Mazkur о’quv uslubiy majmua O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy o`quv dasturi asosida tuzilgan


Download 434.88 Kb.
bet68/70
Sana19.06.2023
Hajmi434.88 Kb.
#1620390
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
Bog'liq
мажмуа усимликлар географияси

Sklerofiliya – bargning yaprog'ini terisimon, qattiq xolga kelishi. Quruq iqlim sharoitida tarqalgan o'simliklarga xos xolat.
Sukkulentlar – suvni g'amlaydigan o'simliklar. Suv qalin kutikula, tuklar bilan qoplangan barglar va poyalarda to'planadi. Suvsizlanganda qiynaladi, ildizlari atrofga katta maydonga tarqaladigan o'simliklar.
Tayga – Rossiyada ninabargli boreal o'rmonlarni shu nom bilan atashadi, Shimoliy Amerikadagi shu kabi o'rmonlarga to'g'ri kelmaydi.
Tomillyarlar – siyrak tarqalgan past bo'yli butazorlar orasida ko'p yillik a'zoli baland bo'yli o'tlar o'sgan joylarni Ispaniyadagi atamasi.
Uzluksiz areal – sarhadi yopiq chiziq ichida o'sayotgan o'simliklarni tarqalgan joyi.
Fen o'simliklari – joy rel`efining asosiy xususiyatlariga shimoliy yonbag'irliklarda janubga xos o'simliklarning o'sishi.
Ferralitlanish – nam tropiklardagi o'rmonlarda yog'ingarchilikni ko'p bo'lishi tufayli birlamchi asosdan iborat hamda kremniy kislotalarini yuvilib ketishi bilan tuproqni temir, al`yuminiy tuzlari bilan boyish jarayoni.
Finbosh – Kap viloyati hududidagi bo'yi 4 metrlargacha bo'lgan butazorlar, ularni orasida 15 metr balandlikkacha yetadigan Rhus, Kliffortia turkumlarining o'simliklari ko'p o'sadigan joy atamasi.
Forpost – arealni kengayishiga olib keladigan asosiysidan biroz uzoqroqdagi areal, unda albatta relikt xarakterga ega bo'lgan o'simliklar bo'lishi mumkin.
Frigana – Kichik Osiyoning tog'li hududlarida qishni qattiq sovuqli, chorva mollarini ko'p o'tlatilishidan yuzaga kelgan sferik shakldagi butazorlar.
Xameroxor o'simliklar – qaysi bir hudud tabiiy florasining tarkibiga kirmagan, u yerga odamlarning bevosita yoki bilvosita ta'siri natijasida kelib qolgan o'simliklar.
Xiropterofiliya – nam tropikli o'rmonlardagi kauliflor gullarni qo'l qanotli hayvonlar tomonidan changlanishga moslanishi.
Xorologiya – o'simliklarning tarqalishini o'rganish bilan shug'ullanadigan bilimlar tarmog'i.

Download 434.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling