Mazkur о’quv uslubiy majmua O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy o`quv dasturi asosida tuzilgan


Chili viloyat qattiqbargli o‘simliklari


Download 434.88 Kb.
bet39/70
Sana19.06.2023
Hajmi434.88 Kb.
#1620390
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   70
Bog'liq
мажмуа усимликлар географияси

Chili viloyat qattiqbargli o‘simliklari
Chilining qattiqbargli sklerofill o‘simliklarining jamoasi shimoliy yarimshardagi shunday jamoalardan farqlanadi. Ekinlar landshafti O‘rtayer dengiz atrofi landshafti bilan o‘xshash. Bu yerlarda ham ispan istilochilari keltirgan ekinlar ekiladi.
Chili viloyatida hozir katta maydonlarda o‘tloqlar ko‘p, ularda soyasi siyrak akatsiya (Acacia caven) o‘sadi. Qurg‘oq sharoitli o‘rmonlarida litrea (Lithraea caustica), sumaxdoshlar (Anacandiaceae) oilasi o‘simliklari; ra’nodoshlardan sovundaraxt (Quillaja saponaria), Monimiaceae oilasidan urug‘lari iste’mol qilinadigan penmus boldo (Penmus boldus), lavrdoshlar oilasining vakillariCrytocarya rubra vaBeilschmeidia miersii ko‘p uchraydi.
Butalarning ko‘pchiligi murakkabguldoshlar, toshyorardoshlar, sutlamadoshlar, bereskletdoshlar hamda Flacourticeae oilasining tropiklardagi vakillariga mansub. Valparasmo shahrining yaqinida Chilida yagona endem fil palmasi (Jubaea spectabilis) o‘sadi.Erica, rutavamirtaturkumlariningo‘simliklaribuhududdayo‘q. Puya turkumining o‘simliklari ko‘p tarqalgan.
Chilida sklerofill o‘simliklarning jamoalari tog‘larning 1400 m balandliklarigacha ham ko‘tarilib boradi. Eng yuqorilarida uning tarkibida janubiy Amerika, Alpning shag‘alli joylarida tarqalganturlar bor. Ulardan nastursiya (Tropaeolum)va kalseolyariya (Calceolaria) Evropada bog‘ sharoiti va xonada o‘stirishadi. Tog‘larda sarvqomat avstrotsedr (Austrocedrus chilensis) bag‘oyat chiroyli ko‘rinishni hosil qiladi.
Kap viloyat o‘simliklari
Janubiy Afrikaning eng quyi qismidagi qishi yomg‘irli o‘tadigan, uncha katta bo‘lmagan hududni egallagan Kap viloyati o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Kap floristik olami florasi jihatidan juda ham xilma xil. Ma’lumotlarga ko‘ra uchlamchi davrdayoq bu erda lavrli o‘rmonlar bo‘lgan, ular iqlim o‘zgarishi, qurg‘oqchilik ta’sirida yo‘qolgan, o‘rniga terisimon, qattiq barglilar kelgan. Ularni orasida jadal rivojlangan turlari bor. Masalan, Erica turkumining turlari 600 dan ko‘proq, istoddoshlar oilasidan Muraetiaturkumi-115, ra’nodoshlardan Cliffortia turkumi-118 turdan iborat.
Kap viloyati florasining o‘ziga xos tomoni faqat uni hududidagina tarqalganlari ko‘p turni tashkil qiladi. Shundaylar qatoriga Restionaceae, Protoaceae oilalari 400 dan ortiq turlarga ega. Ular orasida Protea turkumining turlari ayniqsa ko‘p.
K
Калифорния ва Чили қаттиқбаргли дарахтлари
ap viloyatida bo‘yi 4 metrlargacha etadigan butalar ularni orasida balandligi 15 metrlar atrofidagi daraxtlar bor. Bunday joylarni
finbosh deb atashadi. O‘tkir xidli ninasimon bargli rutadoshlardanBorosmia, Agathosma, Phyeica, Ornithogalumturkumlarining turlari bilan birga kap orxideyasi (Disa) ham keng tarqalgan.
Kap viloyati ma’lum va mashhur manzarali o‘simliklar: pelargoniya (Pelargonia), sparmanniya (Sparmannia africana),Amarillus vaClivia turkumlarining turlarini vatani hisoblanadi.

Download 434.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling