Mazkur о’quv uslubiy majmua O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy o`quv dasturi asosida tuzilgan


Download 434.88 Kb.
bet27/70
Sana19.06.2023
Hajmi434.88 Kb.
#1620390
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   70
Bog'liq
мажмуа усимликлар географияси

SahroiKabir
Sahrot Kabir Yerning eng katta sahrosi bo‘lib Afrikaning shimolidagi Atlantika okeanning qirg‘oqlaridan Nil vodiysigacha bo‘lgan joylarni egallaydi. Uning uzunligi g‘arbdan sharqqa 6000 km dan ortiqroqni, shimoldan janubga 1800 km ni tashkil qiladi. Uning maydoni 9 mln km2 atrofida. Sahroi Kabirning shimolida yiliga eng ko‘pi bilan 200 mm yog‘in yog‘adi, u faqat qishda ro‘y beradi. Juda katta maydonida o‘simlik yo‘q.
Sahroi Kabirning markaziy qismidan ikkita katta floristik paleotrop va golarktik olamlarning chegaralari o‘tadi. Sahroi Kabirning shimolida golarktik olamga mansub o‘simliklar (avvalo O‘rta Dengiz viloyatida tarqalgan) astragal (Astragalus), rezeda (Reseda), zubturum (Plantago), sho‘ra (Salsola) turkumlarining vakillari o‘sadi.
Paleotrop olamning floristik elementlari Sahroi Kabirning janubiy tomoniga xos indigonos (Indigofera, dukkakdoshlar oilasidan), kanop (Hibiscus,gulxayridoshlar oilasidan), kleoma (Cleoma kapersadoshlar oilasidan), akatsiya (mimozadoshlar oilasidan) hamda egrostris (Eragrostis, boshoqdoshlar oilasidan) va xlol (Cyperus, xloldoshlar oilasidan) o‘sadi. Bundan tashqari bu erda faqat Sahroi Kabirdagina uchraydigan o‘simliklar (endemlar) jami floraning 25 %ni tashkil qiladi.
Sahroi Kabirning florasi Janubiy Evropaning florasidan 10 barobar miqdorda kam. Shunga qaramay Markaziy Sahroi Kabirda 450 turdagi gulli va 75 turdagi boshqa o‘simliklar o‘sadi. Bu joylarda sho‘radoshlar (Chenopodiaceae)-17turkum, butguldoshlar (Brassicaceae)-31turkum zigofillalar (Zygophyllaceae)-7 turkumdan iborat o‘simliklar o‘sadi. Bu qiyosga e’tibor bering: tropiklarda 10 000 km2 maydonda 3000-4000 atrofida, Yevropada 1000-2000 turlar, Sahroi Kabirda 150 turga yetmagan tur o‘simliklar tarqalgan.
Sahroi Kabirda geologiya tuzilishi, suv bilan ta’minlanish darajasiga ko‘ra toshli sahrolar (gamada), qum-shag‘alli sahrolar (serir), qumli sahrolar (erg), quruq o‘zanlar (vadi), dayn va sebxilar, vohalar mavjud.
Toshlisahrolar (gamada).Yassitog‘liklardan iborat, u yerdagi toshlar oftobda qorayib toshli sahroga hunuk tus beradi. Suvni yo‘qligi tuzlar miqdorining ko‘pligidan gamadada o‘simliklar qoplami yo‘q hisobi.
Qum-shag‘alli sahroda tuproq shunchalik qattiqki, uni o‘simlik yorib chiqaolmaydi. Eroziyaga kuchli uchragan joylarda saksovul Haloxylon (sho‘radoshlar oilasidan), selena (Aristida, boshoqdoshlar oilasidan), ko‘p yillik o‘t-geofitlar va bir yillik ba’zi o‘tlar uchraydi. Serirlarda tuz ko‘p emas.
Qumlisahrolar. Sahro Kabirning 20 % atrofidagi qismini tashkil qiladi. Qumliklar yaltiroq qizil namlik oshganda sarg‘ish-jigarrang tusli temir oksidi bilan qoplangan. Shu boisdan bu qumlar namlikni o‘zida yaxshi tutadi.
Shamol ta’sirida ko‘chadigan qumlarda o‘simliklar yo‘q. Ko‘chmaydigan qum barxanlarida ildizi chuqurga kirib boradigan yulg‘un (Tamarix articulata), efedra (Ephedra alata), drok (Genista saharae), juzg‘un (Calligonum) hamda selin (Aristida pungens) o‘sadi.
Quruqo‘zanlar (vadi). Shag‘al va qum bilan qoplangan. Ularda o‘simlikni o‘sishi uchun sharoit bor. Ba’zi joylarda akatsiya ham (Acacia) uchraydi. Bu joylar uchun tariq (Panicum turgidum) tikanli ko‘plab butalar, ulardan Zizyphus (jumrutdoshlar oilasidan), Maerua (kavardoshlar oilasidan), Balanites (tuyatovondoshlar oilasidan), sho‘rlangan tuproqlarda- Tamarix (yulg‘undoshlar oilasidan), Zygophyllum (tuyatovondoshlar oilasidan) va sho‘radoshlardan Salsola turkumining turlari o‘sadi.

Download 434.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling