Mazkur о’quv uslubiy majmua O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy o`quv dasturi asosida tuzilgan


Sklerofilli jamoalarning tarqalishi


Download 434.88 Kb.
bet37/70
Sana19.06.2023
Hajmi434.88 Kb.
#1620390
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   70
Bog'liq
мажмуа усимликлар географияси

Sklerofilli jamoalarning tarqalishi. Bunday jamoalar yozi issiq, qishi qattiq sovuq bo‘lmagan hududlarda tarqalgan. Etalon sifatida O‘rtaer dengizi atroflarining hududlarini olinadi. O‘rtaer dengizi atroflarida yog‘ingarchilikning miqdori g‘arbdan sharqqa tomon kamayib borishi bilan sklerofill o‘simliklarning jamoalari turli joylarda har xil fitotsenozlar bilan tutashadi. G‘arbda (Atlantik orollarda) lavrli o‘rmonlar, sharqda (Kichik Osiyoda) quruq iqlimli cho‘llardagi Anataliy Yassitog‘ligi bilan tutashadi.
O‘rtayer dengizining janubiy hududlarida yog‘ingarchilik kamligi tufayli shimolda (Evropada) o‘simliklar jamoasi yozgi yashilbargli o‘rmonlar, janubda (Afrikada) esa sahrolar bilan tutashadi.
Kap viloyatida sklerofill jamoali o‘simliklarning qoplami janubi-g‘arbning quyi qismi, shimolda ular Karru sahrosigacha o‘tadi. SHarqda esa mo‘‘tadil iliq nam doimoyashil o‘rmonlar bilan tutashadi.
Shimoliy Amerikaning Tinch okeani bilan tutashadigan hududlarida u ayniqsa Kaliforniya qirg‘oqlarida Vankuver va Quyi Kaliforniyada yaqqol namoyon bo‘lgan. Sklerofillarning ajralib qolgan tarzda tarqalgani Arizona tog‘larida ham bor.
Sklerofillarning Kaliforniya viloyatidagiga mos keladigan o‘simliklar jamoasi 31 va 370 janubiy kenglikdagi Chilida ham bor. Uni Janubiy Amerikaning sharqiy qismidan And tog‘lari ajratib turadi. Deyarli 4300 km ga cho‘zilgan Chili mintaqasidagi sklerofilli o‘simliklar jamoasi shimolda tikanli butalar va sukkulentli sahrolar, janubda esa o‘rtacha iliq o‘rmonlar bilan tutashadi.
Avstraliyaning janubi-sharqiy va janubi-g‘arbiy hududlarida taxminan shu kengliklarda Kap viloyatidagi kabi qattiq bargli o‘simliklarning jamoalari bor. Ular bilan materikning ichki qurg‘oq viloyatlarini o‘simliklar qoplami bilan keskin chegaralar yo‘q.
Iqlimi va tuproqlari. O‘rtaer dengizi viloyatining barcha hududlarida qishda yog‘adigan yog‘in miqdori uning chegarasini relefi bilan ya’ni, u tog‘li yoki tekislikli shu bilan bog‘liq. Tog‘ tizmalarining yaqinlarida yog‘ingarchilik ko‘p bo‘ladi, ko‘p xollarda tuproq eroziyasiga sabab bo‘ladigan sel ham keladi. SHamoldan tog‘lar bilan ximoyalangan hududlarda ancha quruq bo‘lishi mumkin. Ulardan bittasi Evropaning eng quruq joyi Ispaniyaning janubida joylashgan. Qishda o‘rtacha oylik harorat 6,70S, bahorda -13,40S, yozda -22,60S va kuzda -15,20S. O‘rtacha yillik yog‘in miqdori 1150 dan 451 mmgacha, yozda xecham yomg‘ir yog‘masligi ham mumkin.
Shunday qilib, bu erda yilning turli davrlarida o‘simliklar issiq va namlik bilan bir xil ta’minlangan emas. Iqlim o‘simlik qoplamining rivojlanishini belgilaydi. O‘simliklar dekabrdan fevralgacha gullaydi, gullashning asosiy vaqti aprelga to‘g‘ri keladi, may oyida esa ko‘pchilik o‘simliklar gullab bo‘lgan bo‘ladi, yozgi qurg‘oqchilik davri sentyabr oyigacha davom etadi.
Qishda yomg‘ir yog‘adigan hududlarga sariq tuproq va qizil tuproqlar xarakterli. Bu ularda 10%gacha etadigan temir oksidi, gidroksidlari bilan bog‘liq. Haydab ishlov beriladigan hududlarda tuproqni yuqorigi qavati haydalganda qizil rang yaxshi bilinib turadi.

Download 434.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling