Mazkur о’quv uslubiy majmua O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy o`quv dasturi asosida tuzilgan


Download 434.88 Kb.
bet64/70
Sana19.06.2023
Hajmi434.88 Kb.
#1620390
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   70
Bog'liq
мажмуа усимликлар географияси

Bentosdagi o‘simliklar
Dengizlarning qirg‘og‘idan to ancha chuqurliklargacha bo‘lgan joylardagi organizmlarni bentos deb atash odat bo‘lgan. Bu atamani nemis olimi E. Gekkel 1893 yili tadbiq etgan, chuchuk suvdagilar ham shunday ataladi.
Dengizlarda o‘simliklarni bentosda tarqalishiga e’tibor berilsa bu guruhga faqat yirik suvo‘tlar va okeanlarning o‘tlarigina emas, mikroskopda ko‘rsa bo‘ladiganlarini ham kiritiladi. Dengiz suvlari quyiladigan joylardagi turli predmetlar, qirg‘oqdagilari diatom va boshqa guruh suvo‘tlari bilan qoplangan. Diatom suvo‘tlari boshqa guruh suvo‘tlarning ustida epifit xolida ham o‘sadi.
Bentosdagi hayvonlar ancha chuqurliklargacha tarqalsa, fitobentos yorug‘lik etib boradigan joygacha uchraydi. Bunday sharoitdagi o‘simliklarni tarqalish chuqurligi yorug‘lik etgan joyigacha boradi.
O‘rtayer dengizining Neopolitan bo‘g‘ozida suvo‘tlar 100 m, Kapri orollarida 150 m chuqurliklargacha tarqalgan. Bunday chuqurliklarda yoritilish 200 lk bo‘lsa ham fotosintezni amalga oshiraoladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra Boltiq dengizidagi bentosda tarqalgan o‘simliklar yorug‘lik etib boradigan 22, SHimoliy dengizning Gelgoland oroligi qirg‘oqlarida 15 metrlargacha chuqurlikda tarqalgan. Bentos o‘simliklarining qanchalik chuqurliklarda bo‘lishi yil davomida ham o‘zgarib turadi.
Bunday tashqari dengizlarning qirg‘oqlarida sanoat korxonalarini tashlandiqlari tashlanadigan joylarda o‘simliklar biroz chuqurlikda o‘sadi. Dengizlardagi o‘simliklar toshlar va qoyalarga birikadi. Birikadigan qismi o‘simlikni shu joyda tutib turish uchun xizmat qiladi. SHu boisdan dengizlarning qumli qirg‘oqlarida o‘simliklarning qoplami yo‘q. Suv quyiladigan shag‘alli joylar oqim ta’sirida ma’lum darajada harakatdaligi tufayli yirik o‘simliklar bu erda ham yo‘q.
Birikkan o‘simliklar dengizlarda ikkita sistematik guruhga qizil (Rhodophyta) vaqo‘ng‘ir (Phaeophyta) suvo‘tlariga xos. Ulardan tashqari yashil (Chlorophyta) suvo‘tlarning vakillari ham bor. Ular orasida Ulothrix ning ipsimon, Cladophoraturkumini tarmoqlangan ipsimon, qopsimon Enteromorpha, yassiyaproq Ulva turkumining suvo‘tlari ham ko‘p tarqalgan. Yashil suvo‘tlarning orasida iliq dengizlarda sifonsimon (Siphonophyceae) sinfining vakillari ham ko‘p.
O‘rtayer dengizi uning sharqiy tomonlarida tashqi ko‘rinishidan suvo‘t emas soyabonsimon zamburug‘larni eslatadigan Acetabularia mediterraneaturi keng tarqalgan. Dengizlarda bu turkumdan 500 ga yaqin turi uchraydi.
Qizil suvo‘tlar dengizlarda taxminan 500 turkumga mansub 3800 dan ortiqroq turlardan iborat. Bu boshqa bo‘lim suvo‘tlaridan eng ko‘pi. Ularning qizil rangda bo‘lishiga hujayralaridagi fikoeritrin pigmentini boshqalaridan ko‘pligi sabab. U bilan birga fikotsian pigmenti bu suvo‘tlarni ancha keng tarqalishiga imkon yaratadi.
Qizil suvo‘tlarning sodda tuzilganiga yupqa yassiyaproq tuzilishli Porphyra, bir muncha murakkabroqlariga Ceramium, Polysiphonia, Callythamnion, Polocamiumva Antithamnionturkumlarining tallomi bo‘laklarga bo‘lingan ko‘rinishli. Tallomi yaproqsimon tuzilgan Delesseria, Phycodrus, Chondrus, Rhodymenia, Phyllophora turkumlarining vakillari Boltiq dengizining sharqiy qirg‘oqlarida keng tarqalgan.
Qizil suvo‘tlarning ohakka boy tallomli turlari korall riflarini hosil bo‘lishida ishtirok etadi. ulardan Litothamnion, Lithophyllum, Corallina turkumlari ko‘p uchraydi.
Qo‘ng‘ir suvo‘tlari dengizda sayohatchilarining ko‘zlari ko‘p tashlanadi. Ularning ayrimlarini uzunligi 3 metrlargacha etadi.
Sarg‘iy-jigarrang uzunligi ko‘plab detsimetr, eni bir necha santimetrli fukus pufakchali (Fucus vesiculosus) va fukus arratishli (Fucus serratus) tallomini Boltiq dengizining qirg‘og‘ida suv to‘lqini tashlab ketgan joylarda ko‘p bo‘ladi. To‘lqin qirg‘oqqa laminariya (Laminaria) tallomini kamroq tashlaydi. SHimoliy Amerikaning toshli qirg‘og‘ini sayoz joylarida laminariyaning Laminaria saccharina, L.digitata, L.hyperboreako‘p o‘sadi. Qo‘ng‘ir suvo‘tlarning eng kattalarini uzunligi laminariyadan ham uzun. Makrotsistis noksimon (Macrocystis pyrifera) uzunligi 400-600 metrlargacha etadi. Bu raqamlar bir qarashda ishonarsizroq bo‘lsada quruqlikdagi evkalipt va mamont daraxtlarining balandligicha keladi. Makrotsistis Tinch okeanining Janubiy Amerika qirg‘oqlarida tarqalgan. Uning poyasimon qismi suvda dastlab tikkasiga yo‘naladi keyin unda yaproqsimon o‘simta paydo bo‘lganidan keyin qalqib o‘sadi. Tanasi dengiz to‘lqini ta’sirida egri bugri ko‘rinish hosil qilganidan uni dengiz iloni deb qabul qilishadi.
Qo‘ng‘ir suvo‘tlaridan sargissium (Sargassium) turkumining suvo‘tlari Sargass dengizida 5 mln km2 maydonda tarqalgan. U faqat vegetativ ko‘payib dengiz to‘lqinlarining ta’sirida o‘ziga xos o‘simliklar jamoasini hosil qiladi.
Dengizlarda tallomi uncha katta bo‘lmagan Ectocarpus, Pylaiella, Desmasteria, RalfsiavaLithoderma kabilar ham keng tarqalgan.
Dengizlarda suvo‘tlardan tashqari bir pallalilarga mansub gulli o‘simliklar ham bor. Barglari uzunligidanular botqoqlilarga juda o‘xshab ketadi. Shu boisdan ularni dengiz o‘tlari ham deyiladi. Ulardan zosteriya (Zosteria marina) dengiz qirg‘oqlaridagi qumli joylarda o‘sadi. Tinch okeani qirg‘oqlarida Phyliospadix, Karib dengizida Talassia testudinum suvosti o‘tloqlarini hosil qilib o‘sadi.
Boltiq dengizi uni quyilmalarida zannichelliya (Zannichellia palustris) xara suvo‘tlari bilan birga keng tarqalgan. Dengizlarning suvini quyilishi va qaytish qismida o‘simliklar ko‘p o‘sadi. Ular ma’lum muddat davomidagi qurg‘oqchilikka chidaydi.
Dunyo okeanining turli joylaridagi sharoit tirik organizmlar uchun juda xilma xil u yil fasllariga bog‘liq xolda o‘zgarib ham turadi. Umuman olganda dengizlarda yashil suvo‘tlar suvning yuqori qatlamida qo‘ng‘ir suvo‘tlar o‘rta, qizillar esa ko‘proq chuqurroqda tarqalgan.

Download 434.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling