Mazkur о’quv uslubiy majmua O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy o`quv dasturi asosida tuzilgan


Shimoliy Amerikaning Sonora sahrosi


Download 434.88 Kb.
bet29/70
Sana19.06.2023
Hajmi434.88 Kb.
#1620390
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   70
Bog'liq
мажмуа усимликлар географияси

Shimoliy Amerikaning Sonora sahrosi
Sonora sahrosi AQShning janubi-g‘arbiy (Arizona shtati) va Meksikani shimoliy qismi (Sonora shtati) hududida joylashgan. Bu yerda yillik yog‘inning miqdori sahro o‘rtasida 55 mm dan, tog‘lar bilan chegaralangan qismida 400 mm gacha yetadi xolos. AQShning eng qurg‘oq bu hududini odatda saxro (Sonortandesert) deb atashadi. Janubiy Afrika sahrolari kabi bu yerda ham ancha sovuq qish va qisqa muddat davom etadigan jalali momaqaldiroqli yozda nam bo‘ladi xolos. Bu yerda sukkulentlar ayniqsa deyarli kaktuslardan tashkil topganligidan Sonoru “Kaktuslisahro” ham deb atashadi. Bu hududdagi kaktuslarning ildizlari, tuproqqa bir necha santimetrgacha kirib boradi, keyin u atrofga tarmoqlanib ketadi. Qurg‘oqchilikda uning bu ildizlari qurib qoladi. O‘simlik tanasida to‘plagan suvi hisobiga yashaydi. Carnegia giganteakaktusini bo‘yi 10-12 metrga etadi, tanasida to‘planadigan 2000-300 l suv unga bir yilga etadi. Qurigan tanasining yonidagi tirik novdalari gullaydi ham. Bu kaktusning ayrimlari Sonora sahrosida 150-200 yil yashaydi. Bunday o‘simlikning og‘irligi 6-7 t kelib, unda 85-91 % suv bor. Har bir yog‘ingarchilikdan keyin o‘simlikni hajmi kattalashadi. Tanasidagi qovurg‘alar yomg‘irdan keyin uzoqlashadi, qurg‘oqchilikda yaqinlashadi.

Сонор саҳросидаги Юкка (Уисса)
Ustunsimon kaktuslar bilan birga balandligi va diametri 1 keladigan
Ferocactus wislizenii,juvasimon Mammillaria microcarpa, opunsiylarning ko‘plab turlari keng tarqalgan.
Janubiy Afrikaning chalasahrolariga xos aloening turlari Sonora sahrosida yukka (Yucca) turkumining turlari bilan almashgan. Ular bilan birga past bo‘yli butalar, vaqti-vaqtida to‘la quriydigan (poykilogidrik) paparotniklar hamda ko‘plab efemerlar ham o‘sadi. Yomg‘irdan keyin ular boshqa chalasahrolardagi kabi Sonorada ham bag‘oyat go‘zal xolatni qisqa muddatga barq urib gullagan bog‘ga aylantiradi.
Osiyoning sahro va chalasahrolari
O‘rta Osiyoning qumli chalasahrolari. Qumli chalasahrolar enli tasma xolida Qozog‘istonning markazi va janubi-g‘arbida (Kaspiyoldi quyi tekisligi) Qozog‘istonning shimolidagi cho‘llar va qumli cho‘llar orasida joylashagan. Qishda bu joylarga Sibirning sovuq havosi kirib keladi.
O‘simliklarning tabiiy qoplami shuvoqlar va g‘alla o‘simliklari bilan 50% ga yaqin maydonni qoplagan. Artemisia maritime, Agropyron sibirisum, A.ramosum, A.cristatum, Festica sulcata, Eragrostis minor vaKoeleria geancaboshqalaridan ko‘p tarqalgan.
O‘rta Osiyoning efemerli chala sahrolari.Mirzacho‘l deb ataladigan odatiy cho‘l Qozog‘istonning janubida Balxash ko‘lining g‘arbiy tomonida joylashgan. Bu xududdagi o‘simliklarning rivoshlanishi qisqa muddat davom etadi. YOng‘ingarchilik mart-aprelda bo‘ladi. Geofit o‘simliklar boshqalaridan ko‘p. Ranunculus, Bunias, Haplophyllum, Scorzoneria, Erianthiz, Tulipa, Gagea, Geranium turkumlarining turlari ko‘p o‘sadi. Martning boshlarida birinchi yog‘ingarchiikdan keyin Carex pachystylisvaPoa bullosa tuproq yuzasining 80% qismini qoplaydi. Qayd etib o‘tilgan o‘simliklarda vegetativ ko‘payish kuchli nomoyon bo‘ladi. Yaxshigina gullagani bilan o‘simliklarning ko‘pchiligi ba’zangina unadigan urug‘ hosil qila oladi xolos.
Efemerli chalasahrolar uchun bir yillik efemerlar (geofitlar) xarakterli. Bu gurux o‘simliklar 40-50 turlardan iborat bo‘lib, hayotiy davri 30-45 kun davom etadi. Mirzacho‘lda ko‘p uchraydigan o‘simliklar Evropaning markazida ham uchraydi. Holosteum umbellatum, Erodium cicutarium, Erophila verna. Boshqa o‘simliklar orasida bir yillik g‘alladoshlardan Bromus, Phleum, Agrapyron, Papaver, Delphinium, Alyssum, Arenaria, Capsella ham bor. YOg‘ingarchilik va xaroratni o‘zgarishi bilan bu o‘simliklarning o‘sishida farq ro‘y beradi. Bahorda o‘tloq kabi ko‘rinish hosil bo‘lsa, iyunda ular yo‘qolib sahro ko‘rinishini oladi.

Download 434.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling