Mazkur о’quv uslubiy majmua O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy o`quv dasturi asosida tuzilgan


Download 434.88 Kb.
bet62/70
Sana19.06.2023
Hajmi434.88 Kb.
#1620390
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   70
Bog'liq
мажмуа усимликлар географияси

10-MAVZU: DENGIZ O‘SIMLIKLARI
Yer sharining 71 %dan ko‘proq yuzasini okeanlar va dengizlar egallagan. Dengiz-bizning planetamizdagi hayotning ulkan joyi hisoblanadi. Dengiz, atmosfera va quruqlik orasidagi aloqadorliklarning muhimligi allaqachonlar tan olingan. Shunga qaramay dengizlarni tadqiq etish XX asrga kelib jadal ravishda olib borila boshlagan. Undagi tirik organizmlar haqidagi dastlabki ma’lumotlar 1772-1775 yillari “Rezolyushn” kemasida Jeyms Kukk va I. G. A. Forsterning dunyo bo‘ylab ikkinchi sayohati ma’lumotlarida Tinch okeanidagi dengiz yuzasini yaltirashi, korall riflari haqidagilardan ma’lum. 1815-1818 yillari “Ryurik” kemasi dunyo bo‘ylab sayohatida uning kapitani O. E. Kotsebu birinchi marta fotometrik tadqiqotlarni olib borgan. Bu kemada bo‘lgan nemis olim-tabiatshunos A. Shamisso ochiq okeanning hayvonlari va o‘simliklarini tavsiflagan. Biologik tadqiqotlarning davomi CH. Darvin, K. G. Edenburg, E. Forbsa, Dj. Merrey, V. Genzen, E. Gekkel, Y. Reynke va boshqalarning nomi bilan bog‘liq. Bu boradagi tadqiqotlar anchagina. Hozirgi tadqiqotchilarning bosh maqsadi dengiz va okeanlarni to‘laroq o‘rganish (tom ma’noda) va uning tabiiy boyliklaridan ko‘proq foydalanish hisoblanadi. Ko‘p yillar davomida okean, dengizlaridagi baliqlarni ko‘proq ovlash bo‘lgan bo‘lsa endi, dengizlarning maahsuldorligini o‘rganish, unga zarar etkazadigan omillarning oldini olish bosh vazifa bo‘lib hisoblanadi.
Quruqlikda odamlar o‘zlarining maqsadlari uchun o‘simliklardan foydalanib jamoasining tarkibi, xolatiga katta ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsalar, bunday salbiy xolat dengiz va okeanlarga bunchalik katta bo‘lgan emas. Ko‘pchiligimiz dengizlardagi organizmlar haqida juda oz ma’lumotga egamiz. Buning sabablardan biri Dunyo okeanidagi organizmlar ko‘p tomonlari bilan quruqlikdagilardan farq qiladi. Quruqlikda yuksak o‘simliklar dominant bo‘lsa, dengiz muhitida suvo‘tlar ko‘p. 30 000 dan ortiq turlardan dengizlarda bor yo‘g‘i 40 turga yaqin gulli o‘simliklar bor xolos, ularning hammasi bir pallalilarga mansub. Moxlar, paparotniklar dengizlarda yo‘q. Suvo‘tlar yuksak o‘simliklarga o‘xshab ildiz, poya, barg hosil qilmagan, shunga qaramay morfologiyasidan juda xilma xil. O‘lchamini kattaliklari bir hujayralilarda millimetrning mingdan qandaydir bo‘lagidan boshlab, tropik dengizlardagi qo‘ng‘ir rangli suvo‘tlarini uzunligi 100 metrlargacha boradi.
Okeanlarning biologik yillik mahsuldorligi o‘lchamlari katta suvo‘tlarda ma’lumotlarga ko‘ra 0,2·109 t, suv yuzasidagi mikroskopdagina ko‘rsa bo‘ladigan plankton deb ataladigan suvo‘tlar -550·109 tonna xo‘l mevasidan iborat.

Download 434.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling