Mazkur о’quv uslubiy majmua O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy o`quv dasturi asosida tuzilgan


Download 434.88 Kb.
bet54/70
Sana19.06.2023
Hajmi434.88 Kb.
#1620390
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   70
Bog'liq
мажмуа усимликлар географияси

O‘rmonlarning tiplari. Mo‘g‘il emani (Quercus mongolica), daur tilog‘ochi (Larix dahurica), oqqayinning Betula platyphyllava B.dahurica turlaridantashkil topgan o‘rmonlarni Blagoveshensk yaqinida baykalorti ninabargli o‘rmonlar almashtiradi. Bu o‘rmonlarni buta qavatida Manjuriyaga xos turlar, xususan o‘rmon yong‘og‘i (Corylus heterophylla) uchraydi.
Eman-tilog‘ochli aralash o‘rmonlar sharqqa borgan sari Blagoveshenskdan yakka emanli o‘rmonlarga aylanadi. Ularni orasida mo‘g‘il emani boshqa daraxtlarsiz kichik Xingandan to Koreyagacha boradi. Bunday o‘rmonlarning tagida pastki qavatda pion (Paeonia aebiflora), astilbe (Astilbe), veratrum (Veratrum), gemerokalis (Hemerocalis) turkumlarining turlari hamda, pushti gullaydigan daur rododendroni (Rhododendron dahuricum) chiroyli gullari bilan ko‘zga tashlanadi.
Sixote-Alin tog‘larida bu o‘rmonlar odamlarning faoliyatini ta’sirida qimmatli yog‘ochli va Sibir qarag‘aylari bilan almashgan. Ularni orasida oqqarag‘ay (Abies holophylla) boshqa daraxtlardan baland o‘sib turadi. Sibir qarag‘ayidan tashqari bu erda tiss (Raxus cuspidata) ham o‘sadi.
Butalardan aktinidiya (Actinidia arguta) uzoq Sharqdagi eng katta liana hisoblanib, uning tanasini qalinligi 16 sm gacha etadi. O‘rmonning pastki o‘t qavatida qadimdan dorivor sifatida foydalanib kelingan o‘simlik jen-shen (Panax schin-seng) uchraydi. Uning tarqalish areali dengiz qirg‘oqlarining yaqinidan to Xitoyning va Koreyaning shimoliy qismlarigacha boradi.
Sharqiy Osiyo yozgiyashil bargli o‘rmonlarning barcha tiplarini orasida zarang turkumining turlariga boy o‘rmonlar eng taniqlisi, mashhuri hisoblanadi. Uning ko‘p qavat yog‘ochli qatlami zarangning ko‘plab turlaridan tashkil topgan. Masalan,Acer monoba A.gunnala, yo‘g‘on tanali jo‘kalar (Tilia amurensis, T.taquetii), qayrag‘och (Ulmus propinqua), manjuriya yong‘og‘i (Juglans manshurica), oqqayinlar hamda Amur barxati keng tarqalgan. Bunday o‘rmonlar vodiylardagi tog‘ daryolarning yonbag‘irliklariga xos. Ular o‘sadigan tuproqlar oziq moddalarga boy.
Butalar orasida Yevropa o‘rmonlarida keng tarqalganlaridan beresklet (Euonymus), ramnus (Rhamnus), filadelfis (Phyladelphus) turkumlarining turlari keng tarqalgan. Butalar ichida manjuriya yong‘og‘i (Corylus manschurica) ayniqsa ko‘p uchraydi. Primare o‘lkasida chumchuqtol-yasenning (Fraxinus rhynchophylla), kashtan (Castania crenata), lavrli o‘rmonlardan kirib kelgan yapon stirkasi (Styrax japonica) ham o‘sadi.
Bu o‘rmonlarda lianalar ham o‘zining o‘rniga ega. Ulardan Xitoy limonnigi (Schizandra chinensis), amur uzumi (Vitus amurensis) va aktinidiyani (Actinidia) alohida qayd etish lozim.
O‘t o‘simliklardan iborat qavat floristik jihatidan juda boy. Bu o‘rmonlarga xos neottiya (Neottia asiatica), paris (Paris) turkumining ko‘plab turlari, ayniqsa paparotniklar, masalan adiantum (Adiantum pedatum) ko‘p o‘sadi.
Qoraqayinli o‘rmonlar faqat Koreya va YAponiyaning o‘rtacha balandliklardagi tog‘larda o‘sadi. Yaponiyadagi qoraqayinli o‘rmonlar asosanFagus crenata turidan Koreyadagilari unga qarindosh qoraqarag‘aydan (F.multinervis) iborat.
Sharqiy Osiyoda Yevropadagi kabi daryolarning quyilish qismidagi ayniqsa Kamchatka va Saxalinda flora uncha boy emas, u o‘ziga xos xususiyatli. Bu yerdagi tolzorlar orasida o‘t o‘simliklar barq urib o‘sadi. Ulardan angelika (Angelica ursina), filipendula (Filipendula kamtschatka) va bo‘yi 2,5 metrlargacha boradigan petasit (Petasites japonicus) hamda 4,5 metrli gigant xeraklium (Heracleum dulce) keng tarqalgan.

Download 434.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling