Mazkur о’quv uslubiy majmua O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy o`quv dasturi asosida tuzilgan


Vikarizm – bir birini almashlaydigan o'zaro yaqin qarindosh bo'lgan o'simlik turlari. Galofitlar


Download 434.88 Kb.
bet66/70
Sana19.06.2023
Hajmi434.88 Kb.
#1620390
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
Bog'liq
мажмуа усимликлар географияси

Vikarizm – bir birini almashlaydigan o'zaro yaqin qarindosh bo'lgan o'simlik turlari.
Galofitlar – sho'rlangan, tuprog'ining tarkibida osh tuzi ko'p bo'lgan joylarda o'sadigan o'simliklar.
Gemikserofitlar – suvni bug'latishi, ildizdan suv shimishi kuchli o'simliklar. Ildizi yerosti suvlarigacha yetadigan, suvsizlanish, atmosfera qurg'oqchiligiga chidamaydigan, yaproqlari yupqa, mayin tukli o'simliklar.
Gemiepifitlar - dastlab epifit xolida daraxtlarning shoxlarida, havo ildizlari yerga-tuproqqa yetganidan keyin mustaqil o'simlikka aylanadigan yohud dastlabki davrida liana xolida bo'lib keyin tuproq bilan aloqasi biror sabab bilan uzulib, epifitga aylanadigan o'simliklar.
Gigromorf o'simliklar – nam tuproqlardagi o'rmonlarning quyi qavatidagi sernam havoli yorug'lik kam tushadigan joylarda o'sadigan paparotniklar va moxlar.
Gigrofitlar – qurg'oq sharoitga chidayolmaydigan, suv ichi, qirg'oq bo'yi o'simliklar, namlikni biroz o'zgarishi ham ularni so'lishiga olib keladi. Yaprog'i katta, poyasi uzun, ildizlari yaxshi taraqqiy etmagan, mustahkamlik beruvchi to'qima rivojlanmagan bo'ladi.
Gimenofill o'simliklar – nam tropiklardagi o'rmonlarni tog' hududida tarqalgan yupqabargli o'simliklar. Masalan, Hymenophyllaseae oilasidan Hymnophyllum va Trichomones turkumlarining turlari.
Dovulli sahrolar – shamollarning ta'siridan daraxtlaro'smay qoladigan, o'simliklar qoplamida kuchli o'zgarishlar ro'y beradigan taniqli mutaxassis Shimpel atagan sahrolar.
Kaatinga – past va o'rta bo'yli daraxtlar; ularni orasida tikanbutalari bo'lgan barglari tikanli bromeliyalar oilasiga mansub va kaktusli Janubiy Amerikadagi o'simliklar jamoasi.
Kal`tsiefillar – ohakli tuproqlarda o'sadigan o'simliklar.
Kaulifloriya – nam tropiklardagi o'rmonlarning daraxtlarida bargsiz shoxlarda gulni hosil bo'lish xususiyati.
Klimadiagramma – iqlimiy ma'lumotlar-havo harorati, yog'ingarchilikning miqdorini yil davomidagisini ifodalagan diagramma.
Kosmopolitlar – ko'plab qit'alar, katta hududlarda, deyarli hamma joylarda tarqalgan o'simliklar. Moxlardan marshaniya (Marschantia polymorpha), qamish (Pragmitus kommunis), cho'ponxalta (Kapsella bursa-pastoris), zubturum (Plantago major) kabilar misol bo'ladi.
Mangralar – tropiklarda dengizlarning qirg'oq bilan tutashgan joylarida suv quyilganda tanasi, suv qaytganda esa atmosfera havosidan nafas olish uchun xizmat qiladigan yashil o'simta-havo ildizlari ko'rinib turadigan mangra deb nomlangan o'simliklardan tashkil topgan o'simliklar jamoasi.

Download 434.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling