Mazkur о’quv uslubiy majmua O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy o`quv dasturi asosida tuzilgan


Download 434.88 Kb.
bet50/70
Sana19.06.2023
Hajmi434.88 Kb.
#1620390
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   70
Bog'liq
мажмуа усимликлар географияси

Qandog‘och-shumtolli o‘rmonlar.Daryo va daryochalarning qirg‘oqlarida tarqalgan eman-qayrag‘ochli o‘rmonlar tog‘li hududlarga borganda qandog‘och-shumtolli bilan almashadi. Kvars tog‘ jinsli tog‘larda asosan qandog‘ochning turlari keng tarqalgan. Bu joylar uchun tog‘larga xos o‘simliklar masalan, buten (Chaerophyllum hirsutum) va akonit (Aconitum variegatum) xarakterli. Agar o‘rmonlar pastroqda joylashgan bo‘lsa, allyuvial tuproqlarga xos stellariya (Stellaria nemorium) va strausnik (Matteuccia struthiopteris) ko‘p o‘sadi. Kulrang qandog‘ochli o‘rmonlarda odatda kulrang shumtol (Salix elegans), petasi turlaridanPetasites hibridus va P.albus, Carduns personata ko‘p uchraydi.
Daryo qirg‘oqlari va buloqlarning atroflarida, oziq moddalar tuproqda ko‘p bo‘lgan joylarda shumtolli o‘rmonlar mavjud. Bu o‘rmonlarda iloq (Carex remota) va stellariya (Stellaria alsine), xrizosplen (Chrysosplenium) boshqalaridan keng tarqalgan.
Botqoqliklardagi qandog‘ochli va oqqayinli o‘rmonlar. Botqoqliklardagi o‘rmonlar deyarli istisnosiz qandog‘ochning turlaridan iborat. Ular sizot suvi yaqin, oziq moddalari ko‘p bo‘lmagan, juda sernam joylarda o‘sadi. Qandog‘ochli o‘rmonlar oziq moddalarga boy suv xavzalarini o‘simliklar bilan qoplanishiga o‘tishi, almashinishi uchun oraliq zveno bo‘lib hisoblanadi. Bu o‘rmonlarning daraxtli qavati istisnosiz qandog‘ochdan (Alnus glutinosa) iborat. Ularni ostidagi past bo‘yli daraxtlar va butalardan iborat qismda frangula (Frangula alnus), qora smorodina (Ribus nigrum) va ko‘proq oqqayin (Betula pubescens) tarqalgan. O‘tlar qavati faqat namsevar o‘simliklar ituzum (Solanum dulcamara), nozik yaproqli botqoq drioterisi (Dryopteris thelypteris), va ro‘vak (Calamagrostis canescens) kabi o‘simliklardan iborat.
Zax o‘rmonlarda suv xavzalarini o‘simliklar bilan qoplanib ketishiga olib keladigan iloq (Carex acutiformis), sapsargul (Iris psendocorus) va gorichnikdan (Pencedanus paeustre) iborat. Shimoliy-sharqiy hududlarda gunafshalar (Viola epipsilavaV.uliginosa) ham tarqalgan.
Tuproqdagi oziq moddalari kam bo‘lgan joylarda oqqayinli botqoqliklar mavjud. Bunday o‘rmonlarning tuproq usti qavatida botqoqni o‘t o‘simlik bilan qoplanishiga olib keladigan torf moxi (Sphagnum recurvum), eriforumlar (Eriphorum vaginatumvaE.polystachyn) va vassinum (Vaccinium uliginosom) o‘sadi.

Download 434.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling