Mazkur о’quv uslubiy majmua O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy o`quv dasturi asosida tuzilgan


O‘rta Osiyoning sho‘rxok sahrolari


Download 434.88 Kb.
bet30/70
Sana19.06.2023
Hajmi434.88 Kb.
#1620390
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   70
Bog'liq
мажмуа усимликлар географияси

O‘rta Osiyoning sho‘rxok sahrolari.O‘rta Osiyoning sahro va chalasahrolarining orasida sho‘rxok sahro maydonlari ko‘p uchraydi, ular orasida taqir-soz tuproqli yomg‘ir suvini tutadigan tekisliklar ko‘p. Bunday joylarning xarakterli ekologik omili bo‘lib tuzlar konsentratsiyasining ko‘pligi hisoblanadi. Bunday sharoitda o‘simliklarning turlari xam ko‘p emas. Sho‘radoshlar (Chenopodiaceae)oilasining sukkulentlari ko‘p. Ularning ayrimlari Yer shari bo‘ylab tarqalgan. Shundaylari bo‘lib Salicornia herbasea, Svaeda, Salsolahisoblanadi. Bu oila o‘simliklarining orasida daraxtlardan Haloxylon aphylla, Kalidium, Seidlitzia, Halostachys turkumining turlari tarqalgan. SHu bilan birga Plumbaginaseae, Caryophyllaseae, Boraginaceae, Tamaricaceae oilalarining o‘simliklari xam uchraydi. Taqirlardagi algofloraning turlari ham ko‘p. 1 ga maydondagi ularning massasi 500-600 kg gacha yetadi. Namligi kam joylarda lishayniklarning ayrim turlari ham uchraydi.
O‘rta Osiyoning qumli sahrolari. O‘rtaOsiyodagi ma’lum mashhur sahro bu Qoraqum va Qizilqum. Qumlar suvni ko‘p to‘plaganligi tufayli, bu sahrolarda agar o‘simliklar qoplami buzilmasa butalarning arqonsimon o‘simtalari uchraydi. Daraxtsimon o‘simliklarning ko‘pchiligi (bu erlarda 50 turga yaqin uchraydi) O‘rtaOsiyoning qumli sahrolariga xos qo‘rinishni hosil qiladi. Ko‘p yillik bu o‘simliklar o‘ziga suvni tuproqning namli qatlamlaridan 1,5 metr chuqurliklaridan oladi. Ular bunday sharoitlarda o‘sishi uchun suv bug‘lanishini cheklash bilan, barg yuzasini kichraytirib moslashadi. Masalan Calligonium turkumining 30 ga yaqin turlari bargsiz, ularning kalta assimilyasiyalovchi novdalari yozda tushib ketadi. Bunday xususiyat sahroning boshqa o‘simligi Haloxylon persicum turkumlariga xam xos. Uning bo‘yi bu erlarda 4 metrga etadi. Bargining yuzasi ancha redutsiyalagan butasimon ko‘rinishli bo‘yi 5 metrgacha etadigin Salsolava Astragalus turkumining turlarida xam shunday xolat mavjud. Faqat shu sahrolarda uchraydigan buta Smirnovia turkestanica(dukkakdoshlardan) yozda o‘zining mayda barglarini to‘kib yuboradi.Acanthophyllumo‘simligida (chinniguldoshlardan) barglar mayda tikanlarga aylangan.
Qoraqum va Qizilqumda ko‘plab buta o‘simliklarning turlaridan tashqari yana 100 ga yaqin o‘t o‘simliklar, asosan baxorgi efemerlar ayrim joylarda er yuzasining 50% ga yaqin qatlamini egallaydi. Bu xududlardagi o‘simliklarning mavjudligi baxor faslida tuproq yuzasini namligi bilan izoxlanadi. Efemerlar bilan bir qatorda ko‘p yillik g‘alla o‘simliklar uchraydi. Ulardan qumni qo‘chishiga yaxshi moslashganlaridan Aristidaturkumining turlari ko‘p tarqalgan. Aristida rarelinaqum uning barglarini uchigacha bosganda xam o‘sib pastki qismida yangi ildizlarni hosil qiladi.

Download 434.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling