Mazkur о’quv uslubiy majmua O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy o`quv dasturi asosida tuzilgan


Download 434.88 Kb.
bet63/70
Sana19.06.2023
Hajmi434.88 Kb.
#1620390
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   70
Bog'liq
мажмуа усимликлар географияси

Planktondagio‘simliklar
“Plankton” atamasini gidrobiolog Viktor Genzen barcha tirik jonzotlar uchun 1887 yili birinchi marta suv oqimida qalqib, o‘zi harakat qiladiganlarga qo‘llagan. Kattaligi 20-500 mkm bo‘lgan tirqish orqali suvdan ajratib olinadiganlarni “mikroplankton”, setrifuga yordamida cho‘ktirish bilan ajratiladiganlarni “nanoplankton” deyilib, ularning o‘lchamlari 5-20 mkm ni tashkil qiladi. Ultraplankton organizmlarning o‘lchamlari 5 mkm dan oshmaydi.
Dengiz fitoplanktonida yirik sistematik guruhlarga mansublari kam. Dengizlarda diatom suvo‘tlari tarkibida kremniy ko‘p bo‘lganlari muhim ahamiyat kasb etadi, ular bir muncha sovuq dengizlarda dominantlik qiladi. Ularning sistematikasi hujayrani qoplagan pallaning tuzilishiga bog‘liq.
Diatom suvo‘tlari orasida radial-simmetrik Centrophyceae sinfiga mansublari bilan bisimmetrik tuzilishli Pennatophyceae sinfining suvo‘tlari keng tarqalgan. Qiyoslab olganimizda dengizlarda birinchi sinfning suvo‘tlari ikkinchisidan ko‘proq xilma xillikka ega. Dunyo okeanidagi diatom suvo‘tlarning turlarini soni 11000-14000 deb hisoblaniladi.
Diatom suvo‘tlarning turlari yoritilishga turlicha talablar qo‘yadi. Shu boisdan dengiz va okeanlarning o‘rtasidagi suvlarning yuzasida Chaetocerus va Rhizosolenia turkumlarning turlaridan iborat jamoalarni hosil qiladi. Chuqurroqda Planctoniella, Sceletonema, Streptotheca, Cerataulina, Caudaria va Asteromphalis turkumlarining suvo‘tlari jamoalarni tashkil qiladi. Ko‘pchilik diatom suvo‘tlar fotosintezda moylar hosil qilganligi tufayli, solishtirma og‘irligi kamayib, planktonda bo‘lishi osonlashadi.
Diatom suvo‘tlar bilan birga dengizlarning planktonida dinofitlar ham ancha ko‘p. Bu guruh suvo‘tlarning orasida po‘stsizlari bilan birga sellyulozali qobiqqa ega bo‘lganlari anchagina. Ularning anchasini hujayralari uzun o‘simtali, o‘ramaga o‘xshash qismi bo‘lib u planktonda bo‘lishini osonlashtiradi. Hammasida ikkita xivchini bor. Dinofit suvo‘tlar bir muncha iliq suvlarda ko‘p tarqalgan. Ayrim joylarda ular shunchalik ko‘payib ketadiki, natijada suv qizil-jigarrangga kiradi. Uni tarkibida Exuviella balticavaProrocentrum micans boshqalaridan ko‘p tarqalgan. Ular zaharli modda ajratganligidan baliqlarni halokati ham ro‘y berib turadi. Dinofitlar orasida rangsizlari organik modda bilan oziqlanadiganlari ham anchagina bor.
Dinofit suvo‘tlarning ayrimlari lyuminessensiyalanish xususiyatiga egaligidan dengiz suvlarini yaltirab ko‘rinishiga sabab bo‘ladi. Bunday xususiyatga tunyog‘dusi (Voctilica miliaris) ega, uni diametri 2 mm keladigan shar ko‘rinishida. Poridiniumva Gonyaulaxturkumlarining suvo‘tlari ham shunday xususiyatga ega. Bu guruh suvo‘tlarni “olovli” (Pyrrophyta) deb atalishi ham shunday.
Dengizlarning fitoplanktonida kokkolitofora (Coccolitophoridophyceae) suvo‘tlari ham muhim ahamiyatga ega. Ularning o‘lchamlari 5-15 mkm kelib hujayrani o‘ragan membrana ohakli qalqonlar (kokkolitlar) bilan qoplangan. Ularning shakli ham turli tuman. Odatda disk (yassi), piyola, to‘g‘nog‘ich kokkolitlar boshqalaridan ko‘p bo‘ladi. Ularni elektron mikroskoplar orqali aniqlangan. Ayrim xollarda ular shunchalik ko‘payib ketadiki, 1 l dengiz suvidagi soni milliongacha boradi. Pontosphaeria huxleyi iliq dengizlarda Coccolithus pelagicus sovuq dengizlarda keng tarqalgan C.fragilis turi dengizlarning 4000 m chuqurligidan aniqlangan. Kokkolit suvo‘tlar dengiz suvlarida shunchalik ko‘p tarqalganki, 1 l suvdagi ularning miqdori 30 mln ni tashkil etishi odatiy xolat.
Dengizlarning suvlarini planktonida tarqalgan boshqa guruhlarning suvo‘tlari yuqoridagiday katta ahamiyat kasb etmaydi. Ayrimlari suvni “ko‘karib” ketishiga sabab bo‘lib, salbiy ta’sir ko‘rsatadiganlari ham bor. Bu xolat juda kam ro‘y beradi. Yashil suvo‘t Halosphaeria viridis, ko‘kyashilTrichodesmum turkumining suvo‘tlari tropik dengizlarda ko‘p tarqalgan. Qizil dengiz deb atalishiga ham undagi suvo‘tlar sabab bo‘lgan.
Dengizlardagi suvo‘tlarning turlari, tarqalishi ham bir xil emas. SHunga ko‘ra dengizlarning birlamchi mahsuldorligida ham katta farq bor. Suv va undagi karbonat angdridning miqdori etarli bo‘lsa ham suvo‘tlar uchun yorug‘lik va oziq moddalar Dunyo okeanining turli sarhadlarida bir xil emasligi plankton mahsuldorligini belgilaydi. U esa yil davomida turli omillarning ta’sirida o‘zgarib turadi.

Download 434.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling