Mazkur о’quv uslubiy majmua O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy o`quv dasturi asosida tuzilgan


Avstraliya, TasmaniyavaYangi Zellandiyaning namli o‘rmonlari


Download 434.88 Kb.
bet44/70
Sana19.06.2023
Hajmi434.88 Kb.
#1620390
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   70
Bog'liq
мажмуа усимликлар географияси

Avstraliya, TasmaniyavaYangi Zellandiyaning namli o‘rmonlari
Avstraliyaning sharqida okean qirg‘og‘i bo‘ylab YAngi Janubiy Uels bo‘ylab namli o‘rmonlar cho‘zilgan. Viktoriya shtatining janubida notofagus (Nothofagus cunninghamii) va daraxtsimon paparotnik (Dicksonia antarctica) tufayli mo‘‘tadil iliq o‘rmonlar o‘sadi. Evkaliptlarning har xil turlari ham uchraydi. Tasmaniyada namli o‘rmonlarning florasi boyroq.
Yangi Zellandiyada evkalipt yoki tikandaraxtlarning endem turlari yo‘q. Ninabargli va kengbargli turlari bilan bir qatorda ularga qarindosh dakridium (Dacrydium) turlari, shimoliy hududlarda lavrdoshlar oilasidan Beilschmiediava araliyadoshlardan Acanthoponaxhamda agatis (Agathis) turkumining turlari keng tarqalgan.
Daraxtlarning tanasini pastida qichitqidoshlar (Urticaceae) oilasining turkumlarini vakillaridan tashqari daraxtsimon paparotniklar, paparotniklarning asli, plaunlar (Lycopodium) va moxlar o‘sadi.


7-Mavzu: Yozgiyashil bargli o‘rmonlar mintaqasi.
Reja.

  1. Yevropaning yozgiyashil bargli o‘rmonlari

  2. Qoraqayinli o‘rmonlar.

  3. Eman-grabli o‘rmonlar

  4. Issiqsevar emanli aralash o‘rmonlar.

5.Yozgiyashil bargli o‘rmonlarning botqoq mintaqa o‘simliklari
6.Sharqiy Osiyoning yozgi yashil o‘rmonlari
Yozgiyashil bargli o‘rmonlar boreal ninabargli o‘rmonlardan farqlanib shimoliy yarimsharning hamma qismini qoplamaydi. Bu o‘rmonlar mo‘‘tadil sovuq dengiz (okean) iqlimli joylarda tarqalgan. Bu hududlar qadimlardan odamlarning ta’siriga uchragan. Aynan shu joylarda sanoati rivojlangan mamlakatlarhamda aholisi zich bo‘lgan davlatlar joylashgan. Shu boisdan o‘rta asrlardanoq juda katta maydonlardagi daraxtlar kesilib haydab ishlov beriladigan erlarga, chorva mollari boqiladigan o‘tloqlarga aylantirilgan.
Mavjud o‘rmonlardagi daraxtlarning balandliklariga ko‘ra bir-ikki daraxtli qavat, butalar qavati va turlicha kattalikdagi o‘t o‘simliklardan iborat quyi qavat mavjud.
Bahorda daraxtlarda barglar paydo bo‘lguncha piyozboshli tuganakli (geofit) gullayotgan o‘simliklarni ko‘rish mumkin. Moxlar daraxtlardan qolgan to‘ngaklarda ko‘p o‘sadi.
Keng bargli o‘rmonlar mahalliy sharoitning suv rejimini nazorat etishda asosiy ahamiyat kasb etadi. Daraxt tanasida barg paydo bo‘layotgan davrda yog‘ayotgan yog‘inning faqat 10% dan ko‘prog‘ini tutib qoladi xolos. Adirlar bilan chegaradosh hududlardagi yozgiyashil bargli o‘rmonlar yoqqan yog‘inning amaldagi hammasini, Markaziy Evropada esa uning 50-60 foizini shimib oladi. O‘rmonlar ayovsiz kesilgan joylarda buzg‘unchiliklarga sabab bo‘ladigan sel kelishi ro‘y beradi.

Download 434.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling