
Iqlim va o‘simliklar qoplamining ta’sirida soz tuproqdan cho‘llardagi asosiy tuproq tiplari qoratuproqlar va kashtan tuproqlar yuzaga kelgan. Qoratuproqlarni hosil bo‘lishi uchun o‘t o‘simliklar qoplamli yarim arid iqlim zarur. Qoratuproqlarda ikki qavat: yuqorigi (A gorizont) chirindini miqdori 4-10 % ga etadigan va chirindisiz pastki S gorizontdan iborat. Qoratuproqlar donadorli, oziq moddalarga boyligi tufayli mikroorganizmlarning turlari ko‘p bo‘ladi. Bu joylarda o‘sadigan boshoqdoshlarning yaxshi rivojlangan ildizlari quriganidan keyin chirindiga aylanadi.
Janubga tomon arid iqlim ta’sirida qora tuproqlar kashtan rangli bilan almashadi. To‘q-kashtan tuproqlarning yuzasidagi chirindi 3-6 %dan iborat. Chirindisi yo‘q karbonat qavat 50-70 sm dan boshlanadi. Kashtan tuproqlar qo‘ng‘ir tuproqlar bilan almashadi.
Cho‘l mintaqasida qoratuproqlar va kashtan ranglilar bilan bir qatorda, ayniqsa bug‘lanish jadal sodir bo‘ladigan joylarda tuproqda tuzlar uni sho‘rlanishiga sabab bo‘ladi.

Download 434.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling