Mazkur о’quv uslubiy majmua O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy o`quv dasturi asosida tuzilgan


Download 434.88 Kb.
bet67/70
Sana19.06.2023
Hajmi434.88 Kb.
#1620390
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
Bog'liq
мажмуа усимликлар географияси

Miombo o'rmonlari – Markaziy Afrikaning 5 va 200 janubiy kenglik orasidagi, Angoladan Zambiya orqali Mozambikgacha bo'lgan hudulardagi Brachystegia turkumining o'simliklari (turkumning afrikacha nomi - miombo) eng ko'p tarqalgan o'rmonlar.
Mirruli butalar – singan, kesilgan joyida ajraladigan yelim. Bunday butalar Afrikaning janubi (Somali, Markaziy Tanzaniya, Botsvana) tarqalib undan chekimlik tayyorlanadi. Mirru Burseraseae oilasi, Kommiphora turkumining turlaridan ko'p ajraladi.
Mopaneli o'rmonlar – Mopane daraxti (Kolophospermum) 90 %ni tashkil qiladigan Nigeriya, Angola, Zimbabve, Zambiya,Transvaalya va Mozambik mamlakatlarining iqlimiy sharoitlarida keng tarqalgan o'rmonlar.
Neofitlar – keyingi tarixiy taraqqiyotda rivojlangan o'simliklar. Gultojixo'rozlar (Amaranthaseae) oilasidan gultojixo'roz (Amaranthus) turkumining butguldoshlardan (Krusiferae) qurtana (Sisymbrium) murakkabguldoshlardan (Kompositae) moychechak (Martikaria) turkumlarining o'simliklari va shu kabilar.
Notal mintaqa – Yer kurrasining janubiy yarimsharini eng quyi qismi (Antarktikaga yaqin, chegaradosh joylari).
Ornitofill o'simliklargullarini rangi yorqin qizil, pushti, sariq, uzoqdan ko'zga tashlanib turganligidan qushlar orqali changlanadigan o'simliklar.
Paramo – balandtog'larning dengiz sathidan taxminan 3600 m balandliklaridagi faqat boshoqli o'simliklardan iborat maydonlar, bunday joylar ekvatorial And yassitog'liklari uchun xos.
Poykilokserofitlar – suv almashishni nazorat qilmaydigan, ozgina suvsizlanishda ham anabioz xolatiga o'tadigan, to'la quriganda ham hayot faoliyatini saqlaydigan o'simliklar.
Poya sukkulentlar – poyasida qurg'oqchilik davrida foydalanish uchun suv to'playdigan o'simliklar, masalan, semizo'tlar.
Puna – Peruning shimolidan Chilining shimoligacha bo'lgan hududlardagi kuchli shamollar bo'ladigan, bir kecha kunduzdagi haroratning farqi katta joylarning o'simliklar jamoasi.
Serir – Sahroikabirdagi qum-shag'alli sahro. Saksovul (Haloxylon), selin (Aristida) turkumlarining ayrim turlari va geofit ko'p yillik o'tlar tarqalgan.

Download 434.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling