Mazkur о’quv uslubiy majmua O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy o`quv dasturi asosida tuzilgan


Download 434.88 Kb.
bet52/70
Sana19.06.2023
Hajmi434.88 Kb.
#1620390
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   70
Bog'liq
мажмуа усимликлар географияси

O‘tloqlarvayaylovlar. Markaziy Evropada qadimdan chorva mollari boqilib kelinganligi tufayli yaylovlar ancha ilgari paydo bo‘lgan bo‘lsa, o‘tloqlar keyin yuzaga kelgan.
Sernam o‘tloqlar oqmaydigan suv xavzalarining qirg‘oqlarida mavjud, ularning asosiy qismi qamish va qorabosh turkumlarining turlaridan iborat. Eman-oqqayinli o‘rmonlarning o‘rnidagi o‘tloqzorlar jadal ravishda foydalanishi hisobiga qo‘ng‘irbosh (Poa) turkumining turlari gazako‘t (Gentiana pneumonanthe) hamda sapsargul (Iris sibirica), gladish (Laserpitum prutenicum) ko‘p o‘sadi. CHorva mollari yaxshi o‘tlaydigan yerlarda paxtatikan (Cirsium oletaceum) dominantlik qiladi. Zax joylarda orxidlardan ko‘p uchraydi.
O‘tloqlarda chorva mollarini ko‘p boqish natijasida ularning mahsuldorligi tobora kamayib, u erlarda hayvon iste’mol qilmaydiganlari ko‘payib bormoqda. Bunday joylarda poligala (Polygala vulgaris), antenariya (Antennaria dioica) Botrychim turkumining turlari, gazako‘t (Gentiana campestris), orxidlardan koeloglossim (Coeloglossum viride), va solablar (Orchis morio va O.ustulata) ko‘p o‘sadi.
Yozgi yashil bargli o‘rmonlarning botqoq mintaqa o‘simliklari
Yozgiyashil bargli o‘rmonlarning botqoq mintaqasi botqoqlar tabiiy va tabiiyga yaqin o‘simliklar jamoalaridan hisoblanadi. Botqoqlarni yuzaga kelishi va oziq moddalarga ko‘ra ularning tiplari ko‘p. Yassilik, chuqurlikdagi va o‘tish botqoqlari namlikni sizot suvlardan va oqim suvlaridan oladi.
Yassilik botqoqlari cho‘kindilar bilan to‘lishi tufayli yuzaga keladi. Ularning o‘simliklar qoplami baland bo‘yli, Carex turkumining o‘simliklari hamda shunga yaqinlardan tashkil topadi. Yassiliklardagi botqoqlarning ko‘pchiligi hozir qurigan, ularni o‘rnida boshqa turkumlarning o‘simliklari o‘sadi.
Chuqurlikdagi botqoqlar Markaziy Evropadagi daryolarning quyi qismida uchraydi. Bunday botqoqlarda Carex turkumining past bo‘yli turlari va moxlar ko‘p o‘sadi. Gulli o‘simliklardan jiryank (Pingnicula vulgaris), qoraboshlar (Carex flava vaC.davialliana), eriforum (Eriophorum latifolium), epipat (Epipatus pahistris) tarqalgan.
Chuqurliklardagi botqoqlarni aniq maqsadlar bilan o‘tloqlar va yaylovlarga aylantirilgan. Hozirgi kunda bunday tipdagi botqoqlar kam qolganligidan ximoyalanishi zarur bo‘lgan hududlar bo‘lib hisoblanadi.joylarda ayniqBu moxlarning havosiz sharoitdagi qismi tarfga aylanadi. Bu moxlar o‘sayotgan joyini nordonlashtirib boshqa o‘simliklarni o‘sishiga sharoit hosil qilmaydi. Bunday botqoqlarning o‘rtasi eskisi hamda chuqur bo‘ladi.
Yevropaning Atlantika okeani qirg‘oqlaridagi botqoqlarning chekkasi bo‘ylab ko‘pincha oqqayinlar (Betula pubescena, B.pendula), qarag‘ay (Pinus sylvestris) o‘sadi. Markaziy Evropaning g‘arbiy qismidagi Garsi, Tyurangen o‘rmonlari va O‘rtagerman tog‘laridagi botqoqlarda qarag‘aylar ham o‘sadi.

Download 434.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling