Mazkur о’quv uslubiy majmua O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy o`quv dasturi asosida tuzilgan


Download 434.88 Kb.
bet56/70
Sana19.06.2023
Hajmi434.88 Kb.
#1620390
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   70
Bog'liq
мажмуа усимликлар географияси

Arktik tundraning o‘simliklari
Tundra juda katta maydonlarni egallaganligiga qaramay floradagi turlarning xilma xilligi unchalik ko‘p emas. Ayrim viloyatlarda yopiq urug‘li o‘simliklarning turlari arang 200-300 ga etsa, arktikaning sovuq sahrolarida 100 xatto 50 dan ortiq emas. Boshqa xech qanday mintaqa florasidagi va o‘simliklar jamoasidagi bir xillik bunchalik emas. Tundraning o‘simliklar qoplamidagi farqlar quyidagilar bilan izohlanadi.
1) janubdan shimolga tomon o‘rtacha harorat va vegetatsiya davrining davom etishini qisqarib borishi;
2) u yoki bu hudud o‘simliklarini uncha uzoq vaqt bo‘lmagan yoki qadimdan o‘sib kelayotganligi.
O
Арктик тундра ўсимликлари
‘rmontundra.
Ninabargli shoxlari egilgan boreal o‘rmonlarning shimoliy chegaralariga borgan sari tarqalishida siyraklanish ro‘y beradi. O‘rmonsiz joylar paydo bo‘ladi, shimolga borgan sari bunday xolat ko‘payib boradi. Pasttak, ko‘rimsiz daraxtlar o‘zaro 10 m va undan kattaroq oraliqda joylashadi. Ularning orasida butachalar pakana, oqqayinlar, kichik tollar va boshqa o‘simliklar o‘sadi. Daryo vodiylarini shamoldan ximoyalangan joylarida kichik o‘rmonlar saqlanib qolgan. Ular bilan tundra chegaralanadiganida o‘rmontundra hisoblanadi. O‘rmontundra o‘rmon va tundra orasidagi aniq chegara o‘tkazib bo‘lmaydigan ensiz yuzlab kilometrlarga cho‘zilgan maydon.
Daraxtlarning qutb chegarasida tarqalishi. O‘rmon tundraning shimoliy chegarasi daraxtlarning qutbdagi chegarasi bilan mos keladi. Tabiatda bu chegara bir tekis chiziqli emas. Daryolarning vodiylari va tog‘ yonbag‘irliklarida shimolga ancha kirib bor-sa, yassi suvayirg‘ichlarda janubga anchagacha boradi. Eng shimoliy nuqta Sibirda shimoliy720kenglik Xatangi daryosini quyilishi va Lenaning quyi oqimiga to‘g‘ri keladi. Janubiy nuqtasi Labradorning sharqiy qirg‘og‘i (53,50 shimoliy kenglik) va Gudzonning janubiy qirg‘og‘i (540 shimoliy kenglik) to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari daraxtlarning tarqalish chegarasi turli regionlarda har xil daraxtlar bilan: Skandinaviyada avvalo oqqayin burama (Betula tortuosa) va qarag‘ay (Pinus sylvestris), Oq dengizdan to Uralgacha qoraqarag‘ay (Picea obovata): Pechera daryosidan boshlab qoraqarag‘ayga tilog‘och (Larix sibirica) qo‘shilib, sharqqa borgan sari tilog‘och sibirlikni tilog‘och daur turi (L.dahurica) almashtiradi. Kamchatkada bu chegarani oqqayin toshday (Betula ermani) belgilaydi, Shimoliy amerikada qoraqarag‘ay kanadalik (Piceae canadensis) hamda qoraqarag‘ayni qorasi (P.marina) va tilog‘och amerikalik (L.americana) belgilaydi. Shuni ta’kidlash lozimki, bu hududlarda tarqalgan barcha o‘simliklar o‘sishi juda sekin u yiliga 1-2 sm dan oshmaydi.

Download 434.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling