Mazkur о’quv uslubiy majmua O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy o`quv dasturi asosida tuzilgan


Tropiklardagi baland tog‘larning o‘simliklari


Download 434.88 Kb.
bet61/70
Sana19.06.2023
Hajmi434.88 Kb.
#1620390
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   70
Bog'liq
мажмуа усимликлар географияси

Tropiklardagi baland tog‘larning o‘simliklari
O‘rta kengliklardagi balandtog‘lar bilan tropiklardagi iqlim sharoitlaridan ancha farqlanadiganlarni qiyoslab bo‘lmaydi. Shu boisdan tropiklar balandtog‘lari o‘simliklarini alohida bayon qilinadi. Bu hududlardagi o‘simliklar jamoalari iqlim ta’sirida shakllangan bulutlar sathidagi o‘rmon, papamo va puna jamoalarini Janubiy amerikaning andlari va Sharqiy afrikaning (Klimanjaro, Ruvenzori, Keniyaning tog‘li hududlari) balandtog‘laridagi o‘simliklarning jamoalarini qisqacha bayon qilamiz.
Bulutlar sathidagi o‘rmon. Taxminan 1200 m balandliklardan boshlanib yuqorigi chegarasi 3000 metrlarga boradi. Qurg‘oqchilik va yomg‘irli davrning vaqti va uni davom etishi tog‘ yonbag‘irliklarining xolati, shamolli yoki shamolsiz tomonlari bulutli sathning chegaralariga katta ta’sir qiladi. Bu yerning havosi doimo suv bug‘lari bilan to‘yingan. Tumanlar bu yerlarga iliq havo kelishini to‘sadi, shu boisdan bir kecha kunduzdagi haroratda farq kam. Shamolli tomondagi tog‘ yonbag‘irliklarida yomg‘irli nam o‘rmonlar mavjud, ularning flora tarkibi haroratni pasayishi bilan o‘zgaradi.
Balandtog‘larning doimo tumanli hududlarida tog‘ning maxsus namli o‘rmonlari “bulut balandligidagi o‘rmonlar” mavjud. Bulutlar sathidagi tropiklarning tog‘ o‘rmonlari tropik nam o‘rmonlardan daraxtsimon paparotniklarning mavjudligi bilan farqlanadi. Katta bargli o‘t o‘simliklar bilan ular o‘tib bo‘lmaydigan chakalakzorlarni hosil qiladi. Bu yerlarda quyosh nuri kamdan kam xollardagina bulutlarni yorib o‘tadi xolos.
Hamma joylarda epifit o‘simliklar keng tarqalgan, ularni orasida dastlab gulli o‘simliklar (masalan, orxideyalar), tog‘larning balandroqlarida ularnida paparotniklar moxlar va lishayniklar (masalan, Usnea) o‘sadi. Yer yuzida moxlar, ayniqsa sfagnum (Sphagnum) lishayniklar bilan va plaunlardan selaginella (Seleginella turkumi) keng tarqalgan.
Balandtog‘larning 2000-3500 m balandliklarida qattiqbargli o‘simliklarni uchratish mumkin. Ularning tarkibi vereskdoshlar bilan birga Podocarpusturkumining turlari ham uchrab ularning barglari ninabarglarga o‘xshamaydi. SHarqiy Afrika balandtog‘larining buta o‘simliklar jamoasida erika (Erica arborea) ko‘p tarqalgan. Uning bo‘yi odatda 5-10 m, qulay sharoitda 15 metrgacha etadi. Bu joylarda atirguldoshlar oilasining daraxti Hagenia abyssinica o‘zining qiyshiq tanasi bilan o‘simliklar jamoasini subalp xarakterdaligini ifodalaydi.
Paramo. Tog‘larning yana balandrog‘ida buta o‘simliklar tarqalgan joylardan yuqorirog‘i taxminan 3600 m balandliklarda faqat boshoqdoshlar o‘sadigan maydonlar bor. Bu balandtog‘larning boshoqdoshlardan iborat o‘tzorlarini paramo deyiladi, ular ekvatorial And yassitog‘ligi uchun xos. Bu yerda harorat past, yog‘ingarchilik ko‘p, chirindi to‘planishi faol tarzda ro‘y beradi, torfli moxlardan iborat botqoqlik ham kam emas. Yer boshoqli o‘t o‘simliklar bilan qoplangan, ularning orasida ingichka, tig‘iz bargli Calamagrostis tisturgidaturidan iborat past bo‘yli boshoqlilar ko‘p o‘sadi.
Paramo o‘simliklar uyushmalarini tashqi ko‘rinishiga murakkabguldoshlar oilasining o‘simliklari ajib tus beradi. Andda u Espeletiaturkumining turlaridan iborat, uning bo‘yi 5 metrlarga yetadi. Bu oilaga shoxlanmagan yoki shoxlangan poyali va uchida to‘pbarglari bo‘lganlari masalan, Keniyaning tog‘li hududlarida o‘sadigan kaltapoyali afrikaning gigant Senecio brassicava yo‘g‘onpoyali Senecio keniodendron mansub.
Tashqi ko‘rinishidan ularga o‘xshash Kilimanjaro tog‘larida o‘sadigan lobeliya (Lobeia deskenii) va Ruvenzoriyadagi (L.bequaertii) qo‘ng‘iroqguldoshlar oilasiga mansub. Barglarini poyaga zich taqalib joylanishi ularni tungi sovuqqa moslanishlaridan biri hisoblanadi. Tashqi tomonidagi barglarni uchi yuqoridan qayrilgan.bu daraxtsimon o‘simliklar o‘sayotgan joyida yakka xolda o‘zaro uzoq tarqalganligi tufayli jamoa hosil qilmaydi.
Yanada balandroqlarda yostiq ko‘rinishni hosil qiladigan o‘simliklar va ko‘p yillik poyasi kalta, barglari bir joyda to‘plangan o‘tlar ham o‘sadi. Ular tosh qoyali joylardan boshlab qor chizig‘igacha tarqalgan. Andda keng tarqalgan yostiq, ko‘rinishidagilar Plantago, Pycnophyllum, Werneria vaAzorella turkumlariga mansub. Ularning tashqi ko‘rinishidan ichi qattiq yog‘ochligi tufayli o‘tin sifatida foydalaniladi.
Puna. Andning ekvatoridan bir muncha uzoqlashgan viloyatlarida yog‘ingarchilik yozda bo‘ladi va iqlim keng yassitog‘likda janubga tomon quruqlashib boradi. Bu hududlarda Peru mamlakatining shimoliy hududlaridan Chilining shimoligacha tomon shamol kuchli bo‘lganligidan bir kecha kunduzdagi o‘rtacha haroratning o‘zgarishi 500S gacha boradi. Bu joylardagi o‘simliklar jamoasining sahro tipidagini puna deyiladi. Yassitog‘liklarda bir biridan uzoqda, chim hosil qiladigan barglari qattiq, yarim metrga etadigan boshoqlilar keng tarqalgan. Punada butalardan tola deb ataladigan(Lepidophyllumquadrangulare), kaktuslar va boshoqlilar bilan yonbag‘irliklarda tolu yoki quruq puna hosil qiladi.
Andning 4000-4700 m balandliklaridagi mayindonali tuproqlarda namlik etarli bo‘lsa ham o‘simliklar o‘smaydi. Qoyali joylarda o‘simliklarning ko‘plab turlari to 5000 metrlargacha abadiy qorliklargacha ham bor (taxminan 5200 metrlargacha). Azorella diapensioideso‘simligining yostiqsimon qattiq boshqa turlari, Polyleps turkumining beo‘xshov ko‘rinishlilari va ayrim boshoqlilar odam boraolmaydigan qoyalarda tarqalgan. Tog‘ yonbag‘irliklarini yuqorisida bo‘yi 10 metrli bromeliyalar oilasidanPuya ramondiyoki undan ham balandroq bo‘yi 15 metrlargacha keladigan Pouretia gigantea boshoqli o‘simliklar orasida uzoqdan yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Boshqa tropiklardagi balandtog‘liklarda xuddi shunday iqlimiy sharoitlarda ham qayd etib o‘tilgan o‘simliklarning jamoalari tarqalgan. Afrikaning sharqiy qismidagi balandtog‘larda yostiq ko‘rinishida murakkabguldoshlardan o‘lmaso‘t (Helichrysum), chim hosil qiladigan boshoqlilardan Festuca klimanjarica va afrika balandtog‘lariga xos Pentaschististurkumining o‘simliklari o‘sadi.
Mo‘tadil iqlimli kengliklarning balandtog‘laridagi tropiklarning tog‘larida lishayniklar oxirida uchraydi. Klimanjaroning 5800 m balandliklarida cho‘qqining 100 metr pastlarida Amphiloma elegans o‘sadi.



Download 434.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling