Mazkur о’quv uslubiy majmua O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy o`quv dasturi asosida tuzilgan


Avstraliya savannalarining o‘simliklari


Download 434.88 Kb.
bet26/70
Sana19.06.2023
Hajmi434.88 Kb.
#1620390
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   70
Bog'liq
мажмуа усимликлар географияси

Avstraliya savannalarining o‘simliklari
Bu materikning savannalarini o‘simlik qoplami ajib tusni hosil qilgan. Bu savannalarning o‘simliklar qoplami boshqa materiklardagi kabi o‘zaro farqlanadigan yaqqol ifodalangan emas, zero hamma joylarda evkaliptlar doimo yashil o‘simliklari o‘sadi. SHunisi taajjubki, bu hududda insonlarning salbiy ta’siriga uchramagan joylar qolmagan hisobi. Fermerlar bu hududlardagi barcha daraxtlarni kesib yuborishgan. Qolganlarida ham evkaliptlar ancha siyrak o‘sadi, soyasi ham oz. Evkaliptlar bilan birgalikda Tristania, Cusuarina cunninghamiana ham bor. Butalar qavatida tashqi ko‘rinishi odam diqqatini tortadigan o‘tsimon daraxt Xomthorrhoea turkumining turlari tarqalgan. Er yuzasini boshoqlilar va paparotnik Pteridium qoplagan.
Avstraliyaning shimoliy-sharqidagi katta maydonlar kserofil buta o‘simliklar bilan zich qoplangan. Ularning orasidaAcacia harpophylla boshqalaridan ko‘p uchraydi. Bu erdagi daraxtlar ko‘pincha buta ko‘rinishiga ega. Avstraliyaning bu o‘simliklar qoplamini boshqa materiklardagi jamoalar bilan qiyoslasa bo‘ladi.
Qing‘ir, qiyshaygan tanali, ko‘kish yashil barglari bo‘lgan o‘simliklar qurg‘oqchilik tufayli yil davomida deyarli o‘smaydi. Bu erning chakalaklari faqat brigel-akasdan iboratgina emas, ular bilan birga rutadoshlar (Rutaceae)oilasidan Flindersia turkumining turlari ham ko‘p. Ancha qalin chakalaklarda avstraliyaning butilka daraxti (Brachychiton repestris) uchraydi. Materikning ichi sahrolardan iborat.
O‘sadigano‘simliklari._3.SahroiKabir'>4-mavzu:CHALASAHRO, SAHROVA CHO`L MINTAQASI
Reja

  1. Georgrafikjoylanishi .

2.O‘sadigano‘simliklari.
3.SahroiKabir
4.Osiyoningsahrovachalasahrolari
5.Cho`l mintaqasi

Chalasahro va sahro mintaqasi kurrai zaminimizning asosan shimoliy yarim sharida yerning quruqlikning 1/4 qismini egallaydi.Issiq sahro va chalasahro, mo‘‘tadilissiq va qishi sovuq sahro va chalasahrolar farqlanadi.


Shimoliy yarimsharning muhim subtropik sahrolari va chalasahrolari quyidagilardan iborat.
a) Afrikaning shimolidagi sahro:
b) Eron-Pokiston-Xindiston xududlaridagi Dasht-Lut va Txar sahrolari:
v) Shimoliy va Markaziy Amerikaning janubi-g‘arbidagi sahro va chalasahrolar (Sonoro sahrosi).
Janubiy yarimshardagi: Chili-Peru qig‘oqbo‘yi sahrosi; Namibning qirg‘oqbo‘yi sahrosi; Kalaxari sahrosi; Karru chalasahrosi va Avstraliyaning markaziy va janubiy qismidagi sahrolar. Qishi sovuq quruq Osiyoning o‘rta mintaqasidagi O‘rta Osiyo sahro va chalasahrolari va Eron-Turon sahrolari. Qozog‘iston-Jung‘or sahrolari. Mo‘g‘ilistonning markaziy Osiyo qismini sahrolari. Xitoyning shimolidagi Gobi, Tokla-Makan, Beyshan, Alashan, Ordos va Saydan sahrolari. Tibetning baland tog‘larini qishi sovuq sahrolari. Va nixoyat janubiy yarimsharda qishi sovuq sahro Argentinada mavjud.
O‘sadigano‘simliklari.Kurrai zaminimizning barcha arid mintaqalarida sahro va chalasahrolarni o‘ragan cho‘l va savannalariga tomon o‘simliklarning qoplami siyraklashib boradi. Uning zichligi yog‘in miqdorini kamayishi bilan teng boradi. Sahrolarda o‘simliklarning qoplami ularning suv bilan ta’minlanishi qulay bo‘lgan joylarda yaxshi rivojlanadi xolos. Chalasahrolarda o‘simliklar tarqalgan bo‘lsa u ma’lum me’yorga ega, shu bilan birga sahrolarni o‘simliklari butunlay yo‘q bo‘lgan joylari xam anchagina.
Arid mintaqasining o‘simliklari o‘zini suv bilan ta’minlashning turlicha usullarini hosil qilgan. Ular mavjud suvni imkoni boricha tejab, transpiratsiyani kamaytirish bilan amalga oshiradilar. Sahro o‘simliklarida bargning yaproqlari maydalashadi, ildiz tizimi kuchli rivojlanadi. Bu yerlardagi o‘simliklar keng tarmoqlangan ildizga ega shu boisdan ular katta maydondagi yomg‘ir namini shimib oladi. Boshqalarida ildiz chuqurga kirib yerosti suvlarigacha yetib boradi. Buning yorqin misoli bo‘lib qandim (Calligonum)hisoblanib bu buta Sahroi kabirdan Gobi sahrolarigacha bo‘lgan xududlarda tarqalib uning ildizini uzunligi 30 m chuqurliklarga boradi. Sahro va chala sahrolarda shunday o‘simliklar ham borki, yaproqlari keng yoyilgan bo‘lib erta sahardagi havo namligini shimib suvga bo‘lgan talabini qondiradi.
Sahro va chalasahrolarda ko‘p yil davom etadigan qurg‘oqchilikka (sabr, bardosh bilan) o‘zida chidamlikni hosil qilganlarni ko‘p turlar tashkil qiladi.
Sahrolarda tarqalgan o‘simliklarni bir necha ekologiya guruxlariga bo‘linadi. Birinchi guruxga biryillikefemerlar deb ataladiganlari mansub bu gurux o‘simliklari qisqa muddat davomida o‘sadi: ularning urug‘i yomg‘irdan keyinoq unadi va ko‘p xollarda bir necha kunlardayoq xayotiy davrini urug‘ hosil qilguncha tugallaydi. Bu davrda g‘aroyiblik – sahro gullaydi.
Efemer-geofitlar guruhiga ildiz tugunak va piyozboshlari bo‘lgan ko‘p yillik o‘simliklar mansub. Ular yer yuzasida barglari va reproduktiv qismlarini yomg‘irdan keyingina hosil qiladi. Bir necha yillar davom etadigan qurg‘oqchilikni bu o‘simliklar tinim davridagi yerosti qismi bilan o‘tkazadi.

Сонор саҳроси ёмғирдан кейин
Sahrolarning uchinchi gurux o‘simliklariga qisqa muddat namlanishdagina (tirik) bo‘ladigin
poykilogidrid deb ataladiganlari mansub. Bu guruxga ayrim ko‘kyashil suvo‘tlar (masalan, Nostoc commune, Microcoleus vaginatus kabilar), lishayniklar, ba’zi moxlar Selaginellaturkumining o‘simliklari va paporotniklari ayrimlari va xatto ba’zi gulli o‘simliklar mansub. Ularning hammasi qurg‘oqchilikni tinim xolida o‘tkazadi. Yomg‘irdan so‘ng ular ko‘karadi, o‘sadi, ko‘payadi keyin yana quriydi.
Sahroda eng ko‘p tarqalgan o‘simliklar kserofitlar hisoblanadi. Ularning yerusti qismi qurg‘oqchilikda ham tirik qoladi. Sahro va chalasahrolardagi kserofitlar asosan qattiq bargli sklerofillashgan. Kuchli rivojlangan va chuqurga kirib boradigan ildizlari qurg‘oqchilik davrida ham o‘ziga suv topa oladi.
Bug‘lanishni kamaytirish uchun ularning bargalari ancha reduksiyalangan va qalin tuklar bilan qoplangan. Ba’zilarida esa barg butunlay yo‘q. Fotosintezni novdalari amalga oshiradi (masalan Halaxilon aphillum). Sahro kserofitlariga Tamaricaceae oilasidan Tamarix, qandim Calligonum, Zygophyllaceae oilasidan Zygophyllumkabilar yorqin misol bo‘ladi.
Sahro va chalasahrolardagi yana bir ekologik gurux bu haqiqiy sukkulentlar. Bu gurux o‘simliklarning barglari, novdalari, tanasida yoki yerostki qismida ko‘p miqdorda yomg‘ir davridagi suvni tutadi. Ulardagi moddalarning almashinuvi juda sekin ro‘y berganligidan-o‘simlik ham sekin o‘sadi. Haqiqiy sukkulentlar bo‘lib kaktuslar, ularga morfologiyasidan o‘xshab ketadigan sutlamadoshlar, semizo‘tdoshlar mansub.

Download 434.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling