Mazkur о’quv uslubiy majmua O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy o`quv dasturi asosida tuzilgan


Download 434.88 Kb.
bet35/70
Sana19.06.2023
Hajmi434.88 Kb.
#1620390
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   70
Bog'liq
мажмуа усимликлар географияси

Janubiy Amerika pampasi
Cho‘llarning katta to‘rtinchisi Janubiy Amerikaning pampasi Argentinaning sharqiy qismini 0,5 mln km2 maydonini egallaydi. Bu hududga shimol va g‘arbdan savannalar, sharqda daraxtli chalacho‘l o‘raydi. Shimoliy yarimshardagi preriya va cho‘llardan farqlanib pampada qish sovuq emas. Faqat qish oylarining ayrim vaqtlari sovuq bo‘ladi xolos. SHu tufayli yillik yog‘in miqdori 500-1000 mm miqdorida bo‘ladi. Haqiqiy preriyalar kabi pampada ham daraxtlar yo‘q. Daraxtlar o‘sishida qurg‘oqchilikni takrorlanib turishi ular uchun qulay emas. Bundan tashqari tig‘iz soz tuproq ham daraxtlarni o‘sib rivojlanish imkoniyatini cheklaydi. Daraxtlar pampada daryo atroflarida, yonbag‘irliklarning pastida bor.
Tekisliklardagi pampada kichkina ko‘llar suvi oqib chiqmaydigan ba’zan yozda qurib qoladigan ko‘lchalar ham bor. Ular biroz sho‘rligidan soda to‘planishi ham ro‘y beradi.
Hozirgi kundagi pampa qishloq xo‘jaligi, dehqonchiligi rivojlangan aholi tig‘iz joylashgan hudud. Shu boisdan tabiiy o‘simliklar qoplami ba’zi joylardagina saqlanib qolgan xolos. Sharqiy Evropaning Shimoliy Amerika cho‘llaridagi kabi qo‘riqxonalar bu erlarda yo‘q.
Janubiy yarimsharning bahorgi oylari sentyabr-oktyabr oylarida pampaning o‘simliklar qoplamini rivojlanishi boshoqlilar, bir yillik va ko‘p yillik o‘tlar hamda erosti qismi tufayli qishning noqulay omillaridan eson-omon chiqqanlarida yangi barglar paydo bo‘ladi. Ularning qatorida asosan liliyalar va irislarning vakillari ko‘p bo‘ladi. Noyabr-dekabr oylarida o‘simliklar qoplamining tashqi ko‘rinishi maksimal darajaga etadi. Ularning tarkibini asosan kovullar tashkil qiladi. Yozning saratonida (yanvar-fevral oylari) ma’lum darajada tinim ro‘y beradi, barglar sarg‘aya boshlaydi. Martga kelib esa o‘simliklar qoplamiga yana “jon kiradi”. Kech gullaydigan o‘simliklar rivojlana boshlaydi, shu bilan qishki davrga asta o‘tish boshlanadi.
Janubiy pampa uchun avvalo butali yoki qalin chim hosil qiladigan (tussok tipidagi o‘tlar) boshoqlilar xos. Bunday o‘simliklar janubiy yarimsharning qishi qattiq sovuq bo‘lmaydigan joylarida keng tarqalgan. Hozir pampaning janubini ko‘p joylari haydab ekin maydonlariga aylantirilgan, bu yerlarda donli ekinlar va chorva hayvonlari yemaydigan o‘tlar ko‘p o‘sadi.

Download 434.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling