Mazkur о’quv uslubiy majmua O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy o`quv dasturi asosida tuzilgan


Yozgi yashil bargli o‘rmonlardan keyingi o‘simliklarning jamoalari


Download 434.88 Kb.
bet51/70
Sana19.06.2023
Hajmi434.88 Kb.
#1620390
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   70
Bog'liq
мажмуа усимликлар географияси

Yozgi yashil bargli o‘rmonlardan keyingi o‘simliklarning jamoalari
Markaziy Yevropaning katta maydonlarini o‘simliklar qoplami asl fitotsenozlar bilan qoplangan. Bu jarayon ko‘p asrlar davomida kishilarni tabiiy muhitga ta’siri tufayli yuzaga kelgan. O‘rmonsiz, faqat o‘tlar bilan qoplangan maydonlar aynan shunday o‘simliklar jamoalaridan iborat.
Quruq va mo‘tadil quruq o‘tloqlar shunday jamoalardan biri. Bunday jamoalar yuzlab yillar davomida odamlarni bunday hududlarda qo‘y boqishi tufayli yuzaga kelgan.
O‘rtayer dengizoldi quruq va mo‘tadil quruq issiqsevar, sovuqqa yo‘q va florasining tarkibi juda boy o‘simliklarning jamoalari tuprog‘i o‘rtacha unumdorli joylarda tarqalgan. Bunday o‘tloqzorlarda taroqbosh (Bromur erectus), ko‘kgulli marmarak (Salvia pratensis), tekinxo‘r-chirmoviq (Orobancha), pulsatilla (Pulsatilla vulgaris), globulariya (Globularia) tarqalgan.
Mo‘tadil quruq o‘tloqzorlarda taroqboshlar bilan birga O‘rtaer dengizoldida keng tarqalganlarning orasida orxidlar ham o‘sadi. Bu joylar ularning shimoliy chegaralari bo‘lib, qishning sovug‘ida ko‘pchiligi qurib qoladi. Ular orasida orfis (Orphys), gimantoglossum (Hymantoglossum hircinum), solab (Orchis) turkumidanO.purpurea, O.militarisvaO.tridentata) keng tarqalgan. Janubiy-g‘arbdagina O.simiao‘sadi.
Kontinental quruq yoki cho‘llashgan o‘tloqlar Markaziy Evropagacha boradi. Bu issiqsevar sovuq, quruq qishga chidamli o‘simliklarning jamoalari unumdor qora tuproqlarda tarqalgan.
Bu jamoalar uchun juda chiroyli ko‘rinishli kovullar (Stipa joannis, S.stenophyllava boshqalar), sariq gulli g‘ozpanja (Potentella arenaria), galatella (Galatella linosyris), sigirquyruq (Verbascum phoeniceum) xos. Soyabonguldoshlar oilasidan ko‘kgul (Eryngium compestre) qurigan sharsimon tanasini shamol yumalatib ketishidan ruslar “perekatipole” deb atashadigani ko‘p o‘sadi.
Bahorda bu quruq o‘tloqlar gulizardakning (Adonis vernalis) va pulsatillaning (Pulsatilla pratensis) gullari bilan bezanadi.
Quruq o‘tloqlarda tarqalgan ko‘pchilik o‘t o‘simliklarning ildizlari ancha chuqurga kirib boradi. Masalan, astragalning (Astragalus exscapus) va seseli (Seseli hippomarathrum) ildizlari bir yarim metr chuqurliklargacha boradi. Bir yillik o‘simliklarning hammasi yozni boshlariga kelib quriydi, qurg‘oqchilik davrida ularning urug‘lari qoladi xolos.

Download 434.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling